X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Sistematikasi.
Qand lavlagi - 
Beta vulgaris L.v. Saccharifera

turiga, 
Chenopodiaceae
oilasiga mansub ikki yillik o'simlik. Birinchi yili 
barg to'plami, yo'g'onlashgan ildiz (ildizmeva) rivojlanadi. Ikkinchi yili 
poya, gul, meva rivojlanadi.
BiologiyasL Rivojlanishi.
Beta avlodiga kirgan turlar ildizmeva 
hosil qilish xususiyatiga ega. Madaniy qand lavlagi - bu bargii va 
ildizmevali tur xillari o'rtasidagi duragay bo'lib, uzoq davom etgan 
seleksiya ishlari natijasida ancha takomillashgan.
Birinchi yili lavlagi yo'g'onlashgan ildizmeva va 50-90 ta barg 
hosil qiladi. Urug'dan uruqqacha rivojlanish jarayoni 11 ta orga- nogenez 
ketma-ket bosqichdan o'tadi.
29
Margaret J. McMahon, Anton m. Kofranek, Vincent E. Rubatzky “PLANT SCIENCE growth
development, and utilization of cultivated plants” USA 2011 y.
30
www.FAOstat.fao.Org-.2017 year.
289


Urug'ni unishi, maysalaming hosil boiishi, 
6 - 8 °C 
tuproq isiganda 
boshlanadi. Tuproqda nam, issiqlik, havo boiganida urug„ tez unib 
chiqadi. Tupmevadan urug'ning boiinib chiqishi 
3-5 
kun bo'ladi. Unib 
chiqqan lavlagi urug'i urug'pallasi bilan yuqoriga o'sib chiqadi. Keyingi 
davr 
6-10 
kunni o'z ichiga olib, bu vaqtda tez sur‟atda maysalanish 
davrida ildizi 
12-15 
sm bo'ladi, 
1-2 
ta chinbarg rivojlanganda 
30 
sm 
bo'ladi. Shu davrdan boshlab asosiy ildiz yo'g'onlasha boshlaydi. Kambiy 
to'qimalarini doimo boiinib ko'payishi hisobiga ildiz tez yo'g'onlashib 
boradi. Agrotexnika sharoiti yaxshi bo'lsa, ildizmevaning vazni 
500-600 

bo'ladi. Ildizmevaning jadal o'sishi va barglaming rivojlanish davrida 
ildizmeva navga xos shaklga ega bo'ladi - bu iyun-iyul oylariga to'g'ri 
keladi. Ildizi tuproqqa chuqurroq kirib boradi. Yozning oxirida 
ildizmevada quruq modda ko'p to'planadi. Bu vaqtda ildizmeva vazni 
ancha o'sadi. Birinchi yili ildizi 
2-3 
m chuqurlikka kirib boradi.
Tinim davri urugiik ildizmevalami qishda saqlashda o'tadi. Bunda 
murakkab biokimyoviy jarayonlar: modda almashinuv, nafas olish va 
bo'g'inlami rivojlanishi yuz beradi. Urugiiklaming qayta o'sish davri erta 
bahorda ildizmevalar tuproqqa ekilgandan so'ng boshlanadi. Undan 
keyingi davr - barglami o'sishi va poyalami hosil bo'lishi, yetarli 
miqdorda nam va mineral o'g'itlar bilan ta‟minlanishiga bog'liq.
Gullash davri yozning boshlarida, ya‟ni kundalik harorat 
28-30 
°C 
va havo eng past namlikda bo'lganda changlari yaxshi yetarli va 
changlanish jarayoni yaxshi o'tadi. Urug'ni paydo bo'lish davri- mo'tadil 
havo hamda tuproq namligi yetarli bo'lganda yaxshi kechadi. Urug'ning 
pishish davrida aksincha, ob-havo quruq va issiq bo'lganda, pishish bir 
vaqtda kechadi. Hamma rivojlanish davrlari uchun birinchi yilda 
180-200 
kun, ikkinchi yilda 
115-120 
kun kerak bo'ladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling