Xadicha Ergasheva Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Annotatsiya
Download 236.07 Kb. Pdf ko'rish
|
ta-lim-olganlikni-tashxis-etish
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari
darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 837 Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasida aloqani ta’minlash, ta’lim beruvchi tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Ta’lim oluvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ‘ko‘rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib boriladi: ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash; mavzuni o‘zlashtirishni joriy tekshirish; bilim, ko‘nikma va malakalarni egallanganJigi-ning takroriy tekshirish; yaxlit bo‘lib yoki kursning alohida mavzu-si bo‘yicha davriy tekshirish; ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egatlangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olish. Bilimlarning natijalarini baholashda pedagogik testlarning roli Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxis - bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samara-li boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Bunga sabab ta’lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta’lim olganlik ajratib olinadi. Tashxislash, nazorat, tekshirish, baholash, statistikma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni (an’analarni) aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi. Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) nazorat boimasligi lozim. Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari Pedagogikada ta’lim oluvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolis (obyektiv)lik, tizimli (sistemali)lik, ko‘rgazmali (oshkora)lik sanaladi. Xolis (obyektivlik tashxis test (topshiriq, savol)lari, tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Tizimli (sistemali)lik tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida - bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha boigan bosqichlarida olib borish kerak. Ko‘rgazmali (oshkora)lik tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir ta’lim oluvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalash-ni talab etadi. Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash (tizimlashtirish, sinflash), bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati ta’lim oluvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 838 Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Reyting nazoratida ta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydaianilmoqda. Test sinovlarining asosiy maqsadi: ham o‘tilgan darslarni o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risida, ham navbatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan dars hajmi to‘g‘risida o‘qituvchiga axborot berish; o‘qituvchiga o‘qitish uslubini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan. Ch.Rassel test sinovlarining natijalarini o‘rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to‘g‘risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi xollarda: qaysi materialdan boshlab o‘rganish zarurligini ta’minlashda; talabalarni guruhlarga taqsimlashda; o‘qitish jarayonida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda; shuningdek, mamlakatning turli hududlaridagi o‘quv yurtlarida muayyan yosh davridagi yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qo‘llash mumkin. Ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy metodlarini tarbiyaviy jarayonga samarali o‘zgartishlar kiritadi. O‘quvchi-yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq kamchiliklarini rag‘batlantirish, tuzatish tarbiya mazmun metodlari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish . O‘qituvchidan katta mas’uliyat talab qiladi. O‘quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga egadir. SHu bilan birga, nazorat v baholash jarayonini o‘quvchi bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlarida ta’limning har bir bosqichida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berilgan. Lekin bu bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni bolaning intellektual imkoniyatlarini hisobga olib tashkil etilsa, yuqori samaradorlik ta’minlanadi. Bilimlarni nazorat qilishda qo‘yilgan ball va baholar o‘quvchi va talabada qanday tassurotlar qoldirganini, ular o‘rtoqlarining o‘qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo‘lishlarini doim kuzatib borish lozim. O‘quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o‘quv yili davomida har doim va muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, ba’zan-ba’zan tasodifan tekshirishlarni oldini oladi va tartibli, doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi. ХULOSA: «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da shaxsni rivojlantirishga berilgan juda katta e’tiborning boisi shundaki, faqat shaxsning kamoloti uning intellektual zakovatigina jamiyat taraqqiyotining omili bo‘la oladi. Shaxsdagi intellektual zakovat esa yaxshi tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonidagina uyg‘onishi, "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 839 taraqqiy etishi va shaxs kamolotini ta’minlashi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini maksimal ishga solish yo‘lini izlab topishi lozim. Baholashning reyting-test tizimini yanada takomillashtirish orqali ham o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirib borishga harakat qilishimiz kerak. Download 236.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling