X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
yil o'stirilgani xususida ma‟lumot bor. Umuman yerlarda yowoyi holda o'sganida yuqori hosil beradi. Navlari
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beta vulgaris L.v. saccharifera > Xashaki lavlagi — Beta vulgaris L.v. crassa > Xashaki sholg„om - Brassica L. ssp rapifera M
yil
o'stirilgani xususida ma‟lumot bor. Umuman yerlarda yowoyi holda o'sganida yuqori hosil beradi. Navlari: «Fyuzo», «Patat», «Kiyevskaya», «Belaya», «Severo- kavkazskaya krasnaya», «Durdurskaya», «MOS-65GYU», «Oq hosildor», «Vadim» va «Krasnoklubneviy» va boshqa navlari keng tarqalgan. 283 31- rasm. Topinambur. Yetishtirish texnologiyasi Topinambur almashlab ekish sistemasida juda ehtiyotlik bilan joylashtirilmasa va bu yerda necha yil o'sishi hisobga olinmasa, u o„zidan keyin ekiladigan o„simliklarga begona o„tlar kabi zarar yetkazishi mumkin. Topinambumi bir yerda 3-4-yil mobaynida yetishtirish maqsadga muvofiqdir. Markaziy Osiyoda topinamburdan bo„shagan yerga bedani ekish ijobiy natija beradi, chunki beda yil davomida 5- 6 marotaba o„rilishi natijasida yer nokidan o„sib chiqqan nihollar yo„qotiladi va yer undan tozalanadi. Topinambur uchun yerni ishlash kartoshka ekinidagiga o„xshaydi. Yerga haydashdan oldin 30-40 t/ga go„ng solinadi. Yer nokining 25-50 gramm tuganagi ekiladi, uni kesib ekilsa, hosildorligi 25-30% kamayib ketadi. Agar tuganak juda yirik (70-80 g) bo„lsa, uni ekishdan oldin kesib ekilgani ma‟qul. Kesilgan tuganak faqat bahorda ekilishi kerak, kuzda ekish tavsiya etilmaydi. Bir gektarga 50-60 ming tuganak ekiladi, gektariga 0,6-2,0 t/ga cha urug„ sarflanadi. 284 Topinambur yetishtiriladigan iqlim sharoitiga ko„ra ikki muddatda fevral oxiri mart boshlanishida va oktabr oxiri noyabr boshida ekiladi. Ekish chuqurligi ekilayotgan tuganak vazniga bog„liq bo„lib, u 5- 12 sm chuqurlikka 70x35-40 sm sxemasida ekiladi. Ekilganidan so„ng nihollar ko„karib chiqqunicha yer bir ikki marta boronalanadi. Nihollar to„liq ko„karib chiqqanidan keyin har sug'orishdan so„ng qator orasi kultivatsiya qilinadi. Agar topinambur yetishtirilayotgan yerda begona o„t ko„p bo„lsa, uning qator orasi chopiq qilinib, 0 „simlik atrofi yumshatiladi. Topinambur о„suv davrida chilpish (chekanka) faqat ko„k massasini ko„paytiradi, tuganak hosili ga salbiy ta‟sir etadi, shuning uchun chilpish tavsiya etilmaydi. Topinambur hayotining ikkinchi va uchinchi yili u o'sayotgan yerni erta bahorda 2-3 marta borona qilish bilan boshlanadi. Ikkinchi va uchinchi yili topinambur o„simligi soni har m 2 da ko„payib ketadi, shuning uchun qator orasi kultivatsiya qilinadi hamda undagi ortiqcha o„simliklar olib tashlanadi, ya‟ni qatordagi zichligi me‟yorga keltiriladi. Topinambur faqat tuganagidan emas, poya qalamchalaridan ham ko„paytirilishi mumkin. Topinambur poyasi 0„zbekiston sharoitida oktabr oxirida, tuganagi esa noyabr oxirida silos yig„adigan kombaynlar bilan yig„ishtiriladi. Tuganak hosilini yig„ishtirish qish faslida davom etishi mumkin. Topinambur oq chirish kasalligi bilan zararlanadi, unga qarshi kurashish uchun tuganakmeva saqlanayotgan xona haroratini -3 °C dan past saqlash va kasallangan o„simliklarni daladan chiqarib tash- lash kerak. Simqurt, may qo„ng„izi kabi zararkunandalar tuganak- mevalami, lavlagi va sholg„om kanalari uning poya qismini zararlaydi. Ularga qarshi anabazin sulfat sepilishi kerak. Takrorlash uchun savollar: 1. Topinambur kelib chiqishi va hosildorligi? 2. Topinambuming qoMlanilishi? 3. Tashqi muhit omillariga ta‟siri? 4. Topinambuming vegetatsiya davri davomiyligi? 5. Topinambuming rayonlashgan navlari? 285 6. Topinambur tuganaklarini maqbul ekish muddati? 7. Topinambur tuganaklarini ekish usuli va me‟yori qancha? 8. Topinambur kasalliklari va zararkunandalari? 9. Topinambumi intensiv texnologiya asosida yetishtirish? 10. Topinambur hosili qanday yig* ishtirib olinadi? Pedagogik texnologiya “FSMU” Texnikasi yordamida flkringizni bayou eting Savol Sabab? (F)-fikringizni bayon eting (S)-fikringizni bayoniga sanab ko„rsating (M)-ko„rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring (U)-fikringizni umumlashtiring 286 VI bob. ILDIZMEVALILAR Bu guruhga sersuv, shirali quruq moddasi kam boigan ildiz - mevalilar kiradi. Bu guruhdagi o„simliklar har xil botanik oilani (sho„radoshlar, soyabonguldoshlar, karamdoshlar, murakkabgul- doshlar) vakili bo„lib, ularning oilasida bir, ikki va ko„p yillik turlari uchraydi. 0„zbekistonda aksariyat holda ikki yillik turlari (qand lavlagi, xashaki lavlagi, sholg„om va sabzilar) ekilmoqda. lldizmevalilar har xil yoiialishda qoilaniladi. Qandlavlagi qand ishlab chiqarish uchun ekiladi. Qolgan ildizmevaiilar oziq-ovqat sanoatida va chorvaga yem uchun foydalaniladi. lldizmevalilarning tarkibida 10% dan 30% gacha quruq modda boiadi, ulaming tarkibida ko'p miqdorda qand, kraxmal, tuzlar, vitaminlar (С, B, Ba, P, К, E va boshqa), karotin mavjud. Tarkibida suv ko„p boiganiigi tufayli saqlash qiyin. Ildizmevaning to„yimliligi _______ 47-jadval Ko„rsatkichlar Ekinlar Qand lavlagi Xashaki lavlagi Xashaki sabzi Xashaki sholg„om (turneps) 11 ildizmevada: Oziq birligi, kg 260 120-150 140 110-120 Protein, kg 15-16 8-12 ^ 9,5 12-14 1 t bargida oziq birligi, kg 120-150 100-110 130-170 115-120 Protein, kg 18 19-23 14-21 17-20 lldizmevali o„simliklar texnik (qand lavlagi), oziq-ovqatda (sabzi, lavlagi, sholg„om, turp), chorvachilikda (xashaki lavlagi, turneps), tabobatda (sachratqi) qoiianadi. Qishda ko„kat boima- 287 ganda ildizmevalilar eng asosiy shirali oziq bo„lib qoladi. Yem- xashak sifatida barglari ham ishlatiiadi. Bu guruhning asosiy ekiladigan vakillari: > Qand lavlagi — Beta vulgaris L.v. saccharifera > Xashaki lavlagi — Beta vulgaris L.v. crassa > Xashaki sholg„om - Brassica L. ssp rapifera M > Xashaki sabzi - Daucus carota v. crassa L. 6.1. Qand lavlagi Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling