X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Tashqi muhit omillariga talabi
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otmishdosh.
Tashqi muhit omillariga talabi.
Qand lavlagi urug'i 2-5 °C issiqlikda una boshlaydi, maysalari bahorgi -4 -5 °C sovuqqa chidashi mumkin. Lavlagida fotosintez va rivojlanish issiqlik 20-22 °C bo'lganda jadal kechadi. Kuzda o'simlikning o'sishi 2-4 °C bo'lganda to'xtaydi. Onalik ildizmeva 3-4 °C da yaxshi saqlanadi, 290 urugiik lavlagi 2-3 °C o„sa boshlaydi. Gullash davrida harorat -1 -2 °C boisa o'simlik nobud boiadi. Qand lavlagi hayotining birinchi kunidan boshlab namga talabchan, qurg„oqchilikka chidamli. Urug 4 bo 4 rtishi va unishi uchun yuqori miqdorda suv talab qiladi. Urug'ning ogirligiga nisbatan 150-170% suv sarflanadi, Transpiratsiya koeffitsiyenti 240- 400, shuning uchun bu ekin suvni tejab sarflaydi. Eng ko 4 p miqdordagi suvni tez o„sish davrida iyul- avgust oylarida talab qiladi. Bizning sharoitimizda eng qulay tuproq namligi 75-80% DNS. Namlik yetarli bo'lganda lavlagi yaxshi o„sadi, hosil yuqori bo'ladi, ammo qand chiqishi kamayadi, o'sish davri boshida suvni kam, o'rtasida ko'p, oxirida o'rtacha talab qiladi. Urugiik lavlagi suvni gulto'plamining shakllanishidan boshlab gullash davrigacha (20 -40 kun) ko'p talab qiladi. 32- rasm: 1-qand lavlagi 2-qand lavlagi-amal davri. ildizmevasi; Qand lavlagi uzun kunda yaxshi rivojlanadi. Bahor sovuq kelsa va kun uzun boisa, lavlagi o'simliklarida yarovizatsiya bosqichi va yorugiikning ko'p boiishi hisobiga, lavlagi ekilgan yili gullovchi ildizlar hosil boiadi, bu qand moddasining kamayishiga va to'qima- laming yo'g'onlashishiga olib keladi. Ildizmevalami yig'ishtirish paytida yoki qishda yuqori haroratda saqlansa, ildizmevalar ekiiganda ulardan tupbargchalar gulpoya unib chiqib, urug' shoxchalari 291 o'sib chiqmaydi. Qand lavlagi ildizmevasi tarkibida qand kon- sentratsiyasi yuqori boigani uchun sho'rga chidamli. Qand lavlagidan 1 tonna ildizmeva va tegishli barg hosili olish uchun ko'p miqdorda, ya‟ni 6 kg azot, 2 kg fosfor va 7 kg kaliy elementlarini talab qiladi. Bundan tashqari, o'simliklaming normal hayot faoliyati uchun lavlagi o'simligi ga rn ikroelementlardan: magniy, bor, temir, oltingugurt, marganes, mis va boshqalar kerak. Qand lavlagini tarkibida gumus miqdori ko'p, mexanik tarkibi soz boigan tuproqlarda ekish yaxshi natijalar beradi. Tarkibi og'ir, loy va yengil qumloq tuproqlarda lavlagi yomon o'sadi. Tarqalgan nav va duragaylari: «Yaltushkovskiy» duragay, «Yaltushkovskiy odnosemyanniy», «Lvovskiy» duragaylari, «Ra- monskaya odnosemyannaya 32», «Veselopolyanskaya odnosem- yannaya», «Astro», «Gina», «Klavdiya», «Eldona», «Sado» va boshqalar. Yetishtirish texnologiyasi O'tmishdosh. Qand lavlagi almashlab ekishda kuzgi don ekinlari, yem-xashak o'tlar, beda, silos va don uchun makkajo'xori va boshqa ekinlardan bo'shagan maydonlarga ekiladi. Paxtachilik xo'jaliklarida g'o'zadan keyin, bir maydonga ketma-ket qand lavlagi ekish man etiladi, 3- 4-yildan keyin qaytarish mumkin, chunki bunda ekinlar ildiz chirish kasalligi bilan kasallanib, hosil 30-40% kamayib ketishi mumkin. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling