X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Sistematikasi. Kartoshka Solarium
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Solatium andigehum Jrn el Buk tetraploidli (2n-48) madaniy tur - Argentinada uchraydi. 2. Solarium leptostigma Zuz
264
Sistematikasi. Kartoshka Solarium tomatdoshlar Solartaceae oilasiga mansub boiib, bizning sharoitimizda tuberosum turi yetishtiriladi. Kartoshkaning boshqa turlari ishlab chiqarishda ekilmaydi, ammo seleksiya ishlarida qoilash mumkin, Bu quyidagi turlar: 1. Solatium andigehum Jrn el Buk tetraploidli (2n-48) madaniy tur - Argentinada uchraydi. 2. Solarium leptostigma Zuz tetraploidli tur, serkraxinalii, rak kasaliga chidamli. 3. Solanum phureja ef Buk, Solarium rubihi Juz et Buk diploidli (2n-24) turlar Janubiy Amerikada uchraydi. 4. Solarium demissum Lahdli yowoyi gaploidli (2n-72) tur - Meksikada uchraydi. 5. Solanum sto/ow/erwm-allotetraploidli tur, And tog 1 larida uchraydi. Madaniy kartoshka - tuganakmeva hosil qiladigan ko„p yillik o'simlik boiib, uning yer ustki qismi - barg va poyalari har yili o„sadi va nobud boiadi. BiologiyasL Kartoshka tuganaklari raoiadil iqlim sharoitida tuproqda saqlanmaydi, chunki sovuq harorat uni zararlaydi. Shuning uchun bu tuganaklar kuz faslida kovlab olinib, bahorda qayta ekiladi va xuddi bir yillik o'simlik sifatida o„stiriladi. Kartoshka vegetativ tuganagi, o„simtalari va qalamchalaridan ko'payadi. Bundan tashqari, kartoshka urugidan ham ko'payadi. Bu usulda ko'paytirish qiyin bo'lganligi uchun seleksiya ishlarida qoilaniladi. Havo harorati va namligi kartoshkaning gullash quvvatiga va urug' hosil qilishiga katta ta‟sir ko'rsatadi. Qurg'oqchil janubiy viloyatlarda shimoliy yoki tog'oldi salqin viloyatlardagiga qaraganda kartoshkaning gul va urugi sekin hosil boiadi. Tuganagi poya tuzilishi, yer osti poya (stolon)ning yo'g'onlashgan uchidir. Stolonlar kartoshka poyasining yer ostki qismidagi barg qoitig'ida hosil boiib, naviga qarab har xil o'zunlikda uchrashi mumkin. Ba‟zan barg qoitig'ida katta bo'lmagan yashil tuganaklar hosil boiadi. Bu poyaning pastki qismlarini zararkunanda (poya nematodasi) bilan kasallik yoki boshqa sharoitlar ta‟sirida shikastlanishi 265 natijasida sodir boiadi, bunda barglaridan yer ostki qismlariga, tuganaklariga fotosintez mahsulotlarining o„tishi qiyiniashadi. Stolonning tuganakka birikkan qismiga kindik deyiladi. Boshqa har qanday novda singari tuganaklar ham ustki tomonidan o„sadi. Shuning uchun tuganakning birmuncha yosh, lekin davr jihatidan qari boigan yuqori yarmisi bilan qari, lekin davr jihatidan yosh boigan pastki yarmini farq qilishi mumkin. 29- rasm. Kartoshka ekini. Tuganakning ustki qismida spiral shaklda joylashgan ko„z- chalar bor. Ko„zchalar tuganakni yuqori qismida ko„p va pastki kindik birikkan yarmida esa kam boiadi. Ko„zchada qoshcha-barg o„mi boiadi, ko„zchaning o„zida 3- 4 ta kurtak boiib, ular o„sib novda chiqaradi. Tuganakning yuqori qismidagi ko„zchalar eng oldin ko„karadi, bunga sabab tuganakning uchki qismida ko„p miqdorda erigan holatdagi oziq moddalar, ferment hamda auksinlar to„plangan boiishidandir. Pastki ko„zchalar sekinroq ko„karadi yoki butun lay o„smaydi. Pastki ko„zchalami o„stirish zarur boisa, uchki kurtaklar kesib tashlanishi kerak yoki tuganakni kundalangiga kesish kifoya. 266 Ko'zchalardagi kurtaklaming hammasi ham ко„karavermaydi. Odatda, faqat o„rtadagi eng baquvvat kurtak ko'karadi. Agar o'rtadagi kurtakning nishi zararlangan boisa, yonidagilardan biri ko„karadi. Bordiyu ikkinchi nish zararlansa, uchunchi ko„rtak o„sa boshlaydi. Tuganak sirtidagi hamma ko„zchalar olib tashlanganda, uning ichki to„qimalaridan qo„shimcha (adventiv) kurtaklar hosil bo'lishi mumkin. Kartoshka qorong'u joyda saqlanganida ko'karib ketib oq mo„rt o'simtalar, yorug„ joyda o'stirilganda esa yo„g„on, kalta yoki qo'ng'irqizil rangdagi o'simtalar hosil qiladi. Tuganaklar shakli yumaloq, cho„zinchoq va ovalsimon bo'ladi. Bu kartoshka naviga va u yetishtirilayotgan sharoitga ko'ra o'zgarib turishi mumkin. Tuganaklarning eti oq, sariq, qizil va zangori bo'ladi. Po'sti sariq, pushti, qizil och zangori yoki ko'k rangda. Tuganaklarning po'sti kartoshka naviga bog'liq bo'lib, u silliq, g'adur -budur yoki to'rsimon bo'lishi mumkin. Kartoshka tuganagi usti epidermis bilan qoplangan, pishib yetilganda u ко'chib to'kilib ketadi. Po'stloq o'z navbatida havo o'tkazmaydigan periderma bilan qoplanadi, Uning ustida po'kak qatlami hosil bo'lib, tashqi muhit ta‟siridan saqlaydi va shunday qilib kartoshka po'sti hosil bo'ladi. Tuganak nafas olish uchun uning ustida yasmiqchalar deb ataluvchi ko'plab teshiklari bo'ladi. Ichki qismi yirik, g'ovak parenxima hujayralaridan iborat bo'lib, ulami ichi oqsil moddalari va kraxmal donalari bilan to'lgan. Po'stloq ostida hosil qiluvchi to'qima (kambiy qatlami) bor. Tuganak ana shu kambiy hisobiga o'sadi. Tuganak shikastlanganda shilingan joyiga yondosh hujayrada suberin deb ataluvchi modda ajraladi, so'ngra kesilgan joy sirti bir necha qavat uzunchoq ingichka hujayradan iborat yara hosil qiladi. Kartoshka popuk ildizli bo'lib, ular poya bo'g'imlardan, ildiz (stolon) dan va poyaning yana tuganakka birikkan qismidan 3-5 ta dan guruh bo'lib o'sib chiqadi. Ildizlar asosan tuproqning yuza 60-70 sm qatlamiga joylashadi, ayrim ildizlar 150-200 sm chuqurlikkacha o'sib kiradi. Kartoshka tuganagi muhim biologik xususiyatga - tinim davri- ga ega, shuning uchun u kovlab olingandan so'ng tezda o'smaydi tinim davri turli navlarda turlicha bo'lib, u ko'pchilik navlarda 60 kundan ko'p vaqt talab etadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling