X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Pedagogik texnologiya 
“Baliq skeleti” chizmasi 
Bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi. 
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko„nikmalarini 
rivojlantiradi.
70


II bob. DON EKINLARI 
2.1. Don ekinlarining umumiy ta‟rifi 
Don ekinlari inson uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari - don va 
yorma beradi. Don ekinlarining unidan yopiladigan non va non 
mahsulotlari - bu asosiy oziq-ovqat mahsulotidir. Don - bu yuqori 
kaloriyali ozuqa va yengil sanoat xomashyodir. Donni qayta ishlab moy, 
kraxmal, spirt ishlab chiqariladi. Don ekinlari chorva mollarini yem-
xashak bilan ta‟mmiashda ham muhim o„rinni egallaydi. Don va uni 
qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar oziq-ovqat, yem- xashak
qog„oz sanoatlari va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun xomashyo 
boiib xizmat qiladi. Donchilik - qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishimng 
asosini tashkil etadi.
Ekin maydoni jihatidan ham don ekinlari yer yuzida boshqa qishloq 
xo'jaligi ekinlari orasida birinchi o„rinni egallaydi. Qishloq xo'jaligi 
ekinlari ekiladigan butun dunyodagi umumiy maydon bir milliard gektar 
boiib, shundan 70% dan yuqori maydonga don ekiladi.
0„zbekistonda don bahorikor va sug„oriladigan yerlarga ekiladi. 
2015-yili mamlakatimizda donli ekinlar suvli yerlarda 1 mln. 285 ming 
gektar, lalmi yerlarda 250 ming gektarga ekilgan.
10
Don ekinlari morfologik, biologik belgilarga qarab uch guruhga 
boiinadi:
1. Birinchi guruh - bu haqiqiy don ekinlari. Bu guruhga Poaseae 
oilasiga mansub tipik kuzgi (bug„doy, arpa, javdar, tritikale) va bahorgi 
(bug„doy, arpa, javdar, suli) ekinlari kiradi. Bu ekinlarning asosiy 
belgilari: donida uzunasiga ketgan egatchasi boiadi, bir nechta 
boshlangich ildiz rivojlanadi, to„pguli boshoq yoki ro„vak boiadi, Bu 
ekinlar uzun kun o„simligi, issiqlikka talabchan emas, namsevar boiadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling