X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Ahamiyati.
Batat shirin kartoshka, oziq-ovqat va yem-xashak 
sifatida ishlatiiadi. Batat oziq-ovqatda, uni non yopishda qisman 
qo„llanadi, konditer sanoatida, pivo tayyorlashda, spirt va qand ishlab 
chiqarishda ishlatiiadi.
Batat tuganagi tarkibida 69,1% suv, 1,7% azotli moddalar, 1,7% 
kletchatka, 26,4% azotsiz moddalar, 1,18% kul moddasi bor. Batat 
tarkibidagi azotsiz ekstraktiv moddalaming asosiy qismini kraxmal 
tashkil etib, uning miqdori 14,3-25,6%, qand esa mono- saxarid va 
saxaroza ko„rinishida bo„lib, u 1,4-6,1% ni tashkil etadi.
Batat chorva mollari ga yangi ligicha, siloslangan va pishirilgan 
holda beriladi. Ko„katining tarkibida 2,1% oqsil, 9,5% azotsiz moddalar, 
0,8% moy, pichanida esa 12,5% oqsil, 55,8% azotsiz moddalar va 4,9% 
moy boMadi.
Vatani Amerikaning tropik mintaqasi, hozir ham bu yerda yov- 
voyi turlari mavjud. Qadimdan Gavaye orollarida, Xitoyda ekilgan. 
So„ngra Afrikada ekila boshiagan. Boshqa tuganakmevali ekinlar
279


bilan birga dehqonchilikda ekilgan, ammo to„liq hisob-kitob qilin- magan. 
Hozirgi vaqtda batat Hindistonda, Xitoyda, Janubiy Ameri- kada 
ekilmoqda. 0„zbekistonda bu ekin tadqiqot qilinib, ayrim fermer 
xo'jaliklarida ekiiganda, gektaridan 25-40 t/ga hosil olingan.
SistematikasL
Batat 
pechakguldoshlar 
oilasiga 
mansub- 
Connolvulaccae, Ipomoea avlodiga kiradi. Bu avlod 400 dan ortiq turni 
o„z ichiga olgan. Ammo faqat bir madaniy turi ekiladi- Ipomoea datatas 
Lam. Bu ko„p yillik o„simlik.
Ildizi o„q ildiz bo„lib ko„p shoxlanadi, yon shoxlari yo'g'on- lashib 
tuganakmevaga aylanadi. Tuganakmevasming yuzasi tekis, goho g'adir-
budir.
BiologiyasL
Batat chetdan changlanadi. Batat tropik mintaqasida 
ko„p yillik ekin, subtropik va mo„tadil iqlim sharoitida bir yillik ekin 
hisoblanadi. O'suv davri 5-6 oy davom etadi. Batat issiqsevar o'simlik, 
uning o'sishi va rivojlanishi 30-35 °C da o'tadi. Harorat 10 °C boiganda 
o„sishdan to'xtaydi.
Bargi 0-2 °C da, poyasi -2-3 °C da, ildizmevasi -2 -4 °C sovuq 
haroratda nobud boiadi. Batat yorug„sevar qisqa kun o'simligi, umuman 
qurg'oqchilikka chidamli, ammo o'suv davrining dastlabki 2-3 oyida 
suvga talabchan boiadi. O'suv davrining oxirida, hosilni yig'ishga 2 oy 
qolgan davrda kam sug'oriladi.
Tuproq muhitiga talabchan emas. Ildizi yaxshi rivojlanganligi uchun 
tuproqning chuqur qatlamlaridan suv va oziq elementlarini o'zlashtira 
oladi. Batat uchun sizot suvlari chuqur joylashgan tuproqlar xosdir. 
Tuproq muhiti pH 5,2-6,7 boiishi kerak. Oziq elementlaridan kaliyni ko'p 
o'zlashtiradi, fosforni kaliyga nisbatan kam o'zlashtiradi. Azot o'sis hni 
keskin faollashtiradi, ammo hosilning sifati pasayadi.
O'suv davri bo'yicha navlar 2 guruhga boiinadi: 1) ertapishar
4- 6 oy, 2) kechpishar 6-9 oy. Tuganakmeva mag'izining rangi oq, sariq, 
qizil, tuganakmeva shirali yoki shirasiz, suvli yoki dag'al suvsiz boiadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling