X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, G. Mamatova, H. Boqiyeva, A. Sobirova husnixa t va uni o'qitish
Download 177.43 Kb.
|
M e t o d I k a s I
Ruchkadan foydalanish.Yozishga o'rgatishning ilk bosqichida ruchkani to'g' ri ushlash qoidasi o'rgatiladi.
Chiroyli husnixat bilan yozishga erishishda yozuv qurolining ahamiyati katta. Hozirda yozuv quroli sifatida sharikli ruchkadan foydalanish tavsiya etiladi. Sharikli ruchka yozish uchun qulay, ingichka, engil, barmoqlar orasida tutishga mos. Ruchka barmoq orasida tutilganda, ruchka uchi bilan barmoq oralig'i 1,5-2 smga teng bo'lishi shart. Aks holda bannoqni ruchka uchidan uzoq ushlash yoki juda yaqin tutish yozuv sifatini buzadi, harflarni xunuk yozishga olib keladi. Sharikli ruchkada maxsus siyoh bilan to'ldirilgan sterjenning bo'lishi undagi ancha vaqt foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ruchka sterjeni siyohi faqat binafsha rangda bo'lishi talab qilinadi. O'qituvchi darftami tekshirganda qizil pastali ruchkadan foydalanadi. Ruchka papkada maxsus penalda saqlanadi. Partada esa ruchkani qo'yish uchun maxsus joy bo'ladi. O'quvchi ruchakasidagi siyoh tugagan taqdirda, lozim bo'lganda foydalanish uchun mchka va sterjenlar bo'lishi zarur. Ruchka uchta barmoq orasida tutiladi, ko'rsatkich va o'rta barmoq bilan ushlanadi. Uchta barmoqning barchasi ozgina bukilgan holda ruchkani tutadi. Ko'rsatkich barmoq ruchkaning ustida, o'rtachasi uni o'ng tomondan, katta barmoq esa chap tomondan ushlab turadi; qolgan ikkita barmoq - nomsiz va jimjiloq kaftga suyanchiq bo'lib qog'ozga yengilgina tegib turib unda sirg'anishi kerak. Ruchkaning uchi o'ng yelkaga qarama-qarshi turadi. Tezda charchab qolmaslik uchun ruchkani qaniq siqmaslik kerak. Yozish jarayoni quydagilardan tashkil topgan: harflarning shtrixi ruchkani ushlab turgan bannoqlarning bukilishi va ochilishi yordamida yoziladi, qator old yelkaning va kaftning yordamida, kaft jimjiloqqa va nomsiz barmoqlarga tayaninb chapdan va o'ngga qarab harakatlanadi. Bu usullarning barchasi o'z holicha oddiy va ulami bolaga tushuntirish, ko'rsatib berish oson, lekin ularni o'rganish va amalda qo'llash birmuncha qiyinchiliklar tug'diradi. Buning sababi bolalar bir vaqtning o"zida bir qancha qiyinchiliklarni yengib o'tishlariga to'g'ri keladi. Bularga o'z gavdasini to'g'ri tutishga, daftaming turishiga, ruchkani tutish holatiga barmoqlaming, kaftning va old yelkaning ishiga, shu vaqtning o'zida hali tanish bo'lmagan yangi harfui yozishga to'g'ri keladi. Download 177.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling