X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Uchinchi guruh
- Don ekinlarining tuzilishi, o„sishi va rivojlanishi Donli ekinlarning ntorfologiyasi.
2. Ikkinchi guruh - tariqsimon ekinlar. Bu guruhda Poaseae oilasiga
mansub ekinlar: makkajo„xori, jo„xori (oqjo„xori) sholi, 10 www.FAOstat.fao.Org-2017 year. 71 tariq va Polygonaseae oilasiga mansub marjumak ekini kiradi, Bu ekinlarning belgilari: donida uzunasiga ketgan egatcha boimaydi, bittadan boshlang„ich ildiz rivojlanadi, gul to„plami ro„vak yoki so„ta. Ekiladigan navlari bahorgi, issiqsevar, qisqa kun o„simligi va qurg„oqchilikka chidamli (sholidan boshqasi) boiadi. 3. Uchinchi guruh - dukkakli don ekinlar. Bu guruh vakillari Fabaseae oilasiga mansub: no„xat, ko„k no„xat, loviya, yasmiq, bur- choq, mosh, soya kabi ekinlardir. Bu ekinlarning hammasi o„q ildizli, barglari murakkab, mevasi dukkak boiadi. Urugida oqsil modda ko„p boiadi. Biologik jihatdan dukkakli ekinlar xilma-xil boiadi. Don ekinlarining tuzilishi, o„sishi va rivojlanishi Donli ekinlarning ntorfologiyasi. Don ekinlari bir qancha umumiy morfologik belgilar bilan farq qiladi. Ildiz. Don ekinlarining ildizi popuk ildiz boiib, boshlangich va qo„shimcha (ikkilamchi) ildizlardan iborat. Boshlangich yoki murtak ildizlari murtakdan rivojlanadi. Bu ildizchalaming soni birinchi guruhga kiradigan don ekinlarida bir nechta boiadi: bug„doyda 3-5, arpada 5-8, sulida 3, javdarda 4 ta. Ikkinchi guruhga kiradigan ekinlarda (makkajo„xori, jo„xori, sholi, tariq) bittadan boshlangich ildizi rivojlanadi. Qo„shimcha (ikkilamchi) ildizlar poyaning yer osti bo„g„inidan tuplanish davrida o„sib chiqadi. Bu ildizlar ancha rivojlanib asosiy ildiz boiadi. Birlamchi ildizlar nobud boiib ketmaydi va 0„simliklarning hayotida muhim o„rinni egallaydi. Baland bo„yli don ekinlarida (makkajo„xori, jo„xori) poyaning yer ustidagi bo„g„inlaridan havo (tayanch) ildizlari o„sib chiqadi. Bu ildizlar o„simlikni tik o„sishiga va yotib qolmasligiga yordam beradi. Umuman donli ekinlarning ildizi tuproqda 1-2 metrgacha kirib boradi va tevarak atrofga 70-150 sm. gacha taraladi. Ammo ildizning asosiy qismi tuproqning haydalma qatlamida joylashadi. Poya. Don ekinlarining poyasi somon poya boiib, ichi kavak yoki g„ovak, o„zak bilan toigan boiadi. Poya bo„g„inlar bilan bo„g„in oraliqlariga boiingan. Past bo„yli o„simliklarda 5-7 ta bugin boiadi. Makkajo„xori bilan jo„xorida 10 tadan 25 tagacha boiadi. Pastdan yuqoriga qarab bo„g„in oraliqlari uzayadi. Poya 72 shoxlaydi. Yon shoxlari yer osti buginidan yoki yer ustidagi buginlardan rivojlanadi. Poyaning o„rta qismi yo„g„on boiadi, yunori qismi ingichka boiadi. Barg. Don ekinlarining bargi oddiy boiib, barg shapalogi, qin, tilcha va quloqchalardan iborat. Barg poya bo„g„inidan o„sib chiqib poyani qattiq o„rab uni baquvvat qilib tik ushlab turadi. Barg qinining barg shapalogiga aylanadigan joyida tilcha va quloqchalar boiadi. Tilcha yogin suvlarini barg qini va poya orasiga oikazmaydi. Tilcha poyaga o„ralib bargni mustahkam joylashishiga yordam beradi. Tilcha va quloqchalarga qarab don o„simliklarini o„suv davrida farq qilishi mumkin. Har bir poya bo„g„inidan bitta barg rivojlanadi. Barg soni — bu nav belgisidir. Gul. Don ekinlarining gullari gul to„plamlarda joylashgan boiadi. Don ekinlarida uch xil gul to„plam boiadi: 1. Boshoq - bug„doy, arpa, javdar, tritikale. 2. Ro„vak - suli, jo„xori, sholi, tariq, makkajo„xori, 3. So„ta - makkajo„xorining onalik gulto'plami. Makkajo„xori bir uyli ayrim jinsli o„simlikdir. Onalik gullari so„taga to„plangan, otalik gullari ro'vakka to„plangan. Don ekinlarining guli ikki jinsli (makkajo„xoridan boshqasi) boiib har gulida ikkita gul qobiq, tuguncha va ikkita patsimon tumshuqcha hamda uchta changdon boiadi. Gulning pastki qismida ikkita yupqa pardacha boiadi. Bu pardacha gullash davrida shishib gul qobiqlarining ochilishiga yordam beradi. Boshoq - boshoq o„zagi va boshoqchalardan iborat. Boshoq o„zagining har bo„g„mida 1-3 gacha boshoqcha joylashadi. Boshoqcha qobiqlari qayiqsimon yoki ingichka uzunchoq shaklda boiadi. Har boshoqchada 5 tagacha gul boiadi: arpada 1 ta, javdarda 2 ta, bug„doyda 2-5 tagacha. Boshoqning avval o„rta qismi gullaydi, ro„vak uchki qismidan gullay boshlaydi. Meva. Don ekinlarining mevasi don. Don qobiqli va qobiqsiz boiadi. Qobiqli don qobiqlar bilan o„ralgan boiadi. Don cho„zin- choq shaklda (bug„doy, arpa, suli, javdar, sholi), yumaloq (tariq, jo„xori), noto„g„ri shaklda (makkajo'xori) boiadi. Donning usti tuklar bilan qoplangan (suli) yoki tuk faqat donning uchki qismida boiadi (bug„doy, javdar). Donning rangi har 73 xil boiadi: oq, sariq, qizil, qora va boshqa tusda ham boiishi mumkin. Don qobiq, endosperm va murtakdan iborat. Qobiqning tashqi qavati meva va ichki qavati urug„ qobigi boiadi murtak donning pastki qismida birmuncha qiyaroq joylashgan. Murtakda boshlangich kurtak, barg va ildiz bor. Endospermning tashqi qavatida aleyron qavati boiib, bunda oqsil ko„p boiadi, lekin oqsilli moddalar (kleykovina) kam boiadi. Endosperm donning ichki qismini tashkil etadi va don tortilganda un boiadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling