X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziqaga talabi.
Suvga boigan talabi.
Kartoshkaning vatani hisoblangan Chili dengiz bo„yi hududlari iqlimi yumshoq, salqin, sernam, tuprogi kaliyga boy. Tuganaklarning hosil boiishi seryogin (300 mm. dan ortiq), havoning nisbiy namligi yuqori (75% va undan ziyod) boigan sharoitda o'tadi. Shuning uchun kartoshka o'simligi tuproq namligiga talabchandir, ammo uning tuproq namligiga boigan talabi o'sish va rivojlanish davrlarida turlicha boiadi. Kartoshka hosil to'plash davomida namlikka juda talabchan bo'ladi. Atmosferaning quruqligi kartoshkaning meva hosil qilishiga juda yomon ta‟sir qiladi, ya‟ni gul va inevalarni to'kib yuboradi. Ammo, tuproqdagi namlik 70-85% boisa, havoning quruqligi kartoshkaga poyalari o'sishiga va tuganaklar hosil bo'lishiga unchalik kuchli ta‟sir etmaydi. Yosh nihollar rivojlanishning dastlabki paytlarida tuproq namligiga unchalik katta ehtiyoj sezmaydi, lekin gullash, tuganak hosil qilish davrida namlikka boigan talabi keskin oshadi. Bu davrda tuproqda nam bo'lmasa, oziq moddalaming tuganaklarga kelishi to'xtaydi, natijada tuganaklarning o'sishi kechikadi yoki butunlay o'sishdan qoladi. Yomgir yoqqandan yoki ekin sug'orilgandan keyin shakllangan tuganaklar ikkilamchi o'sa boshlaydi, ya‟ni bolalaydi. Bunda bolachalar va stolonlarda shakllanmagan tuganaklar paydo boiadi. Kartoshka namlikka talabchan boiishi bilan birga, qurg'oq - chilikka ham nisbatan chidamlidir. Qurg'oqchilik - tuproq va havo namligi yetishmasligi boshlanishi bilan kartoshka tuganaklari hosil 269 qilishdan to„xtaydi, ammo u nobud boimaydi. Qurg„oqchilik o„tib ketgandan so„ng u tuganak hosil qiiishni davom ettiradi, bunda hosildorligi keskin kamayib, uni sifati pasayadi. Oziqaga talabi. Kartoshka tuproqdagi oziq mineral moddalarga nisbatan talabchandir. Bir tonna tuganakmeva va tegishli poya-barg yetishtirish uchun 6,2 kg azot, 2 kg fosfor va 8 kg kaliy, jami 16,2 kg sarflaydi. Kartoshka donador, yumshoq, havo aeratsiyasi yaxshi tuproqlarda ko„p hosil beradi. Mexanik tarkibi og„ir, bo„z tuproqlarda, yengil qumoq va qumloq tuproqdagi larga nisbatan yomon o„sadi, bunday yerlarda mo„l va sifatli hosil yetishtirish uchun ekishdan oldin yerni yumshatib turish kerak. Kartoshka sho„r yerlarda yaxshi o„smaydi, unga xlorli tuzlar salbiy ta‟sir etadi. Tuproq tarkibidagi xlor 0,015-0,020% dan ko„p boisa, hosildorlik sezilarli darajada kamayadi, 0,05-0,07% boiganda esa tuganaklar deyarli hosil boimaydi. Shuning uchun sho„r yerlarda kartoshka yetishtirishda tegishli meliorativ tadbirlami amalga oshirish zarur. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling