X umarov husnixat o`qitish metodikasi guliston 2013 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Download 1.26 Mb.
bet8/71
Sana23.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1717197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Bog'liq
portal.guldu.uz-HUSNIXAT O`QITISH METODIKASI

Onglilik tamoyili.
О`quvchilarning harf shakllarini qanday va qay tartibda yozishi, qiyaligi, bo`yi, enini mo`ljallashda, harflarni keyingi harflarga ulashda, ruchka ushlashda, partada o`tirish qoidalari, grafik kamchiliklarni aniqlay bilishida namoyon bo`lishi.
Ko`rgazmalilik tamoyili.
Ko`rgazmali vositalar: karton, jadvallarda oldindan yozib namoyish qilish; ko`rgazmali harakat, xattaxta, daftarda o`quvchilar qo`lidan ushlab yozdirishda namoyon bo`lishi.
Takrorlash tamoyili.
Yozish jarayonini avtomatlashtirish asosidir. Takrorlash, yozuvni tahlil qilish, taqqoslash. Xatolarni tuzatish tarzida olib borilishi, uning mexanik va samarasiz mashqqa aylanib qolmasligi.
Genetik tamoyil.
Harf elementlarini, shakli oson harflardan so`ng shakli murakkab harflar guruhini yozish harf birikmasi, bo`g`in, so`z, gap tartibida yozuvni uyushtirish.
O`quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili.
Har bir o`quvchining ruchka ushlashi, daftar tutishi, yozuv tezligi, yutuq va kamchilini hisobga olib borish zarurligi.
Yozuvga o`rgatishni o`qishga o`rgatish bilan bir paytda amalga oshirish savod o`rgatish jarayonidagi asosiy prinsiplardan ekanligi.
Chiroyli yozuvning imlo bilan bog`liqligi.
Bolalarni yozuvga o`rgatishda unga kompleks yondashuv. Yozuvning har tamonlama talabga javob berishi uchun so`zning grafik va imloviy tomonining to`g`ri shakllantirilishi.
Inson nutqining harflar orqali yozma shakllantirilishi, buni to`g`ri shakllantirish uchun harflarning shaklini to`g`ri yozish, ularni to`g`ri ulashning ahamiyati, bunda amalga oshiriladigan bo`g`in – tovush, tovush – harf va imloviy tahlil ishlari, ya’ni fonetik – grafik tahlil.


Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog`liqligi.

Qo`l uzmay yozishni to`g`ri tashkil etmaslik, harflarning ulanishini to`g`ri o`rgatmaslik, nutq sur’atiga asoslanmagan holda yozish tezligini oshirishning o`quvchilar yozuviga salbiy ta’siri. Imlo xatolar ustida ishlashning yozuv sur’ati va husnixatga ta’siri. Husnixat uchun imlosida xatoga yo`l qo`yiladigan so`zlarni tanlashning ahamiyati.





Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling