X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Barglarning naychalanishi
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0„tmishdosh.
Barglarning naychalanishi.
Bu kasallik M virusi ta‟sirida hosil bo'lib, barglar o'rta tomir tomon buralib naycha shakliga kiradi. Kudryash (hurpak). Bu kasallik belgisi shuki, tupda poyalar soni (10-15 dona) ko'payib, barglar shakli o'zgarib ketadi. Shu bilan birga yuqori toq yonbarglari o'sib ketadi, poyasi esa kattalashadi. Bu tuganaklarning ko'rinishini ham o'zgartirib yuboradi. Shuning uchun urug'lik tuganaklar saralanib olinayotganda ayniganlarini ajratib tashlash, kasallikning oldini olishga imkon beradi. Kartoshka ekiniga zararkunandalardan simqurt, kuzgi tunlam, kolorado qo'ng'izi va qandalalar katta zarar yetkazadi. Yetishtirish texnologiyasi 0„tmishdosh. Kartoshka respublikamiz iqlim sharoitida tog'li va tog'oldi rayonlarda hamda daryolaming quyi gidromorf tuproqli zonlarida yaxshi o'sadi va rivojlanadi. Bu mintaqalar tuprog'i organik moddalarga boy va harorati nisbatan past bo'ladi. Bo„z va boshqa tuproqlar ham kartoshka yetishtirishga yaroqlidir. Kartoshka Markaziy Osiyoda odatda sabzavot yoki sabzavot yem- xashak almashlab ekish dalalarida o'stiriladi. Sabzavot almashlab ekishda karam, bodring, poliz ekinlari va ildizmevalilar piyoz hamda dukkakli don ekinlari kartoshka uchun eng yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi. Beda ham kartoshka o'simligi uchun yaxshi o'tmishdosh. Beda ekilgan maydon haydalgandan so'ng kechki muddatda ekiladigan kartoshkani ekish maqsadga muvo- 272 fiqdir. Chunki, iyun-iyuS oylarigacha beda ildizi va uni qoldiqlari chirib bo„ladi. Bedadan so„ng ertagi kartoshkani ekish yaxshi natija bermaydi, sabab chirib ulgurmagan beda ildizlaridan yana maysalar ko„karib chiqib kartoshkaga ishlov berishga xalal beradi va hosildorligini pasaytirib yuborishi mumkin. Kartoshkani surunkasiga 2-3-yil mobaynida bir dalaga ekish so„lish kasalligining ko„payib ketishiga sabab bo„ladi. Agar bir dalaga surunkasiga kartoshka ekish zarurati tug„ilsa, bunda, albatta, oraliq ekin sifatida kuzgi ko„k no„xat va shabdardan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Markaziy Osiyoda quyoshli kunlaming ko„p boiishi va sun‟iy sug„orishni keng qoilashnishi kartoshkani ertagi ekinlardan bo„shagan yerlarda takroriy ekin sifatida ekib, yuqori hosil olishga imkon yaratadi. Yerni ekishga tayyorlash Kartoshka ekiladigan yer kuzda chuqur (27-29 s m) qilib haydaladi. Bu yerlarga erta bahorda borona solinadi va ertagi kartoshka ekiladi. O'tloqi-botqoq yerlarda ertagi kartoshkani erta muddatda ekish uchun egatlar kuz faslida olib qo„yilgani. Bo„z tuproqlarda ham bu usulda ekish ijobiy natija beradi. Kartoshka takroriy ekin sifatida ekilsa, u ekiladigan yer haydalishdan oldin sug„oriladi, so„ng haydab va bir yo„la boronalanib so„ng ekiladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling