X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


yil o'stirilgani xususida  ma‟lumot bor. Umuman yerlarda yowoyi holda o'sganida yuqori hosil  beradi. Navlari


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

yil
o'stirilgani xususida 
ma‟lumot bor. Umuman yerlarda yowoyi holda o'sganida yuqori hosil 
beradi.
Navlari:
«Fyuzo», «Patat», «Kiyevskaya», «Belaya», «Severo- 
kavkazskaya krasnaya», «Durdurskaya», «MOS-65GYU», «Oq 
hosildor», «Vadim» va «Krasnoklubneviy» va boshqa navlari keng 
tarqalgan.
283


31- 
rasm. Topinambur.
Yetishtirish texnologiyasi
 
Topinambur almashlab ekish sistemasida juda ehtiyotlik bilan 
joylashtirilmasa va bu yerda necha yil o'sishi hisobga olinmasa, u o„zidan 
keyin ekiladigan o„simliklarga begona o„tlar kabi zarar yetkazishi 
mumkin.
Topinambumi bir yerda 3-4-yil mobaynida yetishtirish maqsadga 
muvofiqdir. Markaziy Osiyoda topinamburdan bo„shagan yerga bedani 
ekish ijobiy natija beradi, chunki beda yil davomida 5- 6 marotaba 
o„rilishi natijasida yer nokidan o„sib chiqqan nihollar yo„qotiladi va yer 
undan tozalanadi. Topinambur uchun yerni ishlash kartoshka ekinidagiga 
o„xshaydi.
Yerga haydashdan oldin 30-40 t/ga go„ng solinadi.
Yer nokining 25-50 gramm tuganagi ekiladi, uni kesib ekilsa, 
hosildorligi 25-30% kamayib ketadi. Agar tuganak juda yirik (70-80 g) 
bo„lsa, uni ekishdan oldin kesib ekilgani ma‟qul. Kesilgan tuganak faqat 
bahorda ekilishi kerak, kuzda ekish tavsiya etilmaydi. Bir gektarga 50-60 
ming tuganak ekiladi, gektariga 0,6-2,0 t/ga cha urug„ sarflanadi.
284


Topinambur yetishtiriladigan iqlim sharoitiga ko„ra ikki muddatda 
fevral oxiri mart boshlanishida va oktabr oxiri noyabr boshida ekiladi.
Ekish chuqurligi ekilayotgan tuganak vazniga bog„liq bo„lib, u
5- 
12 sm chuqurlikka 70x35-40 sm sxemasida ekiladi. Ekilganidan 
so„ng nihollar ko„karib chiqqunicha yer bir ikki marta boronalanadi. 
Nihollar to„liq ko„karib chiqqanidan keyin har sug'orishdan so„ng qator 
orasi kultivatsiya qilinadi. Agar topinambur yetishtirilayotgan yerda 
begona o„t ko„p bo„lsa, uning qator orasi chopiq qilinib, 
0
„simlik atrofi 
yumshatiladi.
Topinambur о„suv davrida chilpish (chekanka) faqat ko„k 
massasini ko„paytiradi, tuganak hosili ga salbiy ta‟sir etadi, shuning 
uchun chilpish tavsiya etilmaydi.
Topinambur hayotining ikkinchi va uchinchi yili u o'sayotgan yerni 
erta bahorda 2-3 marta borona qilish bilan boshlanadi. Ikkinchi va 
uchinchi yili topinambur o„simligi soni har m
2
da ko„payib ketadi, 
shuning uchun qator orasi kultivatsiya qilinadi hamda undagi ortiqcha 
o„simliklar olib tashlanadi, ya‟ni qatordagi zichligi me‟yorga keltiriladi. 
Topinambur faqat tuganagidan emas, poya qalamchalaridan ham 
ko„paytirilishi mumkin. Topinambur poyasi 0„zbekiston sharoitida 
oktabr oxirida, tuganagi esa noyabr oxirida silos yig„adigan kombaynlar 
bilan yig„ishtiriladi. Tuganak hosilini yig„ishtirish qish faslida davom 
etishi mumkin.
Topinambur oq chirish kasalligi bilan zararlanadi, unga qarshi 
kurashish uchun tuganakmeva saqlanayotgan xona haroratini -3 °C dan 
past saqlash va kasallangan o„simliklarni daladan chiqarib tash- lash 
kerak. Simqurt, may qo„ng„izi kabi zararkunandalar tuganak- mevalami, 
lavlagi va sholg„om kanalari uning poya qismini zararlaydi. Ularga 
qarshi anabazin sulfat sepilishi kerak.
Takrorlash uchun savollar:
1. Topinambur kelib chiqishi va hosildorligi?
2. Topinambuming qoMlanilishi?
3. Tashqi muhit omillariga ta‟siri?
4. Topinambuming vegetatsiya davri davomiyligi?
5. Topinambuming rayonlashgan navlari?
285


6. Topinambur tuganaklarini maqbul ekish muddati?
7. Topinambur tuganaklarini ekish usuli va me‟yori qancha?
8. Topinambur kasalliklari va zararkunandalari?
9. Topinambumi intensiv texnologiya asosida yetishtirish?
10. Topinambur hosili qanday yig* ishtirib olinadi?
Pedagogik texnologiya “FSMU” Texnikasi yordamida flkringizni bayou 
eting
Savol
Sabab?
(F)-fikringizni bayon eting (S)-fikringizni 
bayoniga sanab ko„rsating
(M)-ko„rsatgan 
sababingizni isbotlovchi 
dalil 
keltiring 
(U)-fikringizni 
umumlashtiring
286


VI bob. ILDIZMEVALILAR 
Bu guruhga sersuv, shirali quruq moddasi kam boigan ildiz - 
mevalilar kiradi. Bu guruhdagi o„simliklar har xil botanik oilani 
(sho„radoshlar, soyabonguldoshlar, karamdoshlar, murakkabgul- doshlar) 
vakili bo„lib, ularning oilasida bir, ikki va ko„p yillik turlari uchraydi. 
0„zbekistonda aksariyat holda ikki yillik turlari (qand lavlagi, xashaki 
lavlagi, sholg„om va sabzilar) ekilmoqda. lldizmevalilar har xil yoiialishda 
qoilaniladi. Qandlavlagi qand ishlab chiqarish uchun ekiladi. Qolgan 
ildizmevaiilar oziq-ovqat sanoatida va chorvaga yem uchun foydalaniladi. 
lldizmevalilarning tarkibida 10% dan 30% gacha quruq modda 
boiadi, ulaming tarkibida ko'p miqdorda qand, kraxmal, tuzlar, vitaminlar 
(С, B, Ba, P, К, E va boshqa), karotin mavjud. Tarkibida suv ko„p 
boiganiigi tufayli saqlash qiyin. 
Ildizmevaning to„yimliligi
_______ 47-jadval 
Ko„rsatkichlar 
Ekinlar 
Qand 
lavlagi 
Xashaki 
lavlagi 
Xashaki 
sabzi 
Xashaki 
sholg„om 
(turneps) 
11 ildizmevada: 
Oziq birligi, kg 
260 
120-150 
140 
110-120 
Protein, kg 
15-16 
8-12 
^ 9,5 
12-14 
1 t bargida oziq 
birligi, kg 
120-150 
100-110 
130-170 
115-120 
Protein, kg 
18 
19-23 
14-21 
17-20 
lldizmevali o„simliklar texnik (qand lavlagi), oziq-ovqatda (sabzi, 
lavlagi, sholg„om, turp), chorvachilikda (xashaki lavlagi, turneps), 
tabobatda (sachratqi) qoiianadi. Qishda ko„kat boima- 
287 


ganda ildizmevalilar eng asosiy shirali oziq bo„lib qoladi. Yem- xashak 
sifatida barglari ham ishlatiiadi.
Bu guruhning asosiy ekiladigan vakillari:
> Qand lavlagi 
— Beta vulgaris L.v. saccharifera
 
> Xashaki lavlagi — Beta vulgaris L.v. crassa
 
> Xashaki sholg„om - Brassica L. ssp rapifera M
 
> Xashaki sabzi - Daucus carota
v. crassa L.
 
6.1. Qand lavlagi

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling