Xabibjonova gulxayoning


Download 359.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi359.04 Kb.
#1574810
  1   2   3   4
Bog'liq
XABIBJONOVA GULXAYO



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA‟LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLGI 
FARG„ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO„LIMI 
22.27-guruh talabasi 
XABIBJONOVA GULXAYONING 
O„EYT fanidan 
“O„zbekistonni xalqaro reytinglardagi ko‟rsatkichlarini ko‟tarishning tarixiy 
va siyosiy ahamiyati” mavzusida 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
Qabul qildi: __________________________ 
 
 
 
 
FARG„ONA -2023 


Reja: 
1. Xalqaro reytinglar to`g`risida 
2. O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko'rsatkichlari 
3. O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko'rsatkich-larini ko'tarishning 
tarixiy va siyosiy ahamiyati 
 


1. Xalqaro reytinglar to`g`risida 
Bugungi kunda insoniyat taraqqiyoti va barcha sohalarda kechayotgan 
globallashuv, sifat va tarkibiy o„zgarishlar xalqaro hamkorlik va xalq 
diplomatiyasini yangi bosqichga ko„tarishga, har bir suveren mamlakatni ushbu 
holatlarga yangi nigoh bilan qarashga, ular bilan birga olg„a qadam tashlashga 
undamoqda. 
Ma‟lumki, har bir davlatning jahon miqyosida tutgan mavqei xalqaro reyting 
va ko„rsatkichlardagi o„rni bilan belgilanadi. Chunki, xalqaro reyting va indekslar 
har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va rivojlanish jarayoni, aholining 
turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlar va xorijiy investorlar 
uchun qulay shartsharoitning mavjudligi, raqobatbardoshlik va barqaror iqtisodiy 
o„sish kabi muhim jihatlarni o„zida yaqqol namoyon qila oladigan “ko„zgu”dir. 
Shuning uchun ham O„zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so„ng 
xalqaro reyting va ko„rsatkichlarda o„ziga munosib o„ringa ega bo„lish va 
mavqeini yanada rivojlantirish maqsadida faol tashqi siyosat olib borishni 
boshlagan. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilish 
orqali jahonda yuqori reytinglarga ega bo„lish davomida tizimda uchragan ba‟zi 
kamchiliklar tufayli mamlakatimizda bir muddat tashqi aloqalar sezilarli darajada 
sustlashib qoldi. Bu esa, albatta, xalqaro indekslardagi o„rnimizga ta‟sir o„tkazmay 
qolmadi. 
Biroq, 2016-yilning so„nggi choragida prezident etib saylangan Shavkat 
Mirziyoyev bu holatni chuqur anglagan xolda turli sohalar qatori tashqi siyosat 
tizimini ham tanqidiy qayta ko„rib chiqish va uning faoliyatini kuchaytirish, 
mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligini yanada 
mustahkamlash, davlat tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan 
ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish ustuvor vazifa ekanligiga alohida 
e‟tibor qaratdi. Jumladan, siyosiy-huquqiy va iqtisodiy xalqaro reytinglarda 
O„zbekiston Respublikasining o„rnini yaxshilash va bu borada mas‟ul davlat 
organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalarni o„z vaqtida va sifatli amalga 


oshirilishini kuchaytirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 7-martdagi 
PF-5687-sonli “Xalqaro reyting va indekslarda O„zbekiston Respublikasining 
o„rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish‟‟ to„g‟risidagi farmoni 
imzolandi. Bu qaror asosida Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni 
muvofiqlashtirish bo„yicha maxsus komissiya tuzildi. Bundan tashqari 2020-yil 2-
iyunda qabul qilingan “O„zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va 
indekslardagi o„rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular 
bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to„g„risida” gi farmoni 
mamlakatimizda bu yo„nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi 
bosqichga ko„tarishda muhim dasturilamal bo„lib hizmat qildi. Mazkur farmonga 
muvofiq, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo„yicha respublika kengashi 
tuzilib, sohada parlament nazorati o„rnatildi. 
Xalqaro tashkilotlar odatda davlatlararo va jamoat birlashmalariga bo„linadi. 
Davlatlararo birlashmalar bevosita xalqaro munosabat va faoliyat me‟yorlarini 
yaratish funksiyasiga ega. Chunki ular davlatlar – xalqaro huquqning asosiy 
subyektlari tomonidan tashkil etiladi. Ular o„z o„rnida turli tashkilot va 
harakatlarga bo„linishi mumkin (masalan, “Qo„shilmaslik” harakati yoki “77 lar” 
guruhi). 
Xalqaro tashkilotlar odatda davlatlararo va jamoat birlashmalariga bo„linadi. 
Davlatlararo birlashmalar bevosita xalqaro munosabat va faoliyat me‟yorlarini 
yaratish funksiyasiga ega. Chunki ular davlatlar – xalqaro huquqning asosiy 
subyektlari tomonidan tashkil etiladi. Ular o„z o„rnida turli tashkilot va 
harakatlarga bo„linishi mumkin (masalan, “Qo„shilmaslik” harakati yoki “77 lar” 
guruhi). 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida qo„llanadigan atamalarda 
davlatlararo tashkilotlar “Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar” deb yuritiladi. 
Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning davlatlararo tashkilotlardan farqi shundan 
iboratki, ular doimiy qarorgohiga, xalqaro fuqaroviy xizmatiga, o„z byudjetiga ega 
bo„lib, unga a‟zo davlatlar xalqaro huquq subyektlari hisoblanadi. Shuningdek, 


ushbu tashkilotlar o„z vakolatlari doirasida xalqaro shartnomalar tuzishi, turli 
majburiyatlarni o„z zimmasiga olishi mumkin. 
Hozirgi kunda dunyoda har xil mazmun va maqsadga bo„ysundirilgan 2,5 
mingdan ortiq xalqaro tashkilot mavjud. Jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo 
tashkilot faoliyat ko„rsatmoqda. 

Download 359.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling