Masalan, O`-z-b-e-k-i-s-t-o-n so`zida o`nta tovush bor.
HARF esa shu tovushning yozuvdagi ifodasi.
Masalan, O`-z-b-e-k-i-s-t-o-n so`zida o`nta harf bor.
A
Ko`rib turibsiz bu harf
Talaffuz qilyabsiz bu tovush
Tovush yozuvda harfga aylandi
TOVUSH
HARF
FONEMA
N.I.
FONEMA – ikki so`zni tarkibida kelib, uning ma’nosini farqlashga xizmat qiladi. Ikki so`zni zidlash orqali aniqlanadi. Tovushlarning joylashuv tartibi ham bir xil bo`lishi kerak.
Masalan, bob- bop so`zida ( b-p fonema ma’no farqlayabdi), tiniq-siniq so`zida ( t-s fonema ma’no farqlayabdi), Hasan-Husan so`zida (a-u fonema ma’no farqlayabdi ).
Eslatma! Agar tovushlarning joylashuv tartibi bir xil bo`lmasa, bunday so`zlarda fonemalar farqlovchi tovush hisoblanmaydi.
Masalan, ost-sot so`zlarida harflar joylashuvi ketma-ket emas. Shuning uchun ular ma’no farqlovchi fonema bo`la olmaydi.
ALIFBO - harflarning muayyan tartibda joylashgan shakli. Alifboda 29 ta harf bor: 23 tasi undosh, 6 tasi unli.
N.I.
Unli harf
|
Undosh harf
|
Unli tovushlar hosil qilishda o`pkadan chiqayotgan havo og`iz bo`shlig`ida hech qanday to`siqqa uchramaydi.
|
Undosh tovushlarni hosil qilishda o`pkadan chiqayotgan havo ogi`z bo`shlig’ida turli to`siqlarga uchraydi.
|
Unli sof ovozdan iborat.
|
Undosh ovoz va shovqindan iborat.
|
Unlilar cho`zib talaffuz qilinishi mumkin.
|
Undoshlarni cho’zib talaffuz qilib bo`lmaydi.
|
Unli urg’u oladi.
|
Undosh urg`u olmaydi.
|
Unli yakka holda bo`g`in hosil qiladi.
|
Yakka undosh bo`g`in hosil qila olmaydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |