X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Yetishtirish texnologiyasi
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
Yetishtirish texnologiyasi.
Sabzini kuzda donli ekinlar, kartoshka va ko'p yillik o'tlardan so„ng ekish mumkin. Tuproqni ekishga tayyorlash xuddi lavlagi yetishtirish bilan bir xil yerni 28-30 sm chuqurlikda haydash, bahorgi tekislash, chizellash, boronalash va mola bostirishdan iborat. Sho'rlangan yerlar qishda yuviladi. Sabzi sovuqqa chidamli va urugining sekin unib chiqishi hisobga olingan holda hamma ildizmevalaridan oldin ekiladi. Ekishdan oldin sabzi urug„i tikanaklardan tozalanadi va tavsiya etilgan kimyoviy preparatlar bilan zamburug„ va boshqa kasalliklarga qarshi dorilanadi. Sabzi sabzavotlar ekiladigan seyalkalar yordamida mart oyining birinchi o„n kunligida qator oralari 60 yoki 70 sm, ekish normasi 4-6 kg/ga, 1,5-2,0 sm chuqurlikda ekiladi. Sabzi urugiari bir xilda yerga tushishi uchun ekishdan oldin 10-15 kg fosfor yoki qirindi bilan aralashtiriladi. Nihollar unib chiqqandan so'ng britva va yassi lapkalar bilan (4 -5 sm) kenglikda yuza kultivatsiya qilinadi. Sabzi nihollari 4-5 dona chinbarg chiqarganda gektariga 250-300 ming tup o'simlik hisobidan yagana qilinadi. Begona o'tlarga qarshi tavsiya qilingan gerbitsidlardan foydalaniladi. O'suv davrida 2-3 marta traktorda kultivatsiya va qoida chopiq qilinadi. Gektariga 80-90 kg azot bilan oziqlantiriladi va qatorlardan o'suv suvi beriladi. 1 tonna sabzi ildizmevasi va shuncha barg hosil boiishi uchun yer 3,5 kg azot, 1,5 kg fosfor, 7 kg kaliy o'g'itlarini talab etadi. Shuning uchun kuzda shudgorlashdan oldin gektariga 30-40 tonna chirigan go'ng va P«> Kboo'g'itlar solish tavsiya etiladi. Faqat birinchi va ikkinchi suvdan oldin azotli o'g'itlar bilan oziqlantiriladi. Ildizmevalari sovuq tushguncha yigishtiriladi. Bunda lavlagi yigishtiriladigan SNU-3S yoki g'o'zapoya kavlagichlardan foydalaniladi. Qoida barglari tozalanadi va saralanadi. Bargini KIR-1,5 yordamida o'rish mumkin. 306 Sabzini qishga saqlaydigan maxsus joylar yetishmasa, chu qurligi 0,7- 1 rn, eni 0,7 m va uzunligi 10 m boigan handaklardan foydalaniladi. Ildizmevaning har qaysi qatlami orasiga yaxshi saqlanish uchun qum sepiladi va usti somon bilan yopiladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling