X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- SistematikasL
Ahamiyati.
Batat shirin kartoshka, oziq-ovqat va yem-xashak sifatida ishlatiiadi. Batat oziq-ovqatda, uni non yopishda qisman qo„llanadi, konditer sanoatida, pivo tayyorlashda, spirt va qand ishlab chiqarishda ishlatiiadi. Batat tuganagi tarkibida 69,1% suv, 1,7% azotli moddalar, 1,7% kletchatka, 26,4% azotsiz moddalar, 1,18% kul moddasi bor. Batat tarkibidagi azotsiz ekstraktiv moddalaming asosiy qismini kraxmal tashkil etib, uning miqdori 14,3-25,6%, qand esa mono- saxarid va saxaroza ko„rinishida bo„lib, u 1,4-6,1% ni tashkil etadi. Batat chorva mollari ga yangi ligicha, siloslangan va pishirilgan holda beriladi. Ko„katining tarkibida 2,1% oqsil, 9,5% azotsiz moddalar, 0,8% moy, pichanida esa 12,5% oqsil, 55,8% azotsiz moddalar va 4,9% moy boMadi. Vatani Amerikaning tropik mintaqasi, hozir ham bu yerda yov- voyi turlari mavjud. Qadimdan Gavaye orollarida, Xitoyda ekilgan. So„ngra Afrikada ekila boshiagan. Boshqa tuganakmevali ekinlar 279 bilan birga dehqonchilikda ekilgan, ammo to„liq hisob-kitob qilin- magan. Hozirgi vaqtda batat Hindistonda, Xitoyda, Janubiy Ameri- kada ekilmoqda. 0„zbekistonda bu ekin tadqiqot qilinib, ayrim fermer xo'jaliklarida ekiiganda, gektaridan 25-40 t/ga hosil olingan. SistematikasL Batat pechakguldoshlar oilasiga mansub- Connolvulaccae, Ipomoea avlodiga kiradi. Bu avlod 400 dan ortiq turni o„z ichiga olgan. Ammo faqat bir madaniy turi ekiladi- Ipomoea datatas Lam. Bu ko„p yillik o„simlik. Ildizi o„q ildiz bo„lib ko„p shoxlanadi, yon shoxlari yo'g'on- lashib tuganakmevaga aylanadi. Tuganakmevasming yuzasi tekis, goho g'adir- budir. BiologiyasL Batat chetdan changlanadi. Batat tropik mintaqasida ko„p yillik ekin, subtropik va mo„tadil iqlim sharoitida bir yillik ekin hisoblanadi. O'suv davri 5-6 oy davom etadi. Batat issiqsevar o'simlik, uning o'sishi va rivojlanishi 30-35 °C da o'tadi. Harorat 10 °C boiganda o„sishdan to'xtaydi. Bargi 0-2 °C da, poyasi -2-3 °C da, ildizmevasi -2 -4 °C sovuq haroratda nobud boiadi. Batat yorug„sevar qisqa kun o'simligi, umuman qurg'oqchilikka chidamli, ammo o'suv davrining dastlabki 2-3 oyida suvga talabchan boiadi. O'suv davrining oxirida, hosilni yig'ishga 2 oy qolgan davrda kam sug'oriladi. Tuproq muhitiga talabchan emas. Ildizi yaxshi rivojlanganligi uchun tuproqning chuqur qatlamlaridan suv va oziq elementlarini o'zlashtira oladi. Batat uchun sizot suvlari chuqur joylashgan tuproqlar xosdir. Tuproq muhiti pH 5,2-6,7 boiishi kerak. Oziq elementlaridan kaliyni ko'p o'zlashtiradi, fosforni kaliyga nisbatan kam o'zlashtiradi. Azot o'sis hni keskin faollashtiradi, ammo hosilning sifati pasayadi. O'suv davri bo'yicha navlar 2 guruhga boiinadi: 1) ertapishar 4- 6 oy, 2) kechpishar 6-9 oy. Tuganakmeva mag'izining rangi oq, sariq, qizil, tuganakmeva shirali yoki shirasiz, suvli yoki dag'al suvsiz boiadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling