II bob. DON
EKINLARI
2.1. Don ekinlarining umumiy ta‟rifi
Don ekinlari inson uchun asosiy oziq-ovqat
mahsulotlari - don va
yorma beradi. Don ekinlarining unidan yopiladigan non va non
mahsulotlari - bu asosiy oziq-ovqat mahsulotidir.
Don - bu yuqori
kaloriyali ozuqa va yengil sanoat xomashyodir. Donni qayta ishlab moy,
kraxmal, spirt ishlab chiqariladi. Don ekinlari chorva mollarini yem-
xashak bilan ta‟mmiashda ham muhim o„rinni egallaydi.
Don va uni
qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar oziq-ovqat,
yem- xashak,
qog„oz sanoatlari va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun xomashyo
boiib xizmat qiladi. Donchilik - qishloq xo„jaligi
ishlab chiqarishimng
asosini tashkil etadi.
Ekin maydoni jihatidan ham don ekinlari yer yuzida boshqa qishloq
xo'jaligi ekinlari orasida birinchi o„rinni egallaydi. Qishloq xo'jaligi
ekinlari ekiladigan butun dunyodagi umumiy maydon bir milliard gektar
boiib, shundan 70% dan yuqori maydonga don ekiladi.
0„zbekistonda don bahorikor va sug„oriladigan yerlarga ekiladi.
2015-yili mamlakatimizda donli ekinlar suvli yerlarda 1 mln. 285 ming
gektar, lalmi yerlarda 250 ming gektarga ekilgan.
10
Don ekinlari morfologik, biologik belgilarga
qarab uch guruhga
boiinadi:
1. Birinchi guruh - bu haqiqiy don ekinlari. Bu guruhga
Poaseae
oilasiga mansub tipik kuzgi (bug„doy, arpa, javdar, tritikale) va bahorgi
(bug„doy, arpa, javdar, suli) ekinlari kiradi.
Bu ekinlarning asosiy
belgilari: donida uzunasiga ketgan egatchasi boiadi,
bir nechta
boshlangich ildiz rivojlanadi, to„pguli boshoq yoki ro„vak boiadi, Bu
ekinlar uzun kun o„simligi, issiqlikka talabchan emas, namsevar boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: