X umarov husnixat o`qitish metodikasi guliston 2013 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta
Download 1.26 Mb.
|
portal.guldu.uz-HUSNIXAT O`QITISH METODIKASI
1-4 sinflarda husnixat darslari
Boshlang`ich sinflar dasturiga ko`ra 1-sinfda husnixatga o`rgatish savod o`rgatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda o`quvchilar husnixatning gigienik talablariga rioya qilishlari, harflarni grafik jihatdan to`g`ri shakllantirishlari va ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda to’tiladi. 1-sinfda xat – savod davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftaridagi materiallar asosida o`rgatiladi. 1-sinfning 2-yarim yilligida o`qituvchi husnixatga o`rgatishni ona tili darslariga qo`shib olib borsa ham, o`z ishlarini rejalashtirib olishi zarur. Bunda harflarni elementlarning qiyaligiga, harflar bo`yining tengligiga, harflar va so`z oralig`ining teng bo`lishiga e’tibor berish lozim. Savod o`rgatishdan so`ng yozuv sharti ham o`zgaradi. O`quvchilarning daftarlarida harf namunasi yo`qligi tufayli ular qo`shimcha bir qancha shartlarni bajaradilar. Jumladan, bosma harfni yozma harfga aylantiradilar, ulanish o`rinlarini aniqlaydilar, so`zlarni qatorga to`g`ri joylashtiradilar. Bundan tashqari, mashq shartlarini ham bajarishlari lozim. Shuning uchun o`qituvchi doim yozuv materiallarini ko`zdan kechirib, yordamga muxtoj holatlarni o`ziga belgilab olishi va qisqa izohlashdan foydalanishi lozim. 2-sinfda husnixat uchun har haftada ona tili darslarining oxirgi bir soati ajratiladi va u o`quv yili davomida 33 soatni tashkil etadi. 2-sinfda husnixat darslarini rejalashtirganda quyidagilarga e’tibor berish zarur: a) bir chiziqli daftarning qiyinligini hisobga olib harflarni genetik prinsip asosida yozdirish; b) har bir harfning o`zidan oldingi va o`zidan keyingi harfga ulanishini o`rgata borish; v) harflarni elementlarning o`xshashligini hisobga olib guruhlash; g) bosh harflarni elementlarning yuqoriga va pastki tomon tushishini hisobga olgan holda guruhlash; d) matnlarning bolalar hayotiga oid bo`lishiga erishish; e) imlosi qiyin bo`lgan so`zlarni yozuv materiali sifatida tanlash; j) yozuv sur’atini oz-ozdan tezlashtirib borish maqsadida material hajmini ko`paytirib boorish. 3-sinfda har bir ona tili darsining 8-10 daqiqasi husnixatga ajratiladi. Unda gigienik bilimlar mustahkamlanadi. Bolalar 1 chiziqli daftarga bosh va kichik shakllari bir xil, tuzilishi murakkab harflarni yozishni o`rganadilar, ritm bilan yozishni, harflarni ulab so`z, gap yozishni mashq qiladilar. O`quvchilarni husnixatga o`rgatish, grafik bilimlarni shakllantirishda o`quvchi shaxsining psixologik xususiyatlarini hisobga olish. Grafik malakalarning uzoq muddatda hosil bo`lishi, uning o`qish, imlo, chizmachilik, rassomchilik, nutq kabi o`quv faoliyatlari bilan bog`liqdir. Dastxatning o`ta barqarorligi va individualligi. Yozuvning inson aqliy faoliyat bilan bog`liqligi. Husnixatni egallashda barmoqlar harakatini rivojlantirishning ahamiyati. Bolalarning ko`rish, eshitish qobiliyatlarining yozuv bilan bog`liqligi. Yozuvga o`rgatishning keyingi bosqichlarida yozuvning avtomatlashuvi. 1-4- sinflarda o`quvchilar yozuvi sur’atining o`sib borishi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling