X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Yerni ekishga tayyorlash.
Xashaki, ayniqsa, nim shirin lavlagi tuproqni 
sifatli qilib tayyorlashga - chuqur shudgor qilish, haydov qatlamlarini 
yaxshilab yumshatishga talabchan. Asosiy tuproqqa ishlov berish (yerni 
haydash) kuzda, o'tmishdosh ekinlar yig'ishtirib olingandan so'ng, 30 -35 sm 
chuqurlikda haydaladi. Sho'rlangan yerlaming sho'rini yuvish uchun pollar 
olinadi. 
Erta bahorda tuproqqa ishlov berishda chizellanadi, boronalanadi, 
mola bostiriladi. Sho'rlangan yerlar yuvilgandan so'ng pollari tekislanib 
chizellanadi va borona qilinadi. 
Ekish.
Ekishga mart oyining I va II dekadasida (Qoraqal- pog'iston 
Respublikasi va Xorazm viloyatida aprelning boshlarida) kirishiladi. Ekish 
seyalkalarda olib boriladi. Har gektar yerga 7-8 kg urug' sarflanadi, ekish 
chuqurligi 3-4 sm, qatorlar orasi 60, 70 va 90 sm. Juda ham erta bahorda 
ekishning foydasi yo'q, chunki yosh nihollar sovuq ta‟sirida yarovizatsiya 
davrini o'taydi va ildizmeva o'miga gulpoyalar hosil bo'ladi, o'simlik 
hayotining birinchi yilidayoq urug' beradi. 
Parvarishlash.
Nihollar to'liq unib chiqqandan so'ng, britva va lapkalar 
yordamida yuza kultivatsiya qilinadi, undan so'ng yagana qilinadi, har gektar 
yerda 70-75 ming tup o'simlik qoldiriladi. Nihollami yaganalash juda ham 
qisqa vaqt ichida tugallanishi lozim. 
Yaganalash tugatilgandan so'ng traktorda kultivatsiya va qo'lda chopiq 
qilinadi. Zarur hollarda bu ishlar yana takrorlanadi. 
Azot o'g'it bilan oziqlantirish va birinchi marotaba sug'orish ishlari 
may oyining oxirida, ikkinchi bor iyunning o'rtasida o'tkazi - ladi. Iyul, 
avgust oylarida 2-3 martadan sug'oriladi, ob-havo va tuproq sharoitiga qarab 
sentabr-oktabr oylarida bir martadan sug'oriladi. 
300 


Ildiz shirasi, o„rgimchakkana, un-shudring va zarpechakka qarshi o„z 
vaqtida chora-tadbirlar ko'riladi. Hosil yigishtirishni lavlagi ko„targich yoki 
g„o„zapoya kavlagichlami T-40, TTZ-80,2 yoki MTZ-80 traktorlariga 
tirkab amalga oshiriladi. Hosil ildizmeva bar- gidan tozalab, qishda 
saqlanadigan yerlarga olib kelib, yer osti yoki. yer ustki bo'rtlariga solib 
usti bekitiladi. Bo„rtning eni 1,5 m, chuqurligi 0,7 m. Balandligi yer ustidan 
1 m, uzunligi ildizmeva miqdoriga qarab olinadi. Har 4-5 m masofaga havo 
almashib turishi uchun ventilatorlar o„matiladi. Oldi qamish yoki somon 
bilan bekitiladi. 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling