X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Noqulay sharoitning ta‟siri
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Kuzgi don ekinlari
Noqulay sharoitning ta‟siri. Donni shakllanishi va pishishiga ancha
ta‟sir qiladi. Garmsel ta‟sirida don ancha erta yetiladi, biroq puch, burishgan boiadi va donning biologik hamda texnologik sifati pasayadi. Don ekinlari qattiq shamol yoki yoglngarchilik ta‟sirida yotib qoladi. Bu holda ham don puch boiadi, hosil kamayadi. Don ekinlari hosildorligi ga noqulay sharoitning ta‟sirini kamaytirish uchun hamma texnologik tadbirlar o„z vaqtida va yuqori sifatda olib borilishi lozim. 2.2. Kuzgi don ekinlari Don ekinlari ikkita biologik: kuzgi va bahorgi guruhlarga boiinadi. 0„zbekiston sharoitida bulardan tashqari, ikki xil ham kuzgi, ham bahorgi ekiladigan shakllari bor, bularga yarim kuzgi (duvarak) navlar deyiladi. Kuzgi don ekinlari (kuzgi bug„doy, kuzgi arpa, kuzgi javdar, kuzgi tritikale) kuzda ekiladi va keyingi yilning yozida hosil yetiladi. Bahorgi don ekinlari (bug„doy, arpa, suli, javdar, makkajo'xori, jo„xori, sholi, tariq) bahorda ekiladi va shu yilning yozida, kuzida hosil yetiladi. Bu guruh biologik xususiyati bo„yicha farq qiladi. Kuzgi don ekinlari yarovizatsiya davrini 1-10 °C da 20-50 kun mo- baynida o„tkazadi. Bu ekinlar bahorda ekilsa, hosil bermaydi. Bahorgi don ekinlari yarovizatsiya davrini 5-20 °C da 7-20 kunda o„t- kazadi, shuning uchun bu o„simliklar bahorda ekiladi. Ikki xil ham kuzda, ham bahorda ekiladigan duvarak o„sim- liklar yarovizatsiya davrini 3-15 °C da o„tkazadi, bu o„simliklar bahorda va kuzda ekiladi. Ishlab chiqarishda don ekinlarining bu biologik guruhlaridan foydalanish ancha afzal, kuzgi don ekinlari kuzgi va erta bahorgi yoglngarchilik suvlaridan va tuproqning unumdorligidan tola 79 foydalanadi, hosil ancha yuqori bo„ladi (10-15%). Kuzgi don ekinlarining hosili bahorgiga nisbatan oldin yetiladi (7-15 kun) va hosil yig„ish ishlarini tashkil qilishga ancha qulaylik yaratadi. Kuzgi don ekinlarining rivojlanishi ikki davrga boiinadi. Kuzgi davrda bu o„simliklarda barg yuzasi va ildizi' yaxshi rivojlanadi. Kuzda maysalanish davrini o„tab, tuplanish davriga kiradi, biroq bu davrga to„la olmaydi. Bahorda tuplanish davom etib, o„simlikni rivojlanishi tezlashadi. Kuzgi navlar qishga chidamli boiadi. Kuzgi ekinlarni qishga va sovuqda chidamliligini oshirishda agrotexnika tadbirlarining ahamiyati katta. Ekish muddatini to„g„ri aniqlash, ekish me‟yori va chuqurligi sharoitga, tuproq turiga mos boiishi kerak, ozuqa elementlari to„g„ri tanlangan boiishi lozim. Kuzgi donli ekinlarni sovuqda va qish sharoitiga chidamliligi har xil. Kuzgi yorugiik yetarli boiib, harorat 8-10 °C atrofida boisa, donli ekinlarda sovuqda chiniqish xususiyati vujudga keladi. Tuplanish bo„g„imida plastik moddalar to 4 planadi, bulaming ora'Sida eng muhimi - qand. Sovuq tushish oldidan tuplanish bo„g„imida 20- 25% qand to„planadi, Bu kuzgi ekinlarning yaxshi qishlab chiqishiga yordam beradi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling