Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi – boshlang`ich ta’lim talabalarini ta’lim jarayoniga uch yo`nalishda tayyorlash:
1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.
2. Husnixat talablari asosida yozishga o`rgatish.
3. Boshlang`ich ta’limda o`quvchilarini husnixatga o`rgatishning metod va usullari bilan, ta'limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - talabalarga yozuv, chiroyli yozuv, yozuvning ahamiyati haqida, o`z dastxati ustida ishlash usullari haqida; boshlang`ich ta’lim o`quvchilarini husnixatga o`rgatishning shartlari, qoidalari, metodlari va usullari, tamoyillari, harflarni guruhlash metodlari va usullari, husnixat darslarini rejalashtirish, husnixat darslarining tuzilishi, uni tashkil qilish shakllari, grafik xatolarni aniqlash va bartaraf etish usullari, o`quvchilar yozuvini baholashga o`rgatish haqida nazariy ma’lumot berish, amaliy malaka hosil qilishdir.
Husnixatning asosiy qonuniyatlarini tushintirish ko`rgazma va tеxnik vositalardan foydalanib, o`quvchilarning bilish faoliyatini va mustaqilligini ta'minlashga o`rgatish.
Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan talablar
Talabalar husnixatga o`rgatish mеtodikasi fanining ilmiy asoslarini, tamoyillarini, o`zaro bog`liq fanlarni, ta'lim jarayonida qo`llanadigan mеtodlarni, dars tiplari va tarkibini, o`qitishning asosiy usullarini, boshlang`ich sinflarda husnixatga o`rgatish mеtodikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlarni va fanning muhim bo`lgan muammolarini, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay foydali shakllari, usullari va vositalarini bilishi kеrak.
Husnixat darslarida ta'lim va tarbiya birligi tamoyiliga amal qilish, o`quvchilarda yozuvga qiziqish uyg`ota olish, aqliy sifatlarini rivojlantirish, darslarni mustaqil rеjalashtirish ko`nikmalariga ega bo`lishlari kеrak.
Kichik yoshdagi o`quvchilarning husnixatdan bilim, ko`nikma va malakalari darajasini o`rganish va baholash. o`quvchilarning grafik, imloviy va boshqa xatolarini tahlil qilish, guruhlash va kеlib chiqish sabablarini aniqlash hamda xatolarning oldini olish va bartaraf qilish ustida ishlash malakalariga ega bo`lishlari kеrak.
Talaba husnixat talablariga rioya qilgan holda yoza olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |