X. Q. Haydarov Samdu biologiya fakulteti Botanika kafedrasi mudiri, professor, biologiya fanlar doktori


Markaziy Osiyo va O’zbekistonda to’qayzorlarning tarqalishi


Download 110 Kb.
bet6/8
Sana25.10.2023
Hajmi110 Kb.
#1721738
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Markaziy Osiyo va O’zbekistonda to’qayzorlarning tarqalishi.

Markaziy Osiyoda va O’zbekistonda mavjud bo’lgan to’qayzorlarning katta-kichik daryo va soylar bo’ylab tarqalishi. Oxirgi 20-30 yil mobaynida to’qayzorlar maydonining kamayib ketishi sabablari haqidagi fikrlar va nazariyalar. To’qayzorlardagi o’simliklarning hayot kechirishi va rivojlanishi uchun mavjud bo’lgan tabiiy shart-sharoitlar. To’qayzorlarning paydo bo’lishi va o’rganilishi tarixi. To’qayzorlarda o’sadigan tipik o’simliklar: daraxt, buta, chalabuta va o’t o’simliklarining ekologik va biologik xususiyatlari. To’qayzorlarda tarqalganassosiasiya, formasiya va floristik tarkibi. To’qayzorlarda tarqalgan o’simliklarning xalq xo’jaligida tutgan o’rni.




AMALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH BO’YICHA KO’RSATMA VA TAVSIYALAR
Amaliy mashg’ulotlar mavzuning xiliga qarab auditoriyada va dalada o’tkaziladi. O`zbekiston florasining sistematik va ekologik tarkibi hamda endem va relikt turlarga oid mavzular auditoriyada o’tkaziladi. Bunda amaliy mashg’ulotlarga oid kitob va qo’llanmalar, tarqatma materiallar, elektron ma’lumotlar, ma’ruza matnlari, jadvallardan va boshqa qo’shimcha materiallardan foydalaniladi.
Tavsiya etilayotgan amaliy mashg’ulotlarning mavzulari ro’yhati:



  1. Markaziy Osiyo o’simliklari qoplamiga oid asarlar bilan tanishish.

  2. Gipsli cho’lda tarqalgan o’simliklarning ichki va tashqi ko’rinishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  3. Galofil cho’lda tarqalgan o’simliklarning ichki va tashqi ko’rinishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  4. Psammofil (qumli) cho’lda tarqalgan o’simliklarning ichki va tashqi ko’rinishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  5. Quyi va yuqori adirda uchraydigan o’t o’simliklarning ichki va tashqi ko’rinishini, ko’payishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  6. Quyi tog’da tarqalgan daraxt va butalarning ichki va tashqi ko’rinishini, ko’payishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  7. Yuqori tog’da tarqalgan o’t o’simliklarning ichki va tashqi ko’rinishini, ko’payishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  8. O’zbekiston to’qayzorlarida keng tarqalgan assosiasiya va formasiyalar tarkibini tashkil qiluvchi o’simliklarning ichki va tashqi ko’rinishini, ko’payishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  9. Efemer va efemeroid o’simliklarga umumiy tavsif berish, vakillari, Yer yuzida tarqalishi, ko’payishi va ahamiyati.

  10. Gipsofil, Galofil va Psammofil o’simliklarga umumiy tavsif berish, vakillari, Yer yuzida tarqalishi, ko’payishi va ahamiyati.

  11. Adir mintaqasida tarqalgan Chinniguldoshlar oilasining Zurcha turkumiga umumiy tavsif berish, turlari, Yer yuzida tarqalishi, ko’payishi va ahamiyati.

  12. Tog’ va yaylov mintaqalarida tarqalgan o’simliklar turkum va turlari. Yer yuzida tarqalishi, ko’payishi va ahamiyati.

  13. Markaziy Osiyoning foydali o’simliklari.

Ilova: fanning shchi dasturini shakillantirish jarayonida o’quv rejada ko’rsatilgan soatlarga mos holda tanlab o’qitiladi. Qo’shimcha va o’zgartirish kiritish mumkin.

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling