Xabibjonova gulxayoning
O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko'rsatkichlari
Download 359.04 Kb. Pdf ko'rish
|
XABIBJONOVA GULXAYO
2. O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko'rsatkichlari
Bugungi kunda hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur‟atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday o„zgarishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslarda ham o„z ifodasini topayapti. Hamda xalqaro maydondagi qat‟iy sa‟y-harakatlarimiz natijasida yurtimizning nufuzi va obro„-e‟tibori tobora yuksalib, dunyo mamlakatlari orasida o„z o„rniga ega bo„lmoqda. Jumladan, mamlakatimiz o„z tarixida birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo„yicha kengashiga a‟zo etib saylandi. Yaqinda AQSh Davlat departamenti tomonidan O„zbekiston diniy erkinlik sohasidagi “maxsus kuzatuvdagi davlatlar” ro„yxatidan chiqarilgani keng ko„lamli demokratik islohotlarimizning e‟tirofi bo„lgan bo„lsa, faol iqtisodiy islohotlarimiz natijasida yaqinda BMT ning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YUNIDO) ning “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo„yicha hisobotida mamlakatimiz ilk marotaba aks etti va 152 ta davlat orasida 92o„rinni, MDH ga a‟zo davlatlar orasida 5-o„rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida esa 2-o„rinni egalladi. Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta‟minlashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020-yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o„rindan 69-o„ringa ko„tarilishimizga, “Transparency International”ning korrupsiyani qabul qilish hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indekslarida yurtimizning o„rni yaxshilanishiga olib keldi. So„nggi to„rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg„armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog„onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog„onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog„onaga ko„tarildi. Shu bilan birga, bu yo„nalishda hali qilinishi kerak bo„lgan muammo va vazifalar talaygina. Chunki, Xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatimiz o„rnining yaxshilanishi ko„p jihatdan qabul qilayotgan qonunlarimizning joylardagi ijrosiga bog„liq. Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e‟tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o„tkazilayotgan so„rovlarda aksariyat islohotlar o„z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O„zbekiston Respublikasi quyi pog„onalarda qolmoqda. Asosan, siyosiyhuquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o„rinlari nisbatan quyi pog„onalarda. Masalan, So„z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-o„rinda, Normativ sifat indeksida 184-o„rinda, Korrupsiyani nazorat qilish indeksida 183-o„rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-o„rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-o„rinda turibmiz. Biroq shuncha ishlarga qaramay, indekslardagi ko„rsatkichlar bu borada hali kamchiliklarimiz borligini ko„rsatib turibdi. Alohida ta‟kidlash lozimki, biron-bir davlatning xalqaro reyting va indekslarda tutgan o„rni ko„p jihatdan o„sha mamlakatning olib boradigan tashqi siyosatiga ham bog„liq. Chunki, mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko„p jihatdan xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan faol tashqi siyosatga bog„liq. Shuning uchun elchilarimiz bu holatga alohida e‟tibor qaratib, xalqaro reyting va indekslardagi o„rnimizni yaxshilash uchun amaliy ishlar qilishi zarur. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 11-yanvar kuni bo„lib o„tgan O„zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari faoliyatiga bag„ishlagan nutqida: “Sizlar (Elchilar) O„zbekiston ochiq, amaliy va o„zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini xorijiy mamlakatlarning keng jamoatchiligiga yetkazish bo„yicha muntazam ish olib borishingiz zarur” deb ta‟kidlab o„tgan. Chunki diplomatlarimiz davlatimizning tashqi siyosatini samarali amalga oshirish uchun to„liq mas‟ul va javobgardir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling