X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
Ahamiyati.
Kartoshka muhim oziq-ovqat, oziqbop texnik o„simlik bo„lib, o„ sim 1 ikshunoslikda yetishtiriladigan barcha mahsu- lotlar qatorida eng muhim o„rinlardan birini egallaydi. Kartoshka oziq-ovqat sanoatida katta ahamiyatiga ega. Shuning uchun u don mahsulotlaridan so„ng ikkinchi o'rinda turadi. Shu bilan birga chorva mollariga kartoshka tuganaklari xomligicha, siloslangan yoki bugiangan, palagi esa yangiligicha va siloslangan holda beriladi. Bundan tashqari, kartoshka tuganagi qayta ishlangan vaqtida chiqadigan chiqindi (barda, turpi) ham mollarga beriladi. Kartoshka tuganagini oziq-ovqatda ko„p ishlatishga sabab - uning tarkibida inson organizmi yaxshi o„z!ashtiradigan ugievodlar, oqsillar asosan, kraxmalning ko„pligi, С vitamini, mineral tuzlar, temir, kalsiy va boshqa moddalaming mavjudligidadir. Xom tuganagi tarkibida С vitamini miqdori 40% mg/ga yetadi. Kartoshkaning yosh poyasi tarkibida 84% mg/ga suv boiadi. Tuganagi tarkibi 75% suv va 25% quruq moddadan iboratdir. Quruq modda o„z navbatida 1% mineral birikma, 1% kletchatka, 1,2-3,0% oqsil, 0,7% aminokislota, kraxmal 14-22%, qand 0,9% pektin moddalar 0,7%, organik kislotalar-0,2%, yog„ 1% va boshqa moddalar 1,5% ni tashkil etadi. Tuganak tarkibida vitaminlardan: PP (0,57 mg,) Bi (0,11 mg), B 2 (0,06 mg), Вб (0,22 mg) mavjud boiib, С vitaminining esa eng ko„p miqdori 12 mg ni tashkil etadi va ayrim hollarda uning miqdori 40 mg ga yetadi. Yetilmagan yosh tuganaklar bu vitaminga juda boydir. Kartoshka ko„kimtir rangga ega boigan tuganaklarida zaharIi modda glyukoalkaloid, solanin (1-20 mg%) moddasi hosil boiadi. Bu zaharli modda ta‟siri uni pishirish vaqtida qisman yo„qotiladi. 263 Kartoshka — texnik ekin hisobianadi. Uni 1 tonna tuganagidan 112 litr spirt, 55 kg uglekislota, 0,39 litr sivush moyi, 1500 litr barda yoki 170 kg kraxmal, 80 kg glukoza va boshqa mahsulotlar olinadi. Kartoshka tuganagidan olinadigan spirt sifati jihatidan ancha yuqori turadi. Shuning uchun u farmatsevtika, atir-upa hamda aroq ishlab chiqarish sanoatida keng foydalaniladi. Undagi kraxmaldan konditer, mato to„qish va kolbasa ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Respublikamiz miqyosida kartoshka, asosan oziq-ovqat maqsadida yetishtiriladi. Yetishtirilgan kartoshkaning 25-30% urugiik sifatida foydalaniladi. Tarixi. Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika Kardilerlaridir, chunki And tog„i hududlarida va Tinch okeani sohillarida bu skinning ko„pgina yowoyi va yarim yowoyi turlari hozir ham o„sadi. Yevropaga (lspaniyaga) u XVI asming ikkinchi yarmida keltirilgan. Peyotr I Gollandiya safarida yurgan vaqtida XVII asr oxirida graf Sheremetevga kartoshka jo„natgan degan taxmin bor. Demak, kartoshka Rossiyaga XVII asr oxirida keltirilgan. Kartoshka asosan XIX asming ikkinchi yarmidan boshlab katta maydonlardan ekila boshlanadi. Kartoshkani qayta ishlaydigan sanoatning rivojlanishi natijsida uni yetishtirish tez rivojlandi. Markaziy Osiyoda, jumladan 0„zbekistonda kartoshka XIX asr o„rtalaridan keng tarqalgan. Yer yuzida 2013-yil kartoshka 19,5 mln. ga ekilgan, o„rtacha hosil 189,1 s/ga, yalpi hosil 368,1 mln t. ni tashkil qilgan. Kartoshka yetishtirish bo„yicha birinchi o„rin Yevropa minta- qasiga mansub boiib, u yerda 135-138 mln.t. hosil yetishtiriladi yoki dunyoda bu ekin ekiladigan maydonning 46-47% shu mintaqa o„zida mujassamlashtirgan. Yevropa mintaqasida Rossiya (32-35 mln.t.), Polsha (16-25 mln.t.), Ukraina (13-18 mln.t.), Germaniya (10-12 mln.t.), Belomssiya (8.0-8.5 mln.t.), Gollandiya (7-8 mln.t.) va Buyuk Britaniya (7 mln.t.) eng ko„p kartoshka ishlab chiqaradigan davlatlar boiib hisoblanadi. Mamlakatimizda so\nggi yillarda kartoshka ekin maydoni o„rtacha 70- 75 ming gektar boiib, hosildorligi 17,5-18,2 t/ga, yalpi hosili 1862,4-1902,5 ming t/ga yetgan. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling