X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, G. Mamatova, H. Boqiyeva, A. Sobirova husnixa t va uni o'qitish


Download 177.43 Kb.
bet33/38
Sana17.06.2023
Hajmi177.43 Kb.
#1521597
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
M e t o d I k a s I

Darsning borishi.

  1. O'qituvchi o'quvchilaming tayyorgarligini har bir o'quvchining oldida daftar, avtoruchka borligini tekshirib yozuv daftarlarini ham ko'rib chiqadi.

  1. Sinfda osib qo'yilgan "Yozish vaqtida to'g'ri o'tir" nomli plakatdan foydalanib, o'quvchilaming o'tirishini tekshirib chiqish, parta ustidagi qiya chiziqlariga daftaming holatini to'g'rilab oldi.

  2. O'quvchilarga barmoqlarining harakatlarini o'stiruvchi mashqlar bajariladi. Bunday mashqlarni partada o'tirgan holda bajartirish mumkin. Qo'llarimizni oldinga uzatib, barmoqlarimizni ochamiz, ikki deganda barmoqlarimizni ochamiz, yana yopamiz. (bu mashq 5-6 marta takrorlanadi.)

  3. O'quvchilarga quyidagi topishmoqlar aytilib javobini topish so'raladi. O'zi bitta qulog'i to'rtta. (qozon)

Barmog'i bor-u tirnog'i yo'q. (qo'lqop)
Doskaga topishmoqlar javobi yozilgan ko'rgazma qo'yilib, quyidagicha suhbat qilinadi.
-Bolalar doskadagi so'zlarni diqqat bilan kuzatting. Aytingchi, bu so'zlardagi o'xshashlik nimada?
Bu so'zlarda q tovushi ishtirok etgan so'zdan q tovushining o'mi aniqlanadi. Qozon- Q tovushi so'z boshida kelgan.
Qo'lqop- Q tovushi so'z boshida, so'z o'rtasida kelgan.
S. Bugun kichik "q" harfini yozishni mashq qilamiz. O'qituvchi doskada kichik
··q" harfi kattalashtirilib yoziladi yana shunga doir plakatdan foydalanib uning elementlarini va qanday yozishni tushuntirib beradi. Shundan so'ng "q" harfini doskada yozib ko'rsatadi. O'quvchilar esa uning yozilishini diqqat bilan kuzatadilar. O'qituvchi doskada harf elementlarini tushuntirib, uni to'liq yozishni ham eslatib o'tadi.

  1. O'qituvchi yozma va bosma "q" harfini bir-biri bilan solishtirib ko'rsatadi. O'quvchilarga kichik "q" harfining yozma va bosma shakllarining bunday taqqoslab ko'rsatilishining ahamiyati katta chunki ko'p o'quvchilar harflarni kitobdagigao'xshab yozishga harakat qiladi. Ko'rgazmali quroldan foydalanib o'quvchilarga uni yozma va bosma shakllarini, elementlarini ko'rsatib tushuntiriladi.

q -bosma shakli q-yozma shakli

  1. O'qituvchi kichik "q" harfining birinchi elementini yana qayta doskada



65
ko'rsatib beradi. Bu harfni yozishda pastdan yuqoriga qiya chiziqcha chizilafi, yuqoridan pastga kichik tayoqcha tushuriladi va qo'l harakatini uzmasdan turib yana tagi ilmoqli ikkinchi kichik tayoqcha tushiriladi

  1. O'quvchilami o'midan turg'azib oldin o'rganilgan batan tarbiya mashqlaridan 2-3 tasini bajartiriladi. Bu mashqlar 2-3 daqiqa davom etishi kerak. Mashq tugagandan so'ng yana yozuv mashqlari davom ettiriladi.

  2. O'qituvchi doskada kichik "q" harfining elementlarga ajratmay butun shaklda yozib ko'rsatadi. O'quvchilar shu asosda davom ettiradilar.

  3. Bolalarga kichik "q" harfining bir necha kichik harflari bog'lanishi ko'rsatiladi, so'ng ular o'z daftarlariga yozib mashq qiladilar.

  4. Mustaqil ish. Sinf o'quvchilari ikki guruhga ajratiladi. lguruh yuqoridagi bo'g'inlar ishtirokida so'zlar aytadilar. Masalan: qish, qor, qaychi, qishloq.

  1. guruhdagi o'quvchilar esa shu so'zlar ishtirokida gaplar tuzadilar. Masalan: oppoq qor yog'di.

Tuzilgan gaplardan ikkitasi doskaga va daftarga yozdiriladi.

  1. Uyga vazifa. Daftarga ikki qator "q" harfini va shu harfbilan bog'langan so'zlardan yozib kelish. O'qituvchi uy vazifalarini

bajarish vaqtida ham yozuv qoidalariga rioya qilishlari kerakligini eslatib o'tadi.

  1. Dars jarayonida toza va chiroyli yozgan o'quvchilami daftarlari namuna qilib ko'rsatilib rag'batlantiriladi.

Husnixat mashg'ulotlarini to'g'ri uyushtirish, chiroyli va to'g'ri yozish malakasini hosil qilish, o'quv fanlarini puxta o'zlashtirishga yordam beradi.

Download 177.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling