X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parvarishlash.
Yerni ekishga tayyorlash.
Xashaki, ayniqsa, nim shirin lavlagi tuproqni sifatli qilib tayyorlashga - chuqur shudgor qilish, haydov qatlamlarini yaxshilab yumshatishga talabchan. Asosiy tuproqqa ishlov berish (yerni haydash) kuzda, o'tmishdosh ekinlar yig'ishtirib olingandan so'ng, 30 -35 sm chuqurlikda haydaladi. Sho'rlangan yerlaming sho'rini yuvish uchun pollar olinadi. Erta bahorda tuproqqa ishlov berishda chizellanadi, boronalanadi, mola bostiriladi. Sho'rlangan yerlar yuvilgandan so'ng pollari tekislanib chizellanadi va borona qilinadi. Ekish. Ekishga mart oyining I va II dekadasida (Qoraqal- pog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida aprelning boshlarida) kirishiladi. Ekish seyalkalarda olib boriladi. Har gektar yerga 7-8 kg urug' sarflanadi, ekish chuqurligi 3-4 sm, qatorlar orasi 60, 70 va 90 sm. Juda ham erta bahorda ekishning foydasi yo'q, chunki yosh nihollar sovuq ta‟sirida yarovizatsiya davrini o'taydi va ildizmeva o'miga gulpoyalar hosil bo'ladi, o'simlik hayotining birinchi yilidayoq urug' beradi. Parvarishlash. Nihollar to'liq unib chiqqandan so'ng, britva va lapkalar yordamida yuza kultivatsiya qilinadi, undan so'ng yagana qilinadi, har gektar yerda 70-75 ming tup o'simlik qoldiriladi. Nihollami yaganalash juda ham qisqa vaqt ichida tugallanishi lozim. Yaganalash tugatilgandan so'ng traktorda kultivatsiya va qo'lda chopiq qilinadi. Zarur hollarda bu ishlar yana takrorlanadi. Azot o'g'it bilan oziqlantirish va birinchi marotaba sug'orish ishlari may oyining oxirida, ikkinchi bor iyunning o'rtasida o'tkazi - ladi. Iyul, avgust oylarida 2-3 martadan sug'oriladi, ob-havo va tuproq sharoitiga qarab sentabr-oktabr oylarida bir martadan sug'oriladi. 300 Ildiz shirasi, o„rgimchakkana, un-shudring va zarpechakka qarshi o„z vaqtida chora-tadbirlar ko'riladi. Hosil yigishtirishni lavlagi ko„targich yoki g„o„zapoya kavlagichlami T-40, TTZ-80,2 yoki MTZ-80 traktorlariga tirkab amalga oshiriladi. Hosil ildizmeva bar- gidan tozalab, qishda saqlanadigan yerlarga olib kelib, yer osti yoki. yer ustki bo'rtlariga solib usti bekitiladi. Bo„rtning eni 1,5 m, chuqurligi 0,7 m. Balandligi yer ustidan 1 m, uzunligi ildizmeva miqdoriga qarab olinadi. Har 4-5 m masofaga havo almashib turishi uchun ventilatorlar o„matiladi. Oldi qamish yoki somon bilan bekitiladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling