Xadicha Ergasheva Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Annotatsiya


Download 236.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.12.2022
Hajmi236.07 Kb.
#1071759
  1   2   3
Bog'liq
ta-lim-olganlikni-tashxis-etish



Ta’lim olganlikni tashxis etish 
 
Xadicha Ergasheva 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim oluvchilar bilimlarini tashxis qilish orqali 
ularning intellektual salohiyatlarini aniqlash va o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatish 
ahamiyati haqida fikr yuritamiz. 
Kalit so’zlar: bilim, o‘zlashtirilgan bilimlar, tashxis, baholash, mezon, test, 
boshqarish, ta’lim natijalari. 
Diagnose of learning 
Khadicha Ergasheva 
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after 
Alisher Navoi 
Abstract: In this article, we discuss the importance of identifying 
students ’intellectual potential and teaching them self-management by diagnosing their 
knowledge. 
Keywords: knowledge, acquired knowledge, diagnosis, assessment, criteria, test, 
management, learning outcomes. 
Yoshlarni mustaqil bilim olishga o‘rgatish bugungi kunning eng muhim va 
dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sesiyasida so‘zlagan nutqida "Faqatgina 
chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadrini, bir so‘z bilan aytganda o‘zligini 
angalash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil jamiyatimizning jahon 
hamjamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallash uchun fidokorlik bilan kurashishi 
mumkin" degan edi. Shu o‘rinda ta’kidlamoq lozimki bugungi kunda yoshlarni 
ma’naviy - intellektual rag‘batlantirishning ahamiyati kattadir. 
O‘quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolatlarini nazorat qilish va baholash 
davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash 
jarayoni o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Bilimlarni nazorat qilishda qo‘yilgan ball va baholar o‘quvchi va talabada qanday 
taassurotlar qoldirganini, ular o‘rtoqlarining o‘qishdagi yutuq va kamchiliklariga 
qanday munosabatda bo‘lishlarini doim kuzatib borish lozim 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
836


Bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholash nima uchun kerak, uning qanday 
ahamiyati bor, u qanday vazifa bajaradi? degan savolga quydagicha javob beramiz. 
1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va 
ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi. 
2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqni o‘stirish funksiyasi. Nazorat 
natijasida talabalarda o‘z bilim, iqtidor va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish 
ishtiyoqi uyg‘onadi. 
3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng 
asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish faol o‘quv orqali, shu jumladan nutq faoliyati 
orqali amalga oshiriladi. 
4. Тahsil 
funksiyasi. 
Nazorat 
jarayonida 
talabalar 
o‘z 
bilimlarini mustahkamlaydilar. O‘quv materiali yanada chuqur o‘zlashtiriladi. 
5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik 
ijobiy xislatlari shakllanib boradi. 
6. Nazoratni xususan baholash funksiyasi. Nazorat natijasida sifat 
o‘zgarishlarining me’yori aniqlanadi. 
Nazorat jarayonida uning yozma, og‘zaki va amaliy usullaridan keng 
foydalanilmoqda. Bu jarayonda og‘zaki so‘rash orqali o‘zlashtirishni nazorat qilish 
keng tarqalgan. Bu asosan savol - javoblar orqali olib boriladi. Bunda yakka so‘rash, 
frontal surash kabi turlari qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning "O‘zbekiston kelajagi 
buyuk davlat" va "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li", "Istiqlol va 
ma’naviyat" kabi asarlarida mustaqil O‘zbekistonning ma’naviy hayotining kelajagi 
haqida asosiy yo‘nalishlar belgilab berilgan. Jumladan, mutaxassislar tayyorlashda 
ularni intellektual rivojlantirish zarurligini alohida qayd qilingandi. 
Yoshlarni tarbiyalash jarayoni ma’naviy - intellektual rivojlanish sifatlarini 
aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan. 
Boshlang‘ich sinfdan boshlab o‘quvchidagi bor imkoniyatlarini ro‘yobga 
chiqarish ustida muntazam ishlansa, bolaning intellektual imkoniyatlarini ro‘yobga 
chiqarishga asos solinadi. O‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishning eng samarali yo‘li 
o‘quvchilarda ongli bilim, mustahkam ko‘nikma va malakalarni shakllanish jarayonini 
ularning tarbiyasi bilan birga tashkil etishdir. Buning uchun o‘qituvchi tinimsiz 
izlanishi, o‘qitishning yangi texnologiyalaridan samarali foydalanishi lozim. 
O‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ularning bilim 
faoliyatining psixologo-pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilishni taqozo etadi. 

Download 236.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling