yangi yig„ishtirib olingan sabzi ildizmevasi tarkibida 12-15% quruq modda,
9% atrofida uglevodlar, 25 dan 150 mg gacha karotin, 0,14 -
0,
16 oziq birligi bor. Maydalanmagan 1 kg sabzi ildizmevasi va barg
silosida 0,16
oziq birligi, 6 g hazmlanuvchi protein, 0,74
g kalsiy, 0,39 g
fosfor va 70 mg karotin mavjud.
Tarixi.
Sabzi ko'pgina mamlakatlarda bundan 2000 yil oldin ma‟lum
boiib, oldin dorivor o'simlik, so'ngra yangi va qayta ishlangan holda oziq -
ovqat, qimmatli yem-xashak o'simligi sifatida foydalanilgan.
Madaniy
sabzining kelib chiqish markazi Janubi- G'arbiy Osiyo boiib,
shu yerdan
Yevropaning boshqa qit‟alariga ham kirib borgan. Ikkinchi vatani
Afg'oniston, O'zbekiston, Tojikiston va Hindistonning bir qismi hisoblanadi.
Butun
dunyo mamlakatlarida sabzi, asosan oziq-ovqat o'simligi
sifatida ekiladi. Uni yetishtirish qiyin bo'lganligi sababli yem- xashak uchun
kam maydonlarda ekiladi. O'zbekistonning ko'pchilik xo'jaliklarida sabzi
ekiladigan maydon 5-10
gektar boiib, ildizmeva hosili gektariga 200-300
s/ga ni tashkil etadi. Sabzavot ekinlarining
9-
10% ni sabzi tashkil etadi.
Sistematikasi.
Sabzi soyabonguldoshlar ~
Apiceae
- oilasiga mansub,
ikki yillik chetdan changlanuvchi o'simlik, avlodi va turi —
Daucus carota
L.
Birinchi yili o'sish hayotining oxirida yo'g'onlashgan ildiz vujudga keladi.
Urug' unib chiqishida
tuproq yuzasida juda ham ensiz, nozik urug' palla
bargchalari o'sib chiqadi, bargchalar o'simlikning chinbargchalari va boshqa
ildizmeva nihollaridan tubdan farq qiladi. Ildiz o'zak.
Biologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: