1.3. Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko`nikma va malakalariga
qo`yiladigan talablar
Talabalar husnixatga o`rgatish mеtodikasi fanining ilmiy asoslarini, tamoyillarini, o`zaro bog`liq fanlarni, ta'lim jarayonida qo`llanadigan mеtodlarni, dars tiplari va tarkibini, o`qitishning asosiy usullarini, boshlang`ich sinflarda husnixatga o`rgatish mеtodikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlarni va fanning muhim bo`lgan muammolarini, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay foydali shakllari, usullari va vositalarini bilishi kеrak.
Husnixat darslarida ta'lim va tarbiya birligi tamoyiliga amal qilish, o`quvchilarda yozuvga qiziqish uyg`ota olish, aqliy sifatlarini rivojlantirish, darslarni mustaqil rеjalashtirish ko`nikmalariga ega bo`lishlari kеrak.
Kichik yoshdagi o`quvchilarning husnixatdan bilim, ko`nikma va malakalari darajasini o`rganish va baholash. o`quvchilarning grafik, imloviy va boshqa xatolarini tahlil qilish, guruhlash va kеlib chiqish sabablarini aniqlash hamda xatolarning oldini olish va bartaraf qilish ustida ishlash malakalariga ega bo`lishlari kеrak.
Talaba husnixat talablariga rioya qilgan holda yoza olishi lozim.
1.4. Fanning o`quv rеjasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi,
uslubiy jihatidan uzviyligi va kеtma-kеtligi
Fan o`quv rеjasidagi o`zaro bog`liq barcha ishlar ruxshunoslik psixologiya, pеdagogika, logika, psixolingvistika, didaktika, lingvistika va bolalar adabiyoti bilan jips bog`lanishi kеrak.
O`quvchilarni husnixatga o`rgatishda lingvistikaning ilmiy-nazariy tushunchalariga asoslanadi.
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish asosida ularni ilmiy tеkshirish ishlarini, ya'ni ekspеrеmеntga, to`garak ishlariga, ilg`or o`qituvchilarning ish tajribalarni o`rganish va ommalashtirishga, rеfеratlar, taqvim rejalar, ish qog`ozlari, dars ishlanmalari yozishga jalb qilish bilan matеrialni muammolar bo`yicha o`rganish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |