X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otmishdosh.
Biologik xususiyati.
0„sishi va rivojlanishi ko'proq lavlagi va sabzi ga o'xshaydi. Xashaki sholg'omning urugi 1-2 °C da una boshlaydi. Agarda nam tuproqqa ekilsa 8-10 °C, issiqqa ekilsa 3-4 310 kunda to„liq unib chiqadi. Yosh nihollari -5 °C , kattalari esa -6 °C sovuqqa chidamli. Namga talabchan ekin. Tuproqdagi eng kam nam 70 - 75% boiganda yaxshi rivojlanadi. Xashaki sholg„om unumdor va yengil tuproqlarda tuproq muhiti pH 6,0-6,5 bo„lganda yaxshi o„sadi. Kechpishar navlari 100-110 kun, erta pisharlari 60-70 kunda to„la pishib yetiladi. 0„zbekiston sharoitida ildizmevasining texnik pishishi 85-90 kun. Mamlakatimizda «Esti Naeris» va «Osterzun- domskiy», “Moskovskiy” va “Skorospeliy V1K” navlaridan yuqori hosil olinadi. Yetishtirish texnologiyasi O'tmishdosh. Tuproqni ekishga tayyorlash, ishlov berish xashaki lavlagi va sabzi ekinlarini yetishtirish bilan bir xil. Almashlab ekishda xashaki sholg„omni g„o„za, makkajo'xori, yozda oraliq va kuzgi g„alla ekinlaridan so„ng ekish mumkin. Xashaki sholg„omdan 1 t. hosil olish uchun yerga: 2, 5 kg azot, 1 kg fosfor va 4 kg kaliy o„g„itlari solish tavsiya yetiladi. Yerni shudgorlashdan oldin har gektar yerga 20 -30 t chirigan organik o„g„it, 60-80 kg fosfor va kaliyli mineral o„g„itlar (sof holda) solinadi. Bahorda yer chizellanib, boronalanib, tuproqdagi namni saqlab qolish va urugiii tuproqqa bir xilda tushishi uchun, yengil tekislanib, ekishga tayyorlanadi. Erta bahorda xashaki sholg„om tez rivojlanadi va zararku- nandalar bilan kam zararlanadi. Ekin sabzavotlar ekiladigan SO-4, 2 yoki boshqa seyalkalar yordamida ekiladi. 1 gektar yerga 3-4 kg ekiladi, ekish chuqurligi 1,5-2,0 sm. Urug„ni yerga bir tekisda tushishi uchun ekish oldidan uruqqa superfosfat (ammofos) yoki chirindi aralashtirilib ekiladi. Qator orasi 60 -70 sm, eng ma‟qul ко„chat soni 1 gektar yerga 90-100 ming o„simlik hisoblanadi. Erta bahorda yomgirdan so„ng urug„ning unib chiqishiga to„s- qinlik qiladigan qatqaloqqa qarshi yengil borona qilinadi. Nihollar toiiq unib chiqqandan so„ng, begona oilarni kesadigan va tuproqni yumshatadigan ishchi organlari o„matilib traktorda kultivatsiya qilinadi. Xashaki sholg„om 2-3 juft chinbarg chiqarganda yagana qilinadi va har bir pog. metrda 6 -7 tadan o„simlik qoldiriladi. Bir 311 gektar yerda xashaki sholg'omda 90 ming tup o„simlik qoldiriladi. Yaganalashning kechiktirilishi tufayli o„simliklar nimjon boiib, hosildorlik keskin kamayib ketishiga olib keladi. Ekinni begona o„tlardan 1-2 marta tozalab, qator oralariga ishlov beriladi. May oyining oxiri va iyunning boshlarida ekinlar I gektar hisobiga 60-80 kg azot bilan oziqlantirilib, keyin sug„oriladi. Yozda ekiiganda o„tmishdosh ekinlar yig„ishtirib olingandan so„ng yer sug„oriladi. 25-30 sm chuqurlikda haydaladi, chizellanadi, boronalanadi va mola bostirilib, keyin ekiladi. Ekish sxemasi va ko„chat qalinligi yuqorida ko„rsatilganidek bo„ladi. Yozda ekinlarga ishlov berish: 2 marta kultivatsiya, yagana, 1 marta chopiq, 1 marta azot va kaliy (NiooKeo) o„g„itlari bilan oziqlantiriladi va 3-4 marta egatlardan sug„oriladi. Zararkunandalarga qarshi may oyining oxirida fosfamid preparatlari bilan ishlov beriladi. Bahorda ekilgan xashaki sholg„omni qo„l kuchi bilan iyulda ildizmevalari qotib qolmasdan hayvonlarga yemish uchun yig„ishtirib olinadi. Yozda ekilgan xashaki sholg„om kuz va qishda chorva mollariga yedirish uchun xandaklarda saqlanadi. Lekin ildizmevasi tarkibida quruq modda va qand kam boiganligi uchun saqlanish xususiyati past, shuning uchun birinchi navbatda chorva mollariga berish tavsiya etiladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling