X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Maysalanish. Urug„ning unib chiqishi uchun suv, issiqlik va 
kislorod maium miqdorda boiishi talab qilinadi. Suv urug„ning burtishi 
va fermentlaming faoliyatiga bogiiq. Donning murtagi va endospermi 
suvni har xil miqdorda shimadi, shuning evaziga don qobigi yoriladi. 
Fermentlar murakkab moddalami (yog„, oqsil, kraxmal) suvda eriydigan 
oddiy moddalarga aylantiradi.
Don ekinlari uruglarining bo'rtishi va ko„karib chiqishi uchun talab 
qilinadigan suv miqdori har xil boiadi: bug„doy 47-48%, javdar 58-65%, 
arpa 48-57%, suli 60-76%, makkajo„xori 37-44%, tariq va jo„xori 25-
38% (urug„ vazniga nisbatan).
Suvni shimish tezligiga harorat ta‟sir qiladi. Don ekinlari juda past 
haroratda ham ko„karib chiqa oladi, bu harorat bug„doy va афа uchun 1-3 
°C issiq, makkajo„xori va tariq uchun 8-10 °C, jo
!
xori hamda sholi uchun 
10-12 °C.
Don o„simliklarining tez ko„karib chiqishi uchun harorat 10-21 °C 
boiishi kerak. Maysalash tezligi uruqqa ham bogiiq. Don unsimon boisa, 
suvni yaxshi shimadi va tez ko„karib chiqadi. Urugiar ko„karib chiqishida 
dastlab birlamchi ildizlari o„sa boshlaydi, shundan keyin poyacha o„sib 
chiqa 
boshlaydi. 
Birinchi 
chinbarg 
ko'ringanda 
maysalanishni 
boshlanganligi qayd qilinadi. Sharoit qulay boisa urug„ ekilgandan keyin 
5-7 kun o„tgach, maysalar ko„karib chiqadi. Maysalanish davri 10-12 kun 
davom etadi. Davrning oxirida o„simlikda 2-4 ta chinbarg rivojlangan 
boiadi va murtak ildizi uzunligi 30-35 sm. gacha boiadi.
Maysalaming rangi turlariga qarab har xil boiadi: bug„doyda yashil, 
javdarda binafsha rang, sulida-och yashil, arpada ko„kish-kul rang, 
tariqsimon ekinlarda-yashil rangda boiadi.
Tuplanish. Yangi qo„shimcha poyalaming paydo boiishi tuplanish 
davrining boshlanishini bildiradi. Qo„shimcha poyalar yer osti 
bo„g„inning eng yuqorigisidan hosil boiadi, odatda, yer betidan 1-3 sm 
pastda boiadi. Ana shu bo„gin - tuplanish bo „g'ini deb ataladi.
Tuplanish bo„g„ini o„simliklaming eng muhim qismi hisoblanadi
bu qismda oziq moddalar to„planadi, ildiz tizimining
75


baquvvatligi, 
sovuqqa, qurg„oqchilikka chidamligi bu bo„ginning 
joylanishiga bog„liq bo„ladi. Tuplanish bo„g„ini noqulay sharoit ta‟sirida 
shikastlansa o„simlik nobud bo„ladi. Tuplanish bo„g„inida yon shoxlar va 
ikkilamchi ildizlar rivojlanadi. Ikkilamchi ildizlar tuproqning yuqori 
qismida joylashadi. Murtak ildizlari bu davrda yaxshi o„sib 40-50 sm ni 
tashkil qiladi.
Bir tup o„simlikda rivojlangan poya soni har xil bo„ladi, bu 
o„simlikning biologik xususiyatiga, haroratga, suv va ozuqa bilan 
ta‟minlanishiga bog„liq. Bir tup o„simlikda rivojlangan o„rtacha poya soni 
umumiy tuplanish deb ataladi. Bu o'simlikda boshoq chiqaradigan 
poyalaming soni umumiy tuplanishga qaraganda kam bo„ladi. Bir tupda 
boshoq chiqargan o„rtacha poyalar soni mahsuldor tuplanishi deb ataladi. 
0„simliklaming turiga qarab bu har xil bo„ladi: kuzgi g„alla ekinlarida 3-6 
ta, arpa va sulida 2-3 ta, bahorgi bug„doyda 1-2 ta boiadi. Tuplanish davri 
cho„zilib ketsa, umumiy tuplanish ko„payib mahsuldor tuplanish 
kamayadi.
Tuplanish davri 5 °C da oiishi mumkin. Qulay harorat bu davr uchun 
10-15 °C. Harorat bundan oshib ketsa, o„simlik tez tuplanadi, biroq 
mahsuldor tuplanishi kamayadi.
Don ekinlari yaxshi tuplanishi uchun suv, ozuqa elementlari bilan 
ham to„la ta‟minlangan boiishi kerak. Umuman tuplanish davri 20-25 kun 
davom etadi. Don o„simliklarida tuplanish davri har xil vaqtda o„tadi, 
ya‟ni javdar va sulida qo'shimcha poyalar 3-4 ta barglar chiqish davrida, 
arpa va bug„doyda 3 ta barg, tariqda 5-6 ta barg, makkajo„xorida 6-7 ta 
barg va jo„xorida 7-8 ta barglar paydo boiganda o„tadi.
Birinchi guruhga kiradigan don ekinlarida tuplanish davrida avval 
qo„shimcha poyalar rivojlanadi, keyin ikkilamchi ildizlar paydo boiadi. 
Tariqsimon ekinlarda avval ikkilamchi ildizlar hosil boiadi. So„ng 
qo„shimcha poyalar rivojlanadi. Don ekinlarini suvga boigan talabining 
har xil boiishi shu hodisaga ham bogliqdir.
Umumiy mahsuldor poyalar soni bir kvadrat metrda 350-400 ta 
boisa, bu gektaridan 20-30 s. don yetishtirishni ta‟minlaydi. Eng qulay 
sharoitda mahsuldor poyalaming soni bir kvadrat metrda 700- 800 tagacha 
boiishi mumkin.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling