X umarov husnixat o`qitish metodikasi guliston 2013 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


ASOSIY QISM Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni


Download 1.26 Mb.
bet6/71
Sana23.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1717197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
portal.guldu.uz-HUSNIXAT O`QITISH METODIKASI

ASOSIY QISM


Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni


Husnihatning ahamiyati. Chiroyli yozuvning ahamiyati.
O`quvchilarni chiroyli yozuvga o`rgatishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati, chiroyli yozuv o`quvchida mehnat qobiliyatini shakllantirishi, yuklatilgan vazifani toza, aniq, madaniyat bilan bajarishga o`rgatishi, estetik didni tarbiyalashi, chiroyli yozuv imlo xatolarining oldini olishi, hunuk xat o`quvchida yozuvga nisbatan mas’uliyatsizlik hissini uyg`otishi, o`ylamay yozishga, imlo xatolariga befarq bo`lishga olib kelishi chiroyli yozuvning ijtimoiy ahamiyati, hujjatlar o`qib bo`lmaydigan dastxat bilan yozilsa, o`quvchining ko`p vaqtini olishi va tushunmaslikka olib kelishi. Kundalik hayotda dasthat bilan ma’ruza, dalolatnoma, tarjimai hol, ariza, e’lon va boshqa ish qog`ozlarini yozishga to`g`ri kelishi, maktabda o`qib bo`lmaydigan dastxat o`quvchilar ishini tekshirishni qiyinlashtiradi Шу боис кичик ёшдаги o’қувчиларнинг ҳуснихатига алоҳида эътибор бериш, уларни чиройли ёзишга o’ргатиш учун замонавий усуллардан кенг фойдаланиш зарур.
Yozuvlar tarixidan ma’lumot.
Kishilik tarixida va o`zbek xalqi tarixida qo`llanilgan yozuvlar haqida. Qadimdan kishilarning o`z fikrlarini boshqalarga etkazish istagini his qilganliklari, ularni turli predmetlarga: toshga, metall, tuproqqa, teri, daraxt po`stloqlariga yozganlari; yozuv quroli sifatida pat, qalam, ruchka, avtoruchka, sharikli ruchkalardan foydalanganlari. O`quvchining o`qiy olishi uchun yozuvning aniq, ravshan bo`lishiga intilgani haqida ma’lumot. Yozuv, asosan, maxsus mutaxassislar, saroy, davlat arboblari, qozilar tomonidan yozilganligi.


Husnixat darslarining maqsad va vazifalari. Yozuvga o`rgatish tarixidan ma’lumot.
Yozuvga o`rgatish o`ta murakkab va qiyin jarayon. Yozuvga o`rgatishda asosiy metodlardan biri mexanik mashqlar, nusxa ko`chirish mashqlari ekani. Unda yillar davomida alfavit tartibidagi harflarning nusxasi ko`chirilgani, so`ng bo`g`in, so`z va gap yozish mashq qilinganligi. Arab yozuv o`rgatilgan eski maktablar asosida.
Yozuvning onglilik tamoyili asosida o`rgatilishi. Yozuvga o`rgatishning pedagogika, psixologiya, maktab gigienasi, fiziologiya tavsiyalariga bog`liq holda tashkil qilinishi.
Yozuvning gigienik shartlari. Husnixatga o`rgatishning muvaffaqiyatli bo`lishi: gigienik sharoitning yaratilishi: maktab mebeli to`g`ri tanlanishi va to`g`ri joylashtirilishi; parta, stul o`quvchining bo`y-bastiga mos bo`lishi, uning tuzilishi yozuv uchun qulay bo`lishi, o`quv xonasi to`g`ri yoritilishi; o`quvchilarni partada to`g`ri o`tirishi, ruchkani barmoqlar orasida to`g`ri tutishi, daftarning partada to`g`ri joylashishi, yozuv jarayonida uni to`g`ri surib turish, ko`z bilan daftar oralig`ining (30 sm) talabga muvofiq saqlanishi, tirsakning parta ustida turishiga bog`liqligi. Yozuvga o`rgatishda jadvallardan foydalanish.
Gigienik talablarni amalga oshirish uchun to`xtovsiz yozuvning vaqtini belgilab olish lozimligi. 1-sinfda 5 daqiqa, 2-sinfda 8 daqiqa, 3- sinfda 12 daqiqa, 4-sinfda 15 daqiqa.
Shuning uchun darsda o`qituvchi og`zaki va yozma ish turlarini navbatlashtirib o`tkazishni oldindan rejalashtirishi, 2-3 ta dam olish daqiqasini o`tkazishi kerak.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling