X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Tashqi muhitga talabi Issiqlikka talabi
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kartoshkaning
267
Tashqi muhitga talabi Issiqlikka talabi. Kartoshka past haroratii o„simlikdir. Shuning uchun tuganaklarning ko„karishi va o„simliklarning o„sishi uchun ko„pchilik navlarda 6-7 °C dastlabki harorat deb hisoblanadi. Tuganaklami yaxshi o„sishi uchun esa o„rtacha harorat 19-23 °C. Tuganak o'stirilayotgan vaqtida harorat 3- 5 °C va 31 °C dan yuqori boisa, u ko„karishdan to„xtaydi. Tuganaklar bir necha kun maboynida -1 °C va +35 °C harorat ta‟sirida boisa, ular zararlanadi va o'simtalar hosil qilmaydi. Ularga 5 -7 °C va 43-45 °C da qisqa muddatda ishlov berilsa zararlanmaydi. Kartoshka ildizidagi tuproq harorati 7 °C dan yuqori boisa hosil yaxshi rivojlanadi, Uning poyasi esa 5-6 °C da o„sa boshlaydi, jadal o„sish esa 17-22 °C da yuzaga keladi, harorat 40 °C dan osh- ganda esa o„sishdan to„xtaydi. Harorat -1-1,5 °C da kartoshkaning yer ostki qismi nobud boiadi. Tuganaklar -1-2 °C sovuqda muzlay- di, lekin salqin sharoitda uzoq saqlanadi -3-4 °C sovuqqa bardosh berishi mumkin. Harorat 18-21 °C boiganida kartoshkaning gullashi tez o„tadi, tuganaklari serhosil boiishi uchun eng qulay harorat 16-19 °C dan yuqori boisa, tuganaklaminig kattalashishi sekinlashadi va tuproq harorati 28 -29 °C yetganda tuganaklar umuman yiriklashmaydi. Assimilatsiya jarayoni uchun eng qulay harorat bundan oshib ketsa, fotosintez jarayoni sekinlashadi, 40 °C ga yetganda esa fotosintez assimilatsiya jarayoni to„xtaydi. Yuqori harorat ta‟sirida fotosintezning uzoq vaqt to„xtab qolishi natijasida kartoshka tuganaklari keyingi o„sish qobilyatini yo„qotadi. Yuqori harorat kartoshkaning irsiyatiga va sifatiga ham yomon ta‟sir ko„rsatadi, uning ko„pincha aynishiga, hosildorligining surinkasiga kamayishiga va tovarlik sifatining pasayishiga olib keladi. Kechki muddatda - yozda ekiladigan urugiik kartoshka saqlash vaqtida yuqori harorat ta‟sirida ko„plab nobud boiadi, ekiiganda yerda chirib ketadi. Natijada ekin ko„pincha siyrak chiqadi va hosil keskin kamayadi. Yuqori harorat ta‟sirida fotosintezning uzoq vaqt to„xtab qolishi natijasida kartoshka tuganaklari keyingi o„sish qobiliyatini yo„qotadi. Yuqori harorat kartoshkaning irsiyatiga va sifatiga ham yomon ta‟sir ko„rsatadi, uning ko„pincha aynishiga, hosildorligining 268 surunkasiga kamayishiga va tovarlik sifatining pasayishiga olib keladi. Kartoshkaning to„liq o'sib rivojlanishi va hosil to'plashi uchun (10 °C dan yuqori) ertapishar navlari uchun 1000-1400, kechpisharlar uchun esa 1400-1600 miqdorda harorat talab etadi. Kartoshka yorug„sevar o'simlik. Tuganaklari undirilayotgan vaqtda yorugiik yetarli boisa, rangi oq, mo„rt va tezda sinib ketadigan o'simta hosil qiladi. Kartoshka stoloni yorug„ sharoitda hosil boimaydi. Yorugiik yetarli boisa, poyalaming o„sishi, gullashi va tuganak hosil boiishi susayib, natijada hosildorligi pasayadi. Kartoshka o'simligi neytral fotoperiodizm uzun va qisqa kunda ham yaxshi rivojlanishi mumkin. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling