X umarov husnixat o`qitish metodikasi guliston 2013 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Download 1.26 Mb.
bet7/71
Sana23.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1717197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Bog'liq
portal.guldu.uz-HUSNIXAT O`QITISH METODIKASI

Yozuv materiallari va qurollari.

Xattaxta, «To`g`ri o`tir!» plakati, alifboning yozma shakli, harflar alohida yozilgan albom, husnixat daftari, rangli bo`r.


Sharikli ruchka.
Yozuv uchun qulayligi, ingichka, engilligi ruchkani barmoqlar orasida ushlash, ruchka uchi bilan ko`rsatkich barmoq orasida 1,5-2 sm oraliq qolishi. Ruchkaning pastasi – siyoxi binafsha rangda bo`lishi, o`qituvchining tekshiradigan pastasi qizil rangda. Ruchkani penalda yoki partadagi maxsus joyda saqlash. O`qituvchi stolida lozim bo`lgan paytda foydalanish uchun ruchka, sterjenlar bo`lishi lozimligi.
Yozuv daftari.
1-sinfda yozuv yo`li 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bo`lgan qiya chiziqlar siyrak bo`lgan 2 chiziqli daftar, 2-4 sinflarda chiziqlar orasi 8 mm bo`lgan 1 chiziqli daftar tutilishi. Kichik harflarning bo`yi 3 mm, bosh harflarning bo`yi 6 mm, raqamlarning bo`yi harflardan 2 marta qisqa bo`ladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida daftar, 3-4-sinfda ona tili daftariga yozadilar. 1-sinfda «Husnixat» predmeti 2-yarim yilikdan boshlanadi, daftarga sana, oy yoziladi. Xat boshiga qat’iy amal qilinadi, hoshiya bo`lishi shart. Sarlavha bilan matn orasida qator qoldirmaslik. O`qituvchi xatolarni to`g`rilash yo`lini o`quvchiga o`rgatishi (xato harflarning ustidan chiziq tortib, ustiga to`g`risini yozishi). Daftarni har uy vazifasidan so`ng yig`ib tekshirish va baholash.
Yozuvga o`rgatishning usullari
Ritmik usul. Bunda o`quvchilar o`qituvchining sanog`i ostida yozishni mashq qilishi, uning qiziqarliligi, butun sinf bilan ishlash imkoniyatiga egaligi. Biroq bu usulni doimiy qo`llash o`quvchilarni toliqtirishi, mehnatga qiziqishini so`ndirishi.
Qo`l harakatlarini mashq qildirish usuli. Bunda barmoqlar bilan elka harakati mashq qildirilishi. Yozuv chiziqlarining berilmasligi harf shtrixlari ustidan yozdirilishi, keyinchalik bo`g`in, so`z, gap yozishga o`tilishi. Uning samarali metodlardan ekanligi.
Husnihatga o`rgatish tamoyillari.
Umumdidaktik va grafik malakalar bilan bog`liq tamoyillar. Onglilik, soddadan murakkabga tamoyili, takrorlash, ko`rgazmalilik, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyillari husnixatga o`rgatish tamoyillari.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling