X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Sistematikasl
Xashaki lavlagi sho'radoshlar oilasi 
(Chepo- diaceae, 
Beta vulgaris Sver. 
Crassa)
turiga mansub. Xashaki lavlagi ildizmevasining 
shakli bo'yicha 4 guruhga boiinadi: 

silindrsimon boiib, bunda ildizmevasining 1/4-1/5 qismi tuproqqa 
kirib turadi, bu qoida yigishtirish uchun qulay; 

uzunchoq-oval shaklida boiib, bunda ildizmevasining 1/3 va 
ko„proq qismi yerga kirib turadi; 

konussimon-bunda ildizmevasining 1/2-2/3 qismi yerga kirib turadi, 
bu nim shirin tipga kiradi; 

ildizmevasining o„sish va yumshoq qismi sariq, binafsha, oq 
ranglarda boiib, bu aprobatsiya qilishda katta ahamiyatga ega. 
Xashaki lavlagi hayotining birinchi yilida ildiz tuzilishi va barg 
massasi hosil boiadi, ikkinchi yilda urugiik poyalarida - urug„ hosil boiadi. 
Xashaki lavlagining morfologiyasi qand lavlagi 
298


morfologiyasidan deyarli farq qilmaydi. Shuningdek, tupgul biolo - giyasi 
va mevasi ham bir xil bo'ladi. 
BiologiyasL
Ikki yil mobaynida xashaki lavlagi urug„dan yetilishi 
uchun birinchi yil 210-220 kunni, keyingi yilda 120-130 kunni talab etadi. 
Xashaki lavlagining yorug'lik va issiqlikka boigan talabi qand lavlagi 
bilan bir xil. Umumiy fotosintez jarayoni xashaki lavlagi bilan qand 
lavlagida bir xilda bo'ladi, lekin xashaki lavlagining nafas olishi yuqori 
bo„lgan ildizmevasida qand moddasining ko„p to„planishiga yo„l 
qo„yilmaydi. Qand lavlagining ildizmevasida qand moddasi yuqori bo'lgani 
uchun o'simliklaming sho'rga va kuzgi sovuqqa chidamliligi xashaki 
lavlagi ga nisbatan ancha yuqori. Xashaki lavlagi ildizmevasining ko„proq 
qismi yer ustida bo'lgani uchun kuzgi sovuq tez ta‟sir etishi mumkin (qand 
lavlagi ildizmevasi asosan yer ostida bo'ladi). 
Xashaki lavlagi tuproqda ko„p miqdorda oziq moddalar bo'lgandagina 
yuqori hosil berishi mumkin. 1 tonna ildizmeva shuncha miqdorda barg 
hosil bo'lishi uchun tuproqdan 2,5-3,0 kg azot, 0,9-1,0 kg fosfor va 4-4,5 
kg kaliy o„g„itlarini talab etadi. Xashaki lavlagi ayniqsa, azotli va kaliyli 
o„g„itlarga muhtoj bo'ladi. 
O'simlikka azotli o'g'itlami ko'p miqdorda berish, ildizmeva quruq 
moddasi tarkibida nitratning ortishiga olib keladi va natijada qishloq 
xo'jaligi hayvonlarining zaharlanishiga sabab bo'ladi. Xashaki lavlagi, 
ekiladigan har gektar yerga 40-50 t chirigan go'ng solinsa, hosildorlikka 
to'g'dan-to'g'ri ta‟sir etishi tufayli tuproqning fizik-mexanik holati 
yaxshilanadi. Xashaki lavlagi yer osti suvi pastda joylashgan, unumli, 
sho'rlanmagan tuproqlarda yaxshi o'sadi. 
Navlari:
Xashaki lavlagining: “Ekkendorf sarig'i”, “Poltava oq”, 
“Timiryazev-12”, “Triploid” va “Hosildor" duragaylari navlari keng 
tarqalgan, 
O'zbekistonda rayonlashtirilgan navlari: “Ekkendorf sarig'i”, 
“O'zbekiston nim qand” va “O'zbekiston-83” duragaylaridir. 
299


Yetishtirish texnologiyasi 
O'tmishdosh.
Xashaki lavlagi fermaga yaqin yerlami almashlab 
ekishda yaxshi natijalar beradi (go'ng chiqarish, ortish xarajatlari kam 
bo'ladi). Eng yaxshi o'tmishdosh ekinlar: kartoshka, karam, poliz ekin lari. 
Almashlab ekishda: g'o'za, makkajo'xori va bedadan keyin ekish 
mumkin. Xashaki va qand lavlagidan hamda piyozdan keyin ekish mumkin 
emas. 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling