X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, G. Mamatova, H. Boqiyeva, A. Sobirova husnixa t va uni o'qitish


Download 177.43 Kb.
bet11/38
Sana17.06.2023
Hajmi177.43 Kb.
#1521597
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
M e t o d I k a s I

Oars rejasi:
I . Kirish suhbati.

  1. Odamning alohida tana qismini ko'rsatish va nomlanishni aytish. Yozayotgan paytdagi ulami qanday tutishga ·o rgatish.

  2. Daftarning yozuv jarayonida partada turishi.

  3. Tirsak va kaftni to'g'ri tutish va ruchkani to'g'ri ushlash.

Darsning borishi:
Darsning boshida o'qituvchi o'quvchilarga yozuv mashg'ulotlarida tez va chiroyli yozishni o'rgatishlami tushuntirib o'tadi. Yozuvni o'rganish har bir insonning hayotida muhim rot o'ynaydi. Yaxshi yoza olmaydigan odam o'zini noqulay his etadi, uning yozuvini o'qiydiganlar esa uning mazmunini umuman anglay olmaydilar.
Keyin esa o'qituvchi o·quvchilarga to'g'ri yozish uchun harflar va so'zlar nimalardan va qanday hosil bo'lishi haqida va to'g'ri o'tirish qoidalari, ruchkani tutish yo'llari haqida ma'lumot berib o'tadi.
O'qituvchilar yozuv jarayonida ishtirok etadigan tana qismlarini ko'rsatadi. Biron bir o'quvchini sinf xonasining o'rtasiga chiqarib tartib bilan ulaming boshi, ko'zi, yelk4.i.si va hakozolami ko'rsatib, o'quvchilarni o'z savollariga javob berishlarini talab qiladi.
Agar o'quvchilar ayrim tana qismlarini old yelka, barmoq bo'g'inlarini bilmasalar, o'qituvchi ulaming nomjni aytib, yozuvda u yoki bu tana qismining
22
qanday ishtirok etishini va uni tutishni tushuntirib o'tadi.
So'ng o'qituvchi yozuv jarayonida noto'g'ri o'tirish bir qancha jiddiy kasalliklaming kelib chiqishiga sabab bo'lishini va keyinchalik butun hayoti davomida qolishi haqida ma'lumot berib o'tadi. Bularga uzoqni ko'ra olmaslik, bukchayish, nafas olishning qiyinlashuvi va· o'zidan keyin ko'krak qafasi kasalliklari va h.zolar kiradi.
Undan keyin o'qituvchi o'quvchilardan tushuntirib o'tganlarining hammasini savollar yordamida va yozayotganda to'g'ri o'tirish tartibini lco'rsatib beradi.
Stolga o'tirayotganda o'quvchilarga yaxshi ko'rinadigan joyga (eng yaxshisi profit holda) o'tirib: 'Qaranglar, men hozir yozish jarayonida qanday o'tirish talab etilsa, shunday o'tiraman. Sizlar ham men qanday o'tirsam, shunday o'tirishga harakat qiling. Qarang-chi, men qanday o'tiribman, egilibmi yo to'g'ri mi yo qiya?'



Download 177.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling