X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Kartoshka urug*ini ekishga tayyorlash


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Kartoshka urug*ini ekishga tayyorlash
. Kartoshka yetishtirish, 
ayniqsa, navga xos boigan tuganaklarni ajratib olish hamda ayniganlarini 
va ipsimon o„simta berganlarini esa brak qilish katta ahamiyatga egadir. 
Urug„!ik uchun tuganaklar uch xilga ajratiladi: 25-50, 50-90 va 90 
grammdan ortiq. 90 g tuganaklar ko„zlarini joylashishiga ko„ra ikkiga 
bo„lib ekiladi. Kesilgan urugMarga ekilishidan oldin ularga TMTD 
preparati sepiladi, bunda 1 tonna kesilgan urug„ga 3,0-3,5 kg preparat 
sepilishi kerak. Yoz muddatida
274 


ekiladigan kartoshka tuganaklari kesilmaydi, chunki yuqori harorat 
ta‟sirida ular chirib ketadi.
Ertagi kartoshka pishishini tezlashtiradigan va hosildorligini 
oshiradigan samarali usullardan biri, kartoshka tuganaklarini yorug„ 
xonalarda 12-13 °C da, tezpishar navlarini 20-25 kunda va o'rta- 
pisharlarini esa 30-35 kunda undirishdan iboratdir. Bu quyidagicha 
bajariladi: xonadagi so„kchalarga kartoshka tuganaklari ikki qator qilib 
terib qo„yiladi yoki 10-12 kg. li yuza qutilar bo„lmasa tuganaklami 10-
12 kg sig„adigan polietilen qopchalarni 10-15 sm yeridan 3sm uzunlikda 
kesib, unga solib ham undirish mumkin. Agar kartoshkani undirish 
uchun xona mavjud bo'lsa, tuganaklami ochiq maydonda plyonka ostida 
qutilarda yoki polietilen qop- chalarda undirish ham mumkin. 
Yuqoridagilardan tashqari ertagi kartoshka urug„ini undirish davrida 
haroratni 8-10 kun mobaynida
18- 
20 °C gacha oshirib, so'ng 2-3 soat mobaynida 30-35 °C gacha 
ko'tarish ijobiy natija beradi.
Ertagi kartoshka urug
4
ini nur o„tkazadigan polietilen qopcha- larda 
(qopcha usti 8-10 joyidan 2-3 sm uzunlikda kesib qo'yilishi kerak) ochiq 
maydonda, uni ustiga plyonka yopgan holda undirish ham ijobiy natij a 
beradi. Yozda ekiladigan kartoshka urug„ini ekishga tayyorlashni asosiy 
omillaridan biri, u ham bo'lsa ko'kargan ko'zlari 8-10 sm ga yetgandan 
so'ng ulami sindirib olib tashlashdi. Ko'kargan ko'zlarini sindirish so'ngi 
marotaba kartoshka ekilishiga
1,5- 
2 hafta qolganda amalga oshirilishi kerak. Bunda tuganaklar 
ekilguniga qadar, ularda yangi ko'zlar nish uradi va yerdan tez unib 
chiqadi. Bahor va yoz faslida kartoshka ekilishidan oldin tuganaklari 
o'sishini boshqaruvchi moddalar giberellin 0,5 mg/1 va TUR 500 mg/1 
eritmasiga solib, so'ng ekilsa ijobiy natija beradi.
Kartoshkani ekish. Ekish usuli va chuqurligi tashqi muhitga va 
sharoitga bog'liq. Bahorda kartoshka 6-8sm, yozda 10-12 sm 
chuqurlikka ekiladi. Kartoshka keng qatorlab ekiladi. Qator oralari 60, 
70, 90 sm bo'ladi, o'simliklaming orasi 15-40 sm, o'simliklar tup soni 
41,4-47,6 ming/ga bo'ladi. Oxirgi yillari kartoshkaning ekish sxemasi 
70x20-25 sm yoki 90x15-20 sm bo'lib, tup soni 55- 74 ming/ga ni tashkil 
qiladi.
Kartoshkani ekishda maxsus texnika, ya‟ni ikki qatorlab ekadigan 
KS-2 hamda to'rt qatorlab ekadigan KS-4 texnikadan
275 


foydalaniladi. Bu texnika yordamida 70 va 
90
sm kenglikda sug'orish 
uchun egatlar olinadi. Tuganakmevalar bu texnikada 10- 18 sm 
chuqurlikka ekiladi. Ekish uchun Rossiyadan ishlab chiqarilgan SN -4B-2 
va SKS-4 kartoshka ekadigan seyalkalarda ekiladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling