Nutq tovushi kishilik jamiyati bilan bog`liq ravishda vujudga kelganligi va uning uchun xizmat qilganligi bois ijtimoiy hodisaga ega. Fonetika – og`zaki nutqning tovushlar tizimini o`rgatuvchi bo`lim.
Grafika yozma nutqning harflar tizimini o`rgatuvchi bo`lim. Nutq tovushini hosil qilishda nutq a’zosi ishtirok etadi, bu a’zoning barchasi nutq apparati deyiladi. Nutq apparati vazifasiga ko`ra to`rtga bo`linadi.
1. Nafas apparati
|
2. Bo`g`iz bo`shlig`i
|
3. Og`iz bo`shligi
|
4. Burun bo`shlig`i
|
o`pka, bir juft bronx, nafas yo`li
|
halqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog`ay, un paychasi
|
til, tanglay, kichik til, lab, tish
|
-
|
Tovush hosil qilishdagi faoliyatiga ko`ra ikkixil:
1. Faol a’zo
|
2. Nofaol a’zo
|
tovush paychasi, kichik til, til, yumshoq tanglay, pastki jag`, lab.
|
yuqori jag`, tish, qattiq tanglay, burun bo`shlig`i.
|
Nutq tovushi. Nutq a’zosi yordamida vujudga kelib, ijtimoiy ahamiyatga ega va ma’no farqlash xususiyatiga ega tovush nutq tovushi deyiladi.
Hozirgi o`zbek adabiy tilida 29 ta harf , 30 ta tovush, bitta (‘) tutuq belgisi bor. (J) harfi ikki xil tovushni ifodalaydi. Masalan: Jo`ja, jajji, jigarrang kabi so`zlarda sof ( j ) portlovchi. Jurnal, jirafa, jurnalist kabi so`zlarda (dj) sirg`aluvchi. Ularni asosan talaffuz qilganimizda farqlaymiz. Shuning uchun harflarga nisbatan tovushlar soni bittaga ko`p.
N.I.
TOVUSH, FONEMA VA HARF
TOVUSH - nutq jarayonida talaffuz qilinadigan, qulog`imiz bilan eshitadigan eng kichik birlik, boshqa mayda bo`laklarga bo`linmaydigan nutq parchasi (akustik-artikulatsion birlik) tovush deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |