Xalq cholg’u asboblari, ma’lumotlarga qaraganda juda qadim zamonlarda, eramizdan avvalgi XIII ming yillikda paydo bo’lgan, deb taxmin qilinadi


Download 52.24 Kb.
bet2/4
Sana30.12.2022
Hajmi52.24 Kb.
#1072580
1   2   3   4
Bog'liq
cholg\'u mustaqil ish

Mirzayev Muhammadjon (1913.13.8 — Toshkent — 1999.17.5) — bastakor, sozanda (qashqar rubobi). Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Dastlab T. Jalilov, J. Sultanov kabi ustozlardan musiqa sirlarini Urgangan. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1953). Oʻzbek davlat filarmoniyasining xalq cholgʻulari orkestrida sozanda (1936—40), oʻzbek ashula va rake ansamblida (1940-yildan), keyinchalik "Shodlik" va "Lazgi" ansambllarida (1968—73) musiqa rahbari. Qashqar rubobining moxmr ijrochisi sifatida uning ommaviylashuvi va repertuarining boyishiga katta hissa qoʻshgan. Bastakorlik faoliyatida yangicha talqin yullarini kashf etib, uz maktabini yaratgan sanʼatkorlardan. Oʻzbek milliy (ayniqsa, Far-gona—Toshkent) musiqa uslublariga tayanib, lirik va rake kuylari ("Dildor I—II", "Bahor valsi", "Yangi tanavor", "Tong malikasi", "Dildor oʻynasin" va boshqalar), ashula, qoʻshiq va yallalar ("Mehnat ahli", "Koʻzlaring", "Surating", "Yor istab", "Qachon boʻlgʻay", "Yakka bu Fargʻonada", "Parvona boʻldim", "Shirmonoy", "Oltin sandiq" va boshqalar) yaratgan. M. bastalagan musiqalar oʻzining nafisligi, ohangdorligi, mazmuni va yorqin milliy ruhi bilan ajralib turadi. Konsert dasturlarida xalq ("Yallama yorim"), oʻzbek bastakor va kompozitorlari asarlari ("Koʻrmadim", D. Zokirov, "Lirik kuy", T. Jalilov va boshqalar)ni mahorat bilan, kuylarga ustalik bilan sayqal berib ijro etgan. Ugʻli - Shavkat M. (Muhammedov) — sozanda (qashqar rubobi) va bastakor. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artist, "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2000). "Oʻzbeknavo" davlat birlashmasida sozanda.
Tohir Rajabiy (1946.9.5, Toshkent) — sozanda (qashqar rubobi). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1990). Yunus Rajabiyning oʻgʻli. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1969). Navoiy teatrida (1969—73), Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining Doni Zokirov nomidagi Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri (1973—91 va 2002-yildan), Estradasimfonik orkestri (1991—2001 )da yakka sozanda. Jozibali, musiqa bezaklariga boy ijro uslubi yuqori texnikasi, nozik krchirimlari bilan ajralib turadi. Repertuaridan oʻzbek mumtoz kuylari ("Nasri Segoh", "Galdir", "Oromijon", "Hojiniyoz", "Girya", "Bayet II", "Ushshoq" va boshqalar), bastakorlar asarlari (I. Ikromovning "Munojot" I—II, "Guluzorim", T. Jalilovning "Otmagay tong", D. Zokirovning "Ey sabo", "Koʻrmadim", Yu. Rajabiyning "Koshki", "Raʼnolanmasun" va boshqalar) oʻrin olgan. Shuningdek, oʻzbek xalq cholgʻulari, kamer va estradasimfonik orkestrlari joʻrligida Oʻzbekiston (S. Hayitboyev, B. Giyenko, Sayfi Jalil, Hab. Rahimov, M. Bafoyev, D. Omonullayeva, A. Nazarov va boshqalar) va chet el (F. List, S. Aleskerov, G. Xonmamedov, R. Pauls, M. Legran va boshqalar) kompozitorlari asarlarini ijro etgan. T. R. bir qancha qoʻshiqlarga musiqa yozgan ("Yoding dil ardogʻida", "Kuylar osmonida", "Rajabiy madhi" va boshqalar)

Download 52.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling