X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Ahamiyati.
To„yimii, shirali, oson hazm boiadigan ozuqa beradi. Sut 
yetishtirishga ixtisoslashgan xo„jaliklarda yem-xashak ekinlarining 40-50% 
shu ekinlarga to„g„ri keladi. Zootexnika talabi bo'yicha har 100 g oqsilga 
120-150 g karbon tuzlar to„g„ri kelishi kerak. Kuydirib olingan kul 
tarkibida kaliy, kalsiy, fosfor, magniy elementlari ko„p boiadi. 
Bargida vitaminlar, oqsil ko„p boiganligi uchun o„t uni tayyorlanadi. 
Sholg„omning 1 kg ildizmevasida 310-470 mg karotin boiadi. Sholg'om va 
tumepsning 1 kg bargida 1200-1300 mg С vitamini mavjud. Ratsionga bu 
ildizmevalaming qo„shilishi oziqlarni tejab foydalanishga va toia hazm 
boiishiga yordam beradi. Sholg„om bilan turneps ildizmevasini mollarga 
yedirishning sutkalik miqdori 20-25 kg dan oshmasligi kerak. Aks holda 
sutning mazasi buziladi (ildizmevaning tarkibida gorchitsa yogi mavjud).
Qator orasiga ishlov beriladigan ekin boiganliga tufayli boshqa dala 
ekinlari uchun yaxshi o'tmishdosh boiib hisoblanadi. 
Bu ekinlar serhosil. Rossiyada sholg'omdan 80 t/ga, tumepsdan 90 
t/ga ildizmeva olingan. 0„zbekistonda bahorda ekiiganda 45-50 t/ga, yozda 
ekiiganda 20 t/ga hosil olingan. 
Sistematikasi.
Sholg„om va turneps karamdoshlar - 
Brassica- ceae -
oilasining 
Brassica napus. L. ssp. rapifera
turiga sholg„om; 
Brassica rapa L. 
ssp. rapifera
turiga turneps kiradi. Ikki yillik o„simlik boiib, birinchi yili 
yo„g„onlashgan ildizpoyasi rivojlanadi, 
309 


ikkinchi yili poya chiqarib gullaydi va urug' tugadL Ildizpoyasi oziq 
moddalarga boy bo„lib, qish bo'yi ko„k o„t sifatida mollarga beriladi. 
Morfologiyasi.
Xashaki sholg„orn urug„ pallasi urug'ning unish davrida 
lavlagi va sabzining urug„ pallasi kabi tashqariga o'sib chiqadi va 
yiriklashadi, yashil rangga kiradi. Ularning shakli qisqa, keng tuxumsimon
usti yassi. Bargi yirik va oddiy. Barg plastinkasi tukli va pastga qarab 
kengaygan. Ba‟zi bir navlarda barg plastinkasi butun, boshqalarida esa 
yuqori qismiga qarab kengaygan. Ikkinchi yili o„simlik ildizmevalaridan 
poyani yoppasiga qoplagan uchburchak zanjir shaklida joylashgan barglar va 
gulpoyalar o'sib chiqadi. Bu barglar bir yilda o„sib chiqqandan tarq qilib
poyani butunlay qoplab oladi. Sholg'omda poyasi shingilsimon, tumepsda 
to„siqcha kabi to„pgul bilan tugallanadi. To'pgulining ko„rinishi oddiy 
shoxchalardan iborat boiib, pastki gullarining gulbandi uzun va 
yuqoridagilarining gulbandi esa qisqa joylashgan boiadi. 
Hamma karamdoshlar singari gullari to„g„ri va ikki jinsli, shingil 
to„pgulda o„mashgan. Gul qismlari gul o„rniga halqa shaklida joylashgan. 
Kosacha to„rtta, bir-biri bilan qo'shilmagan kosachabargdan, toj ham to„rtta 
erkin holdagi tojibargdan tashkil topgan. Gulida ikkita urug„chi bargning 
qo'shilishidan hosil boigan bitta urug
6
chi va oltita changchi boiib, ulardan 
to„rttasi uzunchoq, ikkitasi kaltaroq. Changlangandan so'ng ikki uyali, ko„p 
urugii, qo„zoqcha meva rivojlanadi. Urugi shar shaklida qoramtir rangli
kattaligi 1,2-2 mm, 1000 donasining vazni 1,6-2,8 g. Bir dona qo„zog„ida 20 
tagacha urug
6
boiishi mumkin. 
Ildizmevasining shakli va rangi navlarga qarab har xil boiishi mumkin. 
Ko„p naviaming ildizmevasi uzun silindrsimon yoki elipssimon shaklda 
bo'ladi. yer ostki qismi oq yoki sargish, yer ustki qismi binafsha, yashil yoki 
bronza rangda silliq bo'ladi. Ildizmevasining 1/2-2/3 qismi tuproqqa kirib 
turadi. Yuqori qismi esa silliq. Yon ildizchalari asosiy ildizning eng uchki 
qismida joylashgan bo'lganligi uchun, xashaki shoig
6
omni yerdan chiqarish 
yengil. 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling