X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insert jadvalini toUdirish qoidasi
“INSERT”
jadvali - mustaqil o„qish vaqtida olgan ma‟lumot- lami, eshitgan ma‟ruzalarni tizimlashtirishni ta‟minlaydi; olingan ma‟lumotni tasdiqlash, aniqlash, chetga chiqish, kuzatish. Avval o'zlashtirgan ma‟lumotlami bog'lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Insert jadvalini toUdirish qoidasi: O'qish jarayonida olingan ma‟lumotlami alohida o'zlari tizimlashtiradilar-jadval ustunlariga “kiritadilar” matnda belgilangan quyidagi belgilarga muvofiq: “V” - men bilgan maiumotlarga mos; - men bilgan ma‟lumotlarga zid; “+” - men uchun yangi ma‟lumot; “?” - men uchun tushunarsiz yoki ma‟lumotni aniqlash, to„l- dirish talab etiladi. V + - 6.2. Xashaki lavlagi Ahamiyati. Xashaki lavlagi shirali, yengil hazm boiadigan va to'yimli yem-xashak xususiyatiga ega. Uning to„yimlilik qiymati chorva mollari organizmi uchun zarur bo'lgan moddalar: uglevodlar, azotsiz ekstraktiv moddlar, mineral tuzlar va vitaminlarni saqlaydi. Xashaki lavlagi navlariga qarab, o'z tarkibida fermentlarga boy bo'lgan 85 - 90% suvni saqlaydi. Xashaki lavlagi chorva mollar organizmida dag'al xashakning yaxshi hazm bo'lishiga yordam 297 beradi. 1 kg xashaki lavlagi ildizmevasida 0,11-0,12 oziq birligiga, nim shirin tuplarida esa 0,14-0,16 oziq birligiga ega, bargida esa 0, 10-0,12 oziq birligi bor. Xashaki lavlagi ildizmevasi parhezlik nisbati qand lavlagiga qaraganda yuqori hisoblanadi. Tarixi. Xashaki lavlagining kelib chiqishi qand lavlagidek bo„lib, XV1II-X1X asrlarda lavlagi ildizmevalari xo„raki, qand va yem-xashak yo„nalishlari uchun yetishtiriladigan bo'ladi. Xashaki lavlagi Yevropa mamlakatlarida - Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Germaniya, Daniya va boshqa sutchilik qoramol- chiligi rivojlangan mamlakatlarda ko'p tarqalgan. Og'ir mehnat talab qilinganligi uchun keyingi yillarda xashaki lavlagining ekin maydoni ancha qisqardi. Shu bilan birga ildiz mevali hosil yetishtirish oldingiga qaraganda ancha o„sdi. Bu mamlakatlarda ildiz- mevalilar hosili gektariga 600-900 s ni tashkil etadi. Hamdo'stlik mamlakatlarida hozirgi vaqtda xashaki lavlagi 1,8 million gektar atrofida maydonni egallaydi. Ildizmeva hosili o'rtacha 204 -215 s/ga teng. O'zbekistonda xashaki lavlagi ekilgan maydon 0 „rtacha 14,7 ming gektar bo'lib, ildizmeva hosili 198,9 s/ga ni tashkil etgan, ayrim ilg'or xo'jaliklar gektaridan 800-1000 s va undan ortiq hosil olmoqda. 0„zbekiston sharoitida urug„ hosili gektariga 15-20 s ni tashkil etadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling