X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Yetishtirish texnologiyasi
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
Yetishtirish texnologiyasi.
Batat o'simligi poya qalamcha- laridan ko'payadi. Uning tuganagi undirilsa 50 dan ortiq o'simta beradi, o'simta berish muddati 45-60 kun davom etadi. O'simta- laming pastki qismida (asosida) mayda ildizlar hosil qiladi va ular 280 yuiingan holda tuproqqa o'tkazilganda tezda tutadi. Batatni poyasi qalamcha holida yoki bargi tuproqqa ekilsa, yaxshi tutadi va o'sadi. Batat quyidagi usulda ko'paytiriladi: vazni 200-250 gramm bo'lgan tuganaklar fevral-mart oylarida pamik yoki issiqxonada nam qumga ko'mib so„ng undira boshlanadi, Tuganak tezda o„simta hosil qiladi va o„simta 4-5 bo'g'inlarga bo„linib, balandligi 15 sm ga yetgan vaqtida ona tuganakdan sindirib chirindi aralashmalari tuproqqa (pikirovka) qilinadi. Ko„karib chiqqan o„simliklami sindirib olish bir necha marta takrorlanadi va bu may oyigacha takrorlanadi. Ko'chat qilingan ni- hollar yaxshi ildiz otib o„sa boshlangandan so'ng, uni yuqori qismidan poyalari qalamcha qilib kesib olinadi va yana ko'chat qilinadi. Ko„p o„simta va qalamcha olish ona tuganakni erta undirishga bog„liqdir. Mart oyi boshida undirishga quyilgan 100 kg ona tuganaklardan 15-20 ming donagacha ko„chat olish mumkin. Ko„chat qilingan o'simta va qalamchalami aprel oxiri va may oyi boshida ochiq dalaga ekiladi. Batatni ochiq dalaga ekilganidan so'ng hosil bo'lgan poyalarini ham qalamcha qilib ekish mumkin. Ammo, bunda hosildorligi keskin kamayib ketadi. Batat ochiq dalaga qator orasi 70-80 sm va tup oralig'i 30-40 sm qilib ekiladi. U o'suv davrida qator orasi bir 30-rasm: 1-batat tuganakmevasi: 2-batat o'simligi. 281 ikki marta kultivatsiya qilinadi, bir marta chopiladi, oziqlantiriladi va 12- 14 marta sug'oriladi. Batat hosili kuzgi sovuq tushguncha (sentabr oxiri - oktabr boshlari) yig'ishtirib olinadi. Hosil yig'ishdan oldin palagi o„rib olinadi. Kavlab olingan batat tuganaklari qutilarga joylanib omborlarda saqlanadi. U saqlanadigan ombor isitiladigan bo'lishi kerak. Tuganaklar qishda saqlanishga quyilishidan oldin 25-30 °C issiqda 7- 10 kun mobaynida bir oz so'litib olinadi, so'ng harorat 10-12 °C ga tushirib saqlanadi. Markaziy Osiyoning janubiy tumanlarida ochiq dala sharoitida tuganaklami biroz quritish va so'litish ham mumkin. Bunday sharoitda batatdan o'rtacha gektaridan 20-30 tonna hosil olinadi. Takrorlash uchun savollar: 1. Batatning xalq xo'jaligidagi ahamiyati? 2. Kelib chiqishi va tarqalishi? 3. Tashqi muhit omillariga ta‟siri? 4. Batat ekishda maqbul harorat? 5. Batatning hosildorligini oshirishda qaysi omillarga e‟tibomi qaratish talab etiladi? 6. Batat tuganaklarini maqbul ekish muddati? 7. Batat tuganaklarini ekish usullari? 8. Batat tuganaklarini ekish me‟yori qancha? 9. Batatni yetishtirishda qanday muammolar bo'lishi kuzatiladi? 10. Batat hosili qanday yig'ishtirib olinadi? 5.3. Topinambur Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling