X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Parvarishlash.
Ertagi kartoshka yeming tabiiy namiga unib chiqadi, 
kechki kartoshka ekilgan kuni sug„orilishi maqsadga muvofiqdir. Ertagi 
kartoshka ekilgach 25-30 kundan so„ng unib chiqadi, bu muddatda u 
ekilgan maydonda begona o'tlar ham unib chiqadi, ulami yo„qotish uchun 
1-2 marta setkali borona yoki tishli yengil borona bilan boronalanadi. 
Kartoshaning unib chiqishini tezlatish uchun u ekilgan, egat ustiga 
chirigan go„ng yoki qora rangli plyonka yopish maqsadga muvofiqdir. 
Kartoshka poyasi egatni qoplagunga qadar 2-3 marotaba kultivatsiya 
qilinadi. Ertagi kartoshka o„suv davrida 1 yoki 2, kechki si esa 2 marta 
chopiq qilinadi. 0„simlik bo„yi 15-20 sm boiganda birinchi marta, gullash 
davrida ikkinchi marta chopiq qilinadi. Bundan tashqari, kartoshka 
tuganagidan o'sib chiqqan o„simtasini ekish hamda ko„zchalarini 10-12 g 
eti bilan o„yib olib, ekib yetishtirish mumkin.
Sug'orish soni, kartoshka yetishtirish muddati va yer osti sizot 
suvlarining chuqur yoki yuza joylashishiga ko„ra aniqlanadi. Ertagi 
kartoshkani sug„orish aprelning ikkinchi yarmidan boshlanadi. U hosil 
to„plash davri boshlanguncha 10 kunda bir marta, so„ng 4-6 kunda bir 
marta sug'oriladi.
Kartoshka o'sish davrida yer osti sizot suvi yaqin joylashgan 
maydonlarda 4-7, chuqur joylashgan yerlarda esa 8-9 marta sug„oriladi. 
Kechki kartoshka ekilgan kuni sug'oriladi. 0„suv davrida har 8-10 kunda 
bir marta sug'oriladi va sug'orish hosilni yig'ishga 2-3 hafta qolganda 
to'xtatiladi. Kechki kartoshka yer osti sizot suvi yuza joylashgan 
maydonlarda 7-10 marta, chuqur joylashgan yerlarda esa 10-12 marta 
sug'oriladi.
Kartoshkadan ikki marta hosil olish.
Markaziy Osiyoda kartoshka 
yetishtirishda istiqbolli usullardan biri, erta bahorda ekilgan kartoshka 
hosili yoz oyi boshlaridan yig„ishtirib olinib, shu kartoshkani yana qayta 
ekishdir.
Bu usulda yetishtirish uchun kartoshkani ayrim navlari yaroqlidir. 
Jumladan, «Priekul ertagisi», «Belorussiya ertagisi» va
276


«Zarafshon» navlaridir. Ertagi kartoshka hosil yig„ishtirilayotgan 
vaqtida vazni 60 g dan 120 g gacha bo„lgan usti silliq, shu navlarga xos 
ko„rinishga ega bo„lgan tuganaklar ajratib olinadi. Yangi kavlab olingan 
tuganaklami yozda ekishni ishlab chiqarishga joriy qilish urugiik 
kartoshkani qish, bahor oylarida uzoq muddat saqlashga zarurat 
qolmaydi va shu tufayli uni saqlash vaqtida nobud boiishi ham bartaraf 
qilinadi. Bundan tashqari, yangi kavlab olingan tuganaklami yozda 
ekish kartoshka aynishiga qarshi kurashning eng yaxshi vositasi va 
tezpishar nav kartoshka urug„chiiigining samarali usuli hisoblanadi. 
Yangi kavlangan tuganaklar surunkali ravishda ekilaversa, ularning 
o„sish qobiliyati kuchayadi va hosildorligi ham ancha oshadi.
Markaziy Osiyodagi ilmiy-tekshirish muassasalarida olib borilgan 
ko„zatishlardan yangi kavlangan kartoshka tuganaklari tarkibida 
eriydigan uglevodlar boiishi, tuganaklar undirilayotgan muhitning 
semamligi va ularga havoning yaxshi kirib turishi tuganaklarning unishi 
uchun zaruriy sharoit ekanligi aniqlangan. Lekin qisqa (12-24 soat) 
muddatli anaerob muhit ham yangi kavlangan tuganaklarning o„sishi 
uchun omil boiadi.
Toshkent davlat agrar universitetining “Mevachilik, sabzavot- 
chilik va uzumchilik” kafedrasi xodimlari uzoq tanlash yoii bilan 
«Korenevskiy» nav kartoshkadan yiliga ikki marta hosil olishga 
muvaffaq boidilar. Ikki marta hosil olish uchun yetishtirilayotgan 
kartoshka hosili tuganaklari dumbul (toiiq yetiiishidan oldin) davrida 
kavlab olingani maqsadga muvofiqdir. Chunki, toiiq yetil- magan 
tuganaklar tarkibida toiiq у etilgan tuganaklarga nisbatan shakarga 
aylanadigan uglevodlar ko„p boiadi. Shuning uchun ular ekilgandan 
so'ng tez kunda unib chiqadi. Yangi kavlangan tuganaklarning tinim 
davrini qisqartirib, yerdan unib chiqishini tezlatuvchi turli xildagi 
fizikaviy va kimyoviy usul qoilaniladi. Jumladan, yangi kavlab olingan 
tuganaklar 10-15 kun soiitiladi, keyin ikki uch boiakka ajratilib (kesilib), 
yengil qumoq tuproqli yerda pushtalarda undiriladi. Tuganaklar 
undirilayotgan davrida har kuni suv sepib turiladi. Pushtalardagi 
tuganaklar unishiga qarab tanlab olinib, dalaga ekiladi.
Yangi kavlab olingan tuganaklarga etilen xlorgidrin tiomo- chevina 
preparati ta‟siri sinab ko„rilganda u ijobiy natija berdi.
277 


Tuganaklar ana shu preparatning 2% li eritmasiga solib olinadi va 8 - 15 
soat mobaynida uyilgan holda dimlanadi, keyin dalaga ekiladi. 
Respublikamizning ayrim fermer xo„jaliklarida yangi kavlab olingan 
tuganaklami tinim davrini o„tkazish uchun tiomochevinadan ham 
foydalanadilar.
Toshkent davlat agrar universitetida o„tkazilgan tajribalar 
tuganaklami tiomochevina bilan (2% li tiomochevinaning har bir litriga 
1-2 mg giberellin qo„shib) dorilash ham yaxshi natija berishini ko„rsatdi. 
Biroq yangi kavlab olingan tuganaklami tinim davridan chiqarish davrida 
qo„llaniladigan fizikaviy va kimyoviy usullar ortida sarf-xarajat talab 
etadi, bundan tashqari, bu usullar kartoshkani barcha navlarida ijobiy 
natija beravermaydi. Shuning uchun tinim davri juda qisqa bo„lgan va 
ikki marta hosil beradigan navlardan foydalanish maqsadga muvofivdir. 
Yangi kavlab olingan tuganaklar oziq-ovqat maqsadida iyun oyi 
o'rtalarida, urugiik uchun yetishtiriladiganlari esa iyul oyi boshlarida 
ekilishi kerak.
Yangi kavlab olib ekilgan tuganaklar 30-32 kundan so„ng “unib 
chiqadi. Bu davrda egatlar doim zaxlatib (har 4-5 kunda bir marta) 
sug„orilib turilishi kerak. Bu yuqori namlik kartoshka ekilgan 
maydonlarda begona o'tlaming ko„p miqdorda hosil bo'lishiga va ulardan 
tozalash uchun qo„l mehnati, gerbitsidlar sarf qilishni talab etadi. Yangi 
kavlab 
ekilgan 
tuganaklardan 
hosil 
yetishtirishni 
navbatdagi 
texnologiyasi oddiy usulnikiga o„xshashdir. Respublika- miz bo'yicha 
yangi tuganaklardan ekib olinadigan kartoshka hosili gektariga o'rtacha 
100-120 sentnemi tashkil etadi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Kartoshka kelib chiqishi, dunyo mamlakatlari va O'zbekis- 
tondagi ekin maydoni qancha gektami tashkil etadi?
2. 0„zbekistonda kartoshka hosildorligi o'rtacha necha s/ga ni 
tashkil etmoqda?
3. Tuganakmeva shakllanish jarayoni qanday kechadi?
4. Kartoshkani issiqlik va suvga bo'lgan talabi?
5. Oziqa elementlariga talabi?
6. O'zbekistonda kartoshka ekish muddatlari?
7. Kartoshka tuganaklarini ekish usuli va me‟yori qancha?
278 


8. Nima uchun kartoshkani tez-tez sug'orib turish talab etiladi?
9. Kartoshkaning aynishi deganda nimani tushunasiz?
10. Kartoshka hosili qanday yig„ishtirib olinadi?
Pedagogik texnologiya 
“BBB” texnologiyasi
Mavzu matnini o„qib chiqib, olingan ma‟lumotlarni induvidual 
sohalarga ajrating. Qadam bilan qo„yilgan belgilar asosida BBB 
jadvalini toidiring:
BBB jadvali

Mavzu savollari
Bilaman
Bilishni
istayman
Bilib
oldim
1
2
3
5.2. Batat

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling