№
|
Mavzular
|
Ko’riladigan masalalar
|
vaqt
|
|
1.Pеdagogika fanini umumiy asoslari
|
1
|
Husnixat darslarining maqsad, vazifalari va husnixatga o`rgatishning ahamiyati.
|
O`quvchilarni chiroyli yozuvga o`rgatishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati, chiroyli yozuv o`quvchida mehnat qobiliyatini shakllantirishi, yuklatilgan vazifani toza, aniq, madaniyat bilan bajarishga o`rgatishi, estetik didni tarbiyalashi, chiroyli yozuv imlo xatolarining oldini olishi, hunuk xat o`quvchida yozuvga nisbatan mas’uliyatsizlik hissini uyg`otishi, o`ylamay yozishga, imlo xatolariga befarq bo`lishga olib kelishi chiroyli yozuvning ijtimoiy ahamiyatiga olib kelishi
|
4
|
2
|
Yozuvlar tarixi haqida ma’lumot
|
Kishilik tarixida va o`zbek xalqi tarixida qo`llanilgan yozuvlar haqida. Qadimdan kishilarning o`z fikrlarini boshqalarga etkazish istagini his qilganliklari, ularni turli predmetlarga: O`quvchining o`qiy olishi uchun yozuvning aniq, ravshan bo`lishiga intilgani haqida ma’lumot.
|
4
|
3
|
Hattotlik san’atining rivojlanish bosqichlari
|
Hattotlik san’atining rivojlanish bosqichlari
|
4
|
4
|
Husnixat darslariga qo`iyladigan talablar
|
Gigienik talablarni amalga oshirish uchun to`xtovsiz yozuvning vaqtini belgilab olish lozimligi. 1-sinfda 5 daqiqa, 2-sinfda 8 daqiqa, 3- sinfda 12 daqiqa, 4-sinfda 15 daqiqa.
Shuning uchun darsda o`qituvchi og`zaki va yozma ish turlarini navbatlashtirib o`tkazishni oldindan rejalashtirishi, 2-3 ta dam olish daqiqasini o`tkazishi kerak
|
2
|
5
|
Yozuv materiallari va qurollari
|
Xattaxta, «To`g`ri o`tir!» plakati, alifboning yozma shakli, harflar alohida yozilgan albom, husnixat daftari, rangli bo`r.
|
2
|
6
|
Yozuvga o`rgatish usullari
|
O`quvchilar o`qituvchining sanog`i ostida yozishni mashq qilishi, uning qiziqarliligi, butun sinf bilan ishlash imkoniyatiga egaligi. Uning samarali metodlardan ekan
|
2
|
7
|
Husnixatga o`rgatish tamoyillari
|
Umumdidaktik va grafik malakalar bilan bog`liq tamoyillar. Onglilik, soddadan murakkabga tamoyili, takrorlash, ko`rgazmalilik, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyillari husnixatga o`rgatish tamoyillari.
|
2
|
8
|
Onglilik tamoyili.
Ko`rgazmalilik tamoyili.
|
О`quvchilarning harf shakllarini qanday va qay tartibda yozishi, qiyaligi, bo`yi, enini mo`ljallashda, harflarni keyingi harflarga ulashda, ruchka ushlashda, partada o`tirish qoidalari, grafik kamchiliklarni aniqlay bilishida namoyon bo`lishi. Ko`rgazmali vositalar: karton, jadvallarda oldindan yozib namoyish qilish; ko`rgazmali harakat, xattaxta, daftarda o`quvchilar qo`lidan ushlab yozdirishda namoyon bo`lishi.
|
2
|
9
|
Takrorlash tamoyili.
Genetik tamoyil.
|
Yozish jarayonini avtomatlashtirish asosidir. Takrorlash, yozuvni tahlil qilish, taqqoslash. Xatolarni tuzatish tarzida olib borilishi, uning mexanik va samarasiz mashqqa aylanib qolmasligi.
Harf elementlarini, shakli oson harflardan so`ng shakli murakkab harflar guruhini yozish harf birikmasi, bo`g`in, so`z, gap tartibida yozuvni uyushtirish.
|
2
|
10
|
O`quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili.
|
Har bir o`quvchining ruchka ushlashi, daftar tutishi, yozuv tezligi, yutuq va kamchilini hisobga olib borish zarurligi.
savod o`rgatish jarayonidagi asosiy prinsiplardan ekanligi.
|
2
|
11
|
Chiroyli yozuvning imlo bilan bog`liqligi.
|
Bolalarni yozuvga o`rgatishda unga kompleks yondashuv. Yozuvning har tamonlama talabga javob berishi uchun so`zning grafik va imloviy tomonining to`g`ri shakllantirilishi.
|
2
|
12
|
1-2 sinflarda husnixat darslari
|
1-sinfning 2-yarim yilligida o`qituvchi husnixatga o`rgatishni ona tili darslariga qo`shib olib borsa ham, o`z ishlarini rejalashtirib olishi zarur. Bunda harflarni elementlarning qiyaligiga, harflar bo`yining tengligiga, harflar va so`z oralig`ining teng bo`lishiga e’tibor berish lozim. Savod o`rgatishdan so`ng yozuv sharti ham o`zgaradi
|
2
|
13
|
3-4-sinflarda husnixat darslari
|
Husnixatni egallashda barmoqlar harakatini rivojlantirishning ahamiyati.
Bolalarning ko`rish, eshitish qobiliyatlarining yozuv bilan bog`liqligi. Yozuvga o`rgatishning keyingi bosqichlarida yozuvning avtomatlashuvi. 1-4- sinflarda o`quvchilar yozuvi sur’atining o`sib borishi.
|
2
|
14
|
Husnixat darslarida didaktik materiallardan foydalanish
|
Husnixat darslarida didaktik materiallardan foydalanish
|
2
|
15
|
Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog`liqligi.
|
Qo`l uzmay yozishni to`g`ri tashkil etmaslik, harflarning ulanishini to`g`ri o`rgatmaslik, nutq sur’atiga asoslanmagan holda yozish tezligini oshirishning o`quvchilar yozuviga salbiy ta’siri.
|
2
|
|
|
|
36
|