X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, G. Mamatova, H. Boqiyeva, A. Sobirova husnixa t va uni o'qitish


O'quvchilarning husnihat bilan to'g'ri yozish ko'nikmalarini rivojlantirib


Download 177.43 Kb.
bet15/38
Sana17.06.2023
Hajmi177.43 Kb.
#1521597
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
M e t o d I k a s I

O'quvchilarning husnihat bilan to'g'ri yozish ko'nikmalarini rivojlantirib borish, husnixatga o'rgatish ishlarini sistematik tarzda olib borish talab etiladi. Bunda yozuv materiallarini asta-sekin ko'paytirish va murakkablashtirib boorish nazarda tutiladi.Buning uchun ham o'quvchilar to'g'ri yozuvning har kungi ko'nikmasi bilan cheklanib qolmay, uzluksiz ravishda nazorat tekshiruv ishlarini yoki yozuvning sifatini 'ko'rish' ishlarini olib borishlari zarur bo'ladi.

O'quvchilar nazorat vaqtini oldindan bilganlari ma'qul, chunki bungacha ruchkadagi kamchilikni va daftami tayyorlab qo'yishga vaqt ajratadilar. Yozib bo'lgach, bolalar o'z ishlarini o'rtoqlari bilan almashadilar va o'qituvchi bilan birgalikda tahlil qiladilar. Eng yaxshi ishlar 'o'quvchi burchagiga ilib qo'yiladi.
Nazorat paytida husnixat qoidalariga rioya etgan holda yozilganiga, harflaming to'g'ri yozilganligiga, matnning oson o'qilishiga, yozuv bir tekisligiga, matnni o'qish uchun va qog'ozni tejashni rejalay olishga va h. zolarga e'tibor berish lozim. Muntazam ravishda nafaqat ona tili darslaridagi yozma ishlarini, balki o'quvchining boshqa o'quv fanlaridagi yozuvini ham tekshirib borish lozim.
Nazorat - tekshiruv ishlarini bir - biri bilan solishtira olishi uchun o'quvchilaming ishlarini maxsus joyga ilib qo'yiladi. Buning uchun nazorat - tekshiruv ishlarini alohida qog'ozga yozish kerak va u uncha katta bo'lmagan matn asaosida bo'lishi kerak. Yozuv malakasini yaxshilanganligini solishtirib borish uchun har bir o'quvchining nazorat - tekshiruv ishlarini saqlab qo'yish lozim.
Savol va topshiriqlar
I. Husnixatga o'rgatishga qanday metodik talablar qo'yiladi?

  1. Husnixat bilan yozish nimalarga bog'liq?

  2. Husnixatga o'rgatish izchilligi va ketma-ketligi deganda nimani tushunasiz?

  3. Barcha predmet darslarida o'quvchining husnixat bilan yozishi qanday nazorat qilib boriladi?

29
Husnixatga o'rgatishning metod va usullari
Husnixatga o'rgatish fani ham boshqa fanlar qatori o'zining tarixiy manbalariga ega bo'lgani holda o'sib ,rivojlanib bormoqda.Quyida biz boshlang'ich sinf o'qituvchilari bilishi zarur bo'lgan eng asosiy yozuv usullari haqida fikr yuritamiz. Bu metyod va usullar quyidagilardir:
I. Chiziqli usul.

  1. Genetik usul

  2. Namunaga qarab yozish usuli.

  3. Namunaga qarab ko'chirish usuli.

  4. Nusxa ko'chirish usuli.

  5. Tasavvur orqali yozish usuli.

  6. Ritmik usul(sanoq-ohang)

  7. Harf shakllarini tahlil qilish usuli

  8. Yozuv malakasini ongli o'zlashtirish usuli

  9. Qo'l harakatini mashq qildirish usuli.


Download 177.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling