X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Kartoshka urug*ini ekishga tayyorlash
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
Kartoshka urug*ini ekishga tayyorlash
. Kartoshka yetishtirish, ayniqsa, navga xos boigan tuganaklarni ajratib olish hamda ayniganlarini va ipsimon o„simta berganlarini esa brak qilish katta ahamiyatga egadir. Urug„!ik uchun tuganaklar uch xilga ajratiladi: 25-50, 50-90 va 90 grammdan ortiq. 90 g tuganaklar ko„zlarini joylashishiga ko„ra ikkiga bo„lib ekiladi. Kesilgan urugMarga ekilishidan oldin ularga TMTD preparati sepiladi, bunda 1 tonna kesilgan urug„ga 3,0-3,5 kg preparat sepilishi kerak. Yoz muddatida 274 ekiladigan kartoshka tuganaklari kesilmaydi, chunki yuqori harorat ta‟sirida ular chirib ketadi. Ertagi kartoshka pishishini tezlashtiradigan va hosildorligini oshiradigan samarali usullardan biri, kartoshka tuganaklarini yorug„ xonalarda 12-13 °C da, tezpishar navlarini 20-25 kunda va o'rta- pisharlarini esa 30-35 kunda undirishdan iboratdir. Bu quyidagicha bajariladi: xonadagi so„kchalarga kartoshka tuganaklari ikki qator qilib terib qo„yiladi yoki 10-12 kg. li yuza qutilar bo„lmasa tuganaklami 10- 12 kg sig„adigan polietilen qopchalarni 10-15 sm yeridan 3sm uzunlikda kesib, unga solib ham undirish mumkin. Agar kartoshkani undirish uchun xona mavjud bo'lsa, tuganaklami ochiq maydonda plyonka ostida qutilarda yoki polietilen qop- chalarda undirish ham mumkin. Yuqoridagilardan tashqari ertagi kartoshka urug„ini undirish davrida haroratni 8-10 kun mobaynida 18- 20 °C gacha oshirib, so'ng 2-3 soat mobaynida 30-35 °C gacha ko'tarish ijobiy natija beradi. Ertagi kartoshka urug 4 ini nur o„tkazadigan polietilen qopcha- larda (qopcha usti 8-10 joyidan 2-3 sm uzunlikda kesib qo'yilishi kerak) ochiq maydonda, uni ustiga plyonka yopgan holda undirish ham ijobiy natij a beradi. Yozda ekiladigan kartoshka urug„ini ekishga tayyorlashni asosiy omillaridan biri, u ham bo'lsa ko'kargan ko'zlari 8-10 sm ga yetgandan so'ng ulami sindirib olib tashlashdi. Ko'kargan ko'zlarini sindirish so'ngi marotaba kartoshka ekilishiga 1,5- 2 hafta qolganda amalga oshirilishi kerak. Bunda tuganaklar ekilguniga qadar, ularda yangi ko'zlar nish uradi va yerdan tez unib chiqadi. Bahor va yoz faslida kartoshka ekilishidan oldin tuganaklari o'sishini boshqaruvchi moddalar giberellin 0,5 mg/1 va TUR 500 mg/1 eritmasiga solib, so'ng ekilsa ijobiy natija beradi. Kartoshkani ekish. Ekish usuli va chuqurligi tashqi muhitga va sharoitga bog'liq. Bahorda kartoshka 6-8sm, yozda 10-12 sm chuqurlikka ekiladi. Kartoshka keng qatorlab ekiladi. Qator oralari 60, 70, 90 sm bo'ladi, o'simliklaming orasi 15-40 sm, o'simliklar tup soni 41,4-47,6 ming/ga bo'ladi. Oxirgi yillari kartoshkaning ekish sxemasi 70x20-25 sm yoki 90x15-20 sm bo'lib, tup soni 55- 74 ming/ga ni tashkil qiladi. Kartoshkani ekishda maxsus texnika, ya‟ni ikki qatorlab ekadigan KS-2 hamda to'rt qatorlab ekadigan KS-4 texnikadan 275 foydalaniladi. Bu texnika yordamida 70 va 90 sm kenglikda sug'orish uchun egatlar olinadi. Tuganakmevalar bu texnikada 10- 18 sm chuqurlikka ekiladi. Ekish uchun Rossiyadan ishlab chiqarilgan SN -4B-2 va SKS-4 kartoshka ekadigan seyalkalarda ekiladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling