X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kartoshkadan ikki marta hosil olish.
Parvarishlash.
Ertagi kartoshka yeming tabiiy namiga unib chiqadi, kechki kartoshka ekilgan kuni sug„orilishi maqsadga muvofiqdir. Ertagi kartoshka ekilgach 25-30 kundan so„ng unib chiqadi, bu muddatda u ekilgan maydonda begona o'tlar ham unib chiqadi, ulami yo„qotish uchun 1-2 marta setkali borona yoki tishli yengil borona bilan boronalanadi. Kartoshaning unib chiqishini tezlatish uchun u ekilgan, egat ustiga chirigan go„ng yoki qora rangli plyonka yopish maqsadga muvofiqdir. Kartoshka poyasi egatni qoplagunga qadar 2-3 marotaba kultivatsiya qilinadi. Ertagi kartoshka o„suv davrida 1 yoki 2, kechki si esa 2 marta chopiq qilinadi. 0„simlik bo„yi 15-20 sm boiganda birinchi marta, gullash davrida ikkinchi marta chopiq qilinadi. Bundan tashqari, kartoshka tuganagidan o'sib chiqqan o„simtasini ekish hamda ko„zchalarini 10-12 g eti bilan o„yib olib, ekib yetishtirish mumkin. Sug'orish soni, kartoshka yetishtirish muddati va yer osti sizot suvlarining chuqur yoki yuza joylashishiga ko„ra aniqlanadi. Ertagi kartoshkani sug„orish aprelning ikkinchi yarmidan boshlanadi. U hosil to„plash davri boshlanguncha 10 kunda bir marta, so„ng 4-6 kunda bir marta sug'oriladi. Kartoshka o'sish davrida yer osti sizot suvi yaqin joylashgan maydonlarda 4-7, chuqur joylashgan yerlarda esa 8-9 marta sug„oriladi. Kechki kartoshka ekilgan kuni sug'oriladi. 0„suv davrida har 8-10 kunda bir marta sug'oriladi va sug'orish hosilni yig'ishga 2-3 hafta qolganda to'xtatiladi. Kechki kartoshka yer osti sizot suvi yuza joylashgan maydonlarda 7-10 marta, chuqur joylashgan yerlarda esa 10-12 marta sug'oriladi. Kartoshkadan ikki marta hosil olish. Markaziy Osiyoda kartoshka yetishtirishda istiqbolli usullardan biri, erta bahorda ekilgan kartoshka hosili yoz oyi boshlaridan yig„ishtirib olinib, shu kartoshkani yana qayta ekishdir. Bu usulda yetishtirish uchun kartoshkani ayrim navlari yaroqlidir. Jumladan, «Priekul ertagisi», «Belorussiya ertagisi» va 276 «Zarafshon» navlaridir. Ertagi kartoshka hosil yig„ishtirilayotgan vaqtida vazni 60 g dan 120 g gacha bo„lgan usti silliq, shu navlarga xos ko„rinishga ega bo„lgan tuganaklar ajratib olinadi. Yangi kavlab olingan tuganaklami yozda ekishni ishlab chiqarishga joriy qilish urugiik kartoshkani qish, bahor oylarida uzoq muddat saqlashga zarurat qolmaydi va shu tufayli uni saqlash vaqtida nobud boiishi ham bartaraf qilinadi. Bundan tashqari, yangi kavlab olingan tuganaklami yozda ekish kartoshka aynishiga qarshi kurashning eng yaxshi vositasi va tezpishar nav kartoshka urug„chiiigining samarali usuli hisoblanadi. Yangi kavlangan tuganaklar surunkali ravishda ekilaversa, ularning o„sish qobiliyati kuchayadi va hosildorligi ham ancha oshadi. Markaziy Osiyodagi ilmiy-tekshirish muassasalarida olib borilgan ko„zatishlardan yangi kavlangan kartoshka tuganaklari tarkibida eriydigan uglevodlar boiishi, tuganaklar undirilayotgan muhitning semamligi va ularga havoning yaxshi kirib turishi tuganaklarning unishi uchun zaruriy sharoit ekanligi aniqlangan. Lekin qisqa (12-24 soat) muddatli anaerob muhit ham yangi kavlangan tuganaklarning o„sishi uchun omil boiadi. Toshkent davlat agrar universitetining “Mevachilik, sabzavot- chilik va uzumchilik” kafedrasi xodimlari uzoq tanlash yoii bilan «Korenevskiy» nav kartoshkadan yiliga ikki marta hosil olishga muvaffaq boidilar. Ikki marta hosil olish uchun yetishtirilayotgan kartoshka hosili tuganaklari dumbul (toiiq yetiiishidan oldin) davrida kavlab olingani maqsadga muvofiqdir. Chunki, toiiq yetil- magan tuganaklar tarkibida toiiq у etilgan tuganaklarga nisbatan shakarga aylanadigan uglevodlar ko„p boiadi. Shuning uchun ular ekilgandan so'ng tez kunda unib chiqadi. Yangi kavlangan tuganaklarning tinim davrini qisqartirib, yerdan unib chiqishini tezlatuvchi turli xildagi fizikaviy va kimyoviy usul qoilaniladi. Jumladan, yangi kavlab olingan tuganaklar 10-15 kun soiitiladi, keyin ikki uch boiakka ajratilib (kesilib), yengil qumoq tuproqli yerda pushtalarda undiriladi. Tuganaklar undirilayotgan davrida har kuni suv sepib turiladi. Pushtalardagi tuganaklar unishiga qarab tanlab olinib, dalaga ekiladi. Yangi kavlab olingan tuganaklarga etilen xlorgidrin tiomo- chevina preparati ta‟siri sinab ko„rilganda u ijobiy natija berdi. 277 Tuganaklar ana shu preparatning 2% li eritmasiga solib olinadi va 8 - 15 soat mobaynida uyilgan holda dimlanadi, keyin dalaga ekiladi. Respublikamizning ayrim fermer xo„jaliklarida yangi kavlab olingan tuganaklami tinim davrini o„tkazish uchun tiomochevinadan ham foydalanadilar. Toshkent davlat agrar universitetida o„tkazilgan tajribalar tuganaklami tiomochevina bilan (2% li tiomochevinaning har bir litriga 1-2 mg giberellin qo„shib) dorilash ham yaxshi natija berishini ko„rsatdi. Biroq yangi kavlab olingan tuganaklami tinim davridan chiqarish davrida qo„llaniladigan fizikaviy va kimyoviy usullar ortida sarf-xarajat talab etadi, bundan tashqari, bu usullar kartoshkani barcha navlarida ijobiy natija beravermaydi. Shuning uchun tinim davri juda qisqa bo„lgan va ikki marta hosil beradigan navlardan foydalanish maqsadga muvofivdir. Yangi kavlab olingan tuganaklar oziq-ovqat maqsadida iyun oyi o'rtalarida, urugiik uchun yetishtiriladiganlari esa iyul oyi boshlarida ekilishi kerak. Yangi kavlab olib ekilgan tuganaklar 30-32 kundan so„ng “unib chiqadi. Bu davrda egatlar doim zaxlatib (har 4-5 kunda bir marta) sug„orilib turilishi kerak. Bu yuqori namlik kartoshka ekilgan maydonlarda begona o'tlaming ko„p miqdorda hosil bo'lishiga va ulardan tozalash uchun qo„l mehnati, gerbitsidlar sarf qilishni talab etadi. Yangi kavlab ekilgan tuganaklardan hosil yetishtirishni navbatdagi texnologiyasi oddiy usulnikiga o„xshashdir. Respublika- miz bo'yicha yangi tuganaklardan ekib olinadigan kartoshka hosili gektariga o'rtacha 100-120 sentnemi tashkil etadi. Takrorlash uchun savollar: 1. Kartoshka kelib chiqishi, dunyo mamlakatlari va O'zbekis- tondagi ekin maydoni qancha gektami tashkil etadi? 2. 0„zbekistonda kartoshka hosildorligi o'rtacha necha s/ga ni tashkil etmoqda? 3. Tuganakmeva shakllanish jarayoni qanday kechadi? 4. Kartoshkani issiqlik va suvga bo'lgan talabi? 5. Oziqa elementlariga talabi? 6. O'zbekistonda kartoshka ekish muddatlari? 7. Kartoshka tuganaklarini ekish usuli va me‟yori qancha? 278 8. Nima uchun kartoshkani tez-tez sug'orib turish talab etiladi? 9. Kartoshkaning aynishi deganda nimani tushunasiz? 10. Kartoshka hosili qanday yig„ishtirib olinadi? Pedagogik texnologiya “BBB” texnologiyasi Mavzu matnini o„qib chiqib, olingan ma‟lumotlarni induvidual sohalarga ajrating. Qadam bilan qo„yilgan belgilar asosida BBB jadvalini toidiring: BBB jadvali № Mavzu savollari Bilaman Bilishni istayman Bilib oldim 1 2 3 5.2. Batat Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling