X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
0„g„itlash.
Kartoshka organik va mineral o„g„itlarga talabchan o„simlikdir. Azot uning palagini yaxshi o'sishiga va hosildorligining ko„payishiga ta‟sir etadi. Azot me‟yoridan ortiqcha beri Isa, uning yetilishini kechiktiradi, tuganakdagi kraxmalni kamaytiradi, hosilni saqlanishini susaytiradi hamda aynigan va yorilgan tuganaklar miqdorini ko'paytiradi. Fosfor poyasini o„sishdan to'xtatadi, ildizini yaxshi rivojlan- tiradi, kartoshka yetilishini tezlashtirib, tuganaklardagi kraxmal miqdorini ko„paytiradi. Kaliy o'simlik tomonidan azot va fosfomi o„zlashtirishni yaxshilaydi, ildiz qismini rivojlantirishga ijobiy ta‟sir ko„rsatib turli xildagi zamburug 4 kasalliklariga hamda qurg„oqchi- likka va past haroratga chidamliligini oshiradi. 273 0„zbekistonning sug'oriladigan tuprog„i tarkibida azot va fosfor juda kamdir, shuning uchun bu mineral o„g„itlami yetarli miqdorda to„laligicha tuproqqa solish kartoshkaga ijobiy ta‟sir ko'rsatadi. Ozuqa elementlari kam bo„lgan tuproqlarga go„ng va kompost solib so„ng kartoshka ekilsa, uning hosildorligi keskin ko„payadi. Organik va mineral o„g„itlami birgalikda qo„llash kartoshkaga ijobiy ta‟sir etadi. Ko„p yillar mobaynida foydalanib kelinayotgan bo„z tuproqlarda kartoshka yetishtirilsa quyidagi miqdorda mineral o„g„itlar berish tavsiya etiladi (ta‟sir qiluvchi modda kg/ga): ertagi kartoshkaga azot-120-150, fosfor-80-100, kaliy-60, kechki kartoshkaga- 200-225, 150-160 va 90- 100; o„tloqi tuproqlarda ertagi kartoshkaga azot va fosfor-100-120, kaliy- 50-60, kechki kartoshkaga esa azot va fosfor-150-180, kaliy-70-80 kg/ga dan berilishi kerak. Organik o„g„itdan gektariga 20-40 tonna berilsa, azot hamda fosfor o„g„itlari miqdori-20-30%, kaliy o„g„itniki esa-50-70% kamaytiriladi. Organik hamda kaliyli o„g„itlami to„laligicha, fosfomi esa 70- 80% yerni shudgorlashdan oldin solish kerak. Fosforning qolgan qismi (25 - 30%) kartoshka ekilish davrida beriladi. Ertagi kartoshka ekilishi davrida egat tubiga azot o„g„itining 20% ni solib, so„ng ekilsa, u yaxshi natija beradi. Bu o„g„itni qolgan qismi kartoshka g„unchalash davrida beriladi. Mikroelementlar (bor, molibden, marganes va boshqalar) ham kartoshka hosildorligini oshiradi. Buning uchun mikroo„g„itlarni 0, 01-0,05% eritmasi bilan tuganaklar namlanadi yoki o„simliklar bargidan oziqlantiriladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling