FANNI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
1.1. Fanning maqsadi – “Husnixat va uni o‘qitish metodikasi”maqsadi talabalarda chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish, kichik yoshdagi o‘quvchilarni to‘g‘ri Husnixat qoidalari asosida yoza olish malakalarini rivojlantirishga oid pedagogik ko‘nikmalarini tarkib toptirishdan iborat.
1.2. Fanning vazifalari talabalarga yozuv, chiroyli yozuv, yozuvning ahamiyati haqida, o`z dastxati ustida ishlash usullari haqida; boshlang`ich ta’lim o`quvchilarini husnixatga o`rgatishning shartlari, qoidalari, metodlari va usullari, tamoyillari, harflarni guruhlash metodlari va usullari, husnixat darslarini rejalashtirish, husnixat darslarining tuzilishi, uni tashkil qilish shakllari, grafik xatolarni aniqlash va bartaraf etish usullari, o`quvchilar yozuvini baholashga o`rgatish haqida nazariy ma’lumot berish, amaliy malaka hosil qilishdir.
Husnixatning asosiy qonuniyatlarini tushintirish ko`rgazma va texnik vositalardan foydalanib, o`quvchilarning bilish faoliyatini va mustaqilligini ta'minlashga o`rgatish.
1.3.Boshqa fanlar bilan aloqasi- Ushbu kurs ona tili, bolalar adabiyoti, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, pedagogika, psixologiya, chizmachilik, tasviriy san’at va boshqa metodik fanlar bilan aloqador tarzda o‘rganiladi.
1.4. Talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan talablar
Talabalar husnixatga o`rgatish mеtodikasi fanining ilmiy asoslarini, tamoyillarini, o`zaro bog`liq fanlarni, ta'lim jarayonida qo`llanadigan mеtodlarni, dars tiplari va tarkibini, o`qitishning asosiy usullarini, boshlang`ich sinflarda husnixatga o`rgatish mеtodikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlarni va fanning muhim bo`lgan muammolarini, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay foydali shakllari, usullari va vositalarini bilishi kеrak.
Husnixat darslarida ta'lim va tarbiya birligi tamoyiliga amal qilish, o`quvchilarda yozuvga qiziqish uyg`ota olish, aqliy sifatlarini rivojlantirish, darslarni mustaqil rеjalashtirish ko`nikmalariga ega bo`lishlari kеrak.
Kichik yoshdagi o`quvchilarning husnixatdan bilim, ko`nikma va malakalari darajasini o`rganish va baholash. o`quvchilarning grafik, imloviy va boshqa xatolarini tahlil qilish, guruhlash va kеlib chiqish sabablarini aniqlash hamda xatolarning oldini olish va bartaraf qilish ustida ishlash malakalariga ega bo`lishlari kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |